M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


Karamdoshlar  Brassicaceae  yoki  Krestguldoshlar  oilasi  —



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Karamdoshlar  Brassicaceae  yoki  Krestguldoshlar  oilasi  — 
Cruciferae 
Bu  oila  katta  bo‘lib,  380  turkumga  oid  3000  ga  yaqin  turdan  iborat. 
O‘zbekistonda 200 turi mavjud. Oilaga mansub o‘simliklar bir yillik, ikki yillik 
o‘t  o‘simliklar,  buta  va  chala  butalardan  iborat,  asosan  Shimoliy  yarim 
sharning  mo‘tadil  va  sovuq  iqlimli  viloyatlarida  tarqalgan.  Bu  oilaning 
o‘stiriladigan vakillari va begona o‘tlari juda ko‘p. 
Barglari  oddiy,  butun  yoki  qirqilgan,  navbatlashib  o‘rnashgan, 
yonbargsiz.  Poyasi  va  barglari  ko‘p  hollarda  bir  hujayrali,  ba’zida  ko‘p 
hujayrali  bezli  tukchalar  bilan  qoplangan.  Bu  oilaga  xos  bo‘lgan  xarakterli 
xususiyati  oltingugurt  tutuvchi,  xantal  moyli  glikozidlar  va  gidroliz  uchun 
zarur  ferment  bilan  birga  mirozin  hujayralarning  bo‘lishi.  Karamdoshlarning 
o‘ziga xos ta’mi tarkibidagi aynan shu moddalarga bog‘liq. Gullari aktinomorf, 
kamdan-kam  zigomorf,  2  jinsli,  gulqo‘rg‘oni  murakkab,  har  doim  oddiy  yoki 
murakkab  shingil to‘pguliga to‘plangan. Kosachabarglari  4  ta,  erkin  va  tushib 
ketadigan,  tojbargi  4  ta,  oq,  sariq  yoki  siyoh  rangda  bo‘ladi,  erkin,  qarama-
qarshi  holda  yoki  butsimon  joylashgan.  Changchilari  6  ta,  ikki  doirali,  ya’ni 
ikkitasi  qisqa  tashqi  doirada  va  to‘rttasi  uzun,  changchi  iplariga  ega,  ichki 
doirada  joylashgan.  Tashqi  doiradagi  changchilar  asosida  nektardonlari 


280 
 
mavjud.  Urug‘chisi  2  ta  mevabargli,  tugunchasi  ustki,  ikki  uyali,  mevasi 
qo‘zoq  yoki  qo‘zoqcha.  Urug‘lari  endospermsiz,  ammo  moy  ko‘p  to‘planadi. 
Gulining formulasi: *Ca
4
Co
4
A
2+4
G
(2)

Karam  turkumi—  Brassica.  Bir,  ikki  va  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simliklar. 
Gullari  sariq  yoki  oq  rangda.Ularning  50  ga  yaqin  turi  uchrab,  ko‘pchiligi 
yovvoyi  holda  Yevropa  va  Osiyoda  keng  tarqalgan.  Bu  avlodga  bargi  oziq 
sifatida ishlatiladigan  sabzavot yoki moyli urug‘ beradigan o‘simliklar: karam 
(B. oleracea); boshkaram (B. o. var. capitata); bargkaram (B. o. var. acephala); 
gulkaram  (B.  o.  var.  botrus  canlifolora)  kiradi.  Jag‘-jag‘  (Capsella  bursa 
pastoris)  bir  yillik  o‘t  o‘simligi  bo‘lib,  bargi  kesik,  ildiz  bo‘g‘zida  to‘p  bo‘lib 
joylashgan  (to‘pbarg).  Poyadagi  barglari  bandsiz,  butun.  Guli  shingilga 
to‘plangan.  Mevasi  qo‘zoqcha,  jag‘-jag‘ning  er  ustki  qismida  vitamin  K 
saqlaydi (76-rasm). 
Sholg‘om  (B.rapa)    -  ikki  yillik, qimmatli  oziqabop  o‘simligidir.  Uning 
ildizmevalari  tarkibida  60  mg  vitamin  C,  B
1
  va  B
2
,  PP  vitaminlari,  qand 
moddalari, katta miqdorda mineral tuzlar bo‘ladi.  
Turp (Raphanus) O‘rta Yer dengizi mintaqasidan kelib chiqqan. Gullari 
och  siyohrang,  ildizmevali  ikki  yillik  o‘simlik.  Ildizmevasining  tarkibida 
havoda  uncha  barqaror  bo‘lmagan  glikozid  bo‘lib,  parchalanganida  turpga 
kuydiradigan va o‘tkir ta’m beradigan efir moyi ajratadi. 
Krestguldoshlar  oilasiga  qurtena  (Sisumbrium),  gorchitsa  (Sinapis), 
qatron (Crambe), baqajo‘xori (Lepidium), turp (Raphanus) turkumi va boshqa 
madaniy  o‘simliklar  kiradi.  Bu  oilaga  kiruvchi  madaniy  turlar  sabzavot 
o‘simligi sifatida, tabiiy holda o‘sadiganlari tibbiyotda ishlatiladi.  


281 
 
 
                 A.                                              B. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish