AYIQTOVONLILAR KENJA SINFI —RANUNCULIDAE
Bu kenja sinfga kiruvchi o‘simliklarning hayotiy shakllari asosan
o‘tsimon bo‘lib, spiralsimon gemitsiklik yoki siklik gullarga ega. Ular
magnoliyagullilarga yaqin turadi, biroq ulardan ko‘ra taraqqiy etgan, ya’ni
ayiqtovonlilarda oddiy perforatsiyali bo‘lsada suv naylariga ega. Uncha katta
bo‘lmagan bu kenja sinfga uch tartibga birlashgan 13 ta oila kiradi. Ulardan
zirkdoshlar va ayiqtovondoshlar oilasiga kiradigan vakillari mo‘tadil iqlimda
o‘sib, inson hayotida boshqa oilalarga nisbatan ko‘proq ahamiyatli bo‘lganligi
sababli bu ikki oilani batafsil ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |