M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Urug‘li qirqquloqlar-Pteridospermae 
      Urug‘li  qirqquloqlar  butunlay  yo‘qolib  ketgan  o‘simliklardir.  Ular  haqiqiy 
qirqquloqlarga  juda  o‘xshash  bo‘lib,  urug‘lari  orqali  ko‘paygan.  Ular  yuqori 
devon  davrida  paydo  bo‘lib,  toshko‘mir  davrida  rivojlangan.  Ayrim 
olimlarning  ko‘rsatishicha,  urug‘li  qirqquloqlilar  sinfi  ochiq  urug‘lilar  hatto 
yopiq  urug‘lilarning  dastlabki  avlodlari  deb  ta’kidlansa  ba’zi  olimlarni 
ko‘rsatishicha  urug‘li  qirqquloqlar  gingkolarning  dastlabki  ajdodi,  ular  yopiq 
urug‘lilar bilan hech qanday ajdodligi yo‘q, deb ta’kidlanadi.   
      Urug‘li  qirqquloqlarning  qoldiqlari  sobiq  ittifoqimizdagi  ko‘plab  ko‘mir 
konlarini  hosil  qilgan.  Ko‘mir  qazilmalarida  urug‘li qirqquloqlarning  ildizlari, 
poyalari, urug‘lari va changlarining qoldiqlari ko‘p uchraydi. 
 
Sagovniklar -Cycadopsida 
     Sagovniklar    tropik  va  subtropik  o‘simliklar  bo‘lib,  ularning  ko‘pchiligi 
allaqachon  yo‘qolib  ketgan.  Ularning  atigi  120  ga  yaqin  turi  mavjud. 
Sagovniklar  asosan  past  bo‘yli,  daraxtsimon  o‘simlik  bo‘lib,  tashqi 
ko‘rinishdan palmalarga o‘xshash. Sagovnik hozir mavjud bo‘lgan vakillariga 
misol  bo‘ladi  va  daraxtsimon  o‘simlik  bo‘lib,  eng  baland  bo‘yli  (8-20m) 
hisoblanadi.  Poyasining  uzun  qismidagi  hujayralari  rivojlangan  bo‘lib,  unda 
kraxmal  juda  ko‘p  to‘planadi.  Barglari  patsimon  uzunligi  2-3      m  bo‘lib,  1-2 
yilda tushib ketadi. Sagovniklar chin va urug‘li qirqquloqsimonlardan o‘q ildizi 
rivojlanganligi bilan farq qiladi. 
    Sagovniklarning makro va mikrosporalari alohida qubbalarda rivojlanadi va 
ularda  sporofit    nasl  ustun.  Bularning  spermatazoitlari  ko‘p  xivchinli  va 
harakatchan  bo‘lishi  bilan  farqlanadi.  Bu  esa  eng  qadimiy  belgi  bo‘lib, 


249 
 
sagovniklarning qirqquloqsimonlar bilan bog‘lanishini ta’kidlaydi. 
Sagovniklar  Yevropa  va  Osiyo  qit’alarining  tropik  mintaqalarida  tabiy 
holda  uchraydi,  lekin  namli  subtropik  iqlimli  joylardan  Kavkaz,  Qora  dengiz 
bo‘ylarida  manzarali  daraxt  sifatida  ko‘plab  o‘stiriladi.  Uning  o‘zagida 
saqlangan kraxmalidan oziq modda sifatida foydalaniladi.  
 
Bennettitlar -Bennettitopsida 
Bennettitlar  tashqi  ko‘rinishidan  sagovniklarga  o‘xshab  yura  davrida 
rivojlangan,  yer  yuzini  qoplab,  so‘ng  yuqori  bor  davrida  butunlay  yo‘qolib 
ketgan  o‘simliklardir.  Shunisi  xarakterliki  ularning  bir  vaqtda  to‘satdan 
yo‘qolib  ketishi  gulli  yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  paydo  bo‘lishi  vaqtiga 
to‘g‘ri  keladi.  Bennettitlarning  ichki  tuzilishi  urug‘li  qirqquloqlilar  bilan 
sagovniklarning  ichki  tuzilishiga  juda  yaqin.  Ularning  poyalarida  kambiylari 
lub  qancha  qalin  po‘stloq  birlamchi,  ikkilamchi  yog‘ochlik  halqalarini  hosil 
qiladi. 
Bennettitlarni  g‘uddasi  o‘zidan  oldingi  sinf  o‘simliklarning  g‘uddasidan 
ikki  jinsiyligi  bilan  farq  qiladi.  G‘uddaning  tashqi  tomonidagi  ko‘plab 
mikrosporangiylarda  mikrosporalar  yetilsa  g‘uddaning  markazdagi  juda 
qisqargan  makrosporafilida  bitta  urug‘  kurtak  rivojlanadi.  Sporofitlar  tashqi 
tomondan qoplovchi barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gul qo‘rg‘onini 
eslatadi. Ularning changlanishi shamol va hasharotlar yordamida sodir bo‘lishi 
kerak.  Bennettitlarning  urug‘ida  murtak  tola  rivojlangan,  oziq  moddalar  ikki 
pallada to‘plangan. 
Bennettitlarning 
ko‘payish 
organi 
o‘ziga  xos  tuzilgan  bo‘lib, 
sagovniklarning  g‘uddasi  bilan  gulli  magnoliyalarning  guli  o‘rtasida  oraliq 
o‘rinda  turadi.  Ular  hozir  o‘sayotgan  sagovniklar  singari,  poleazoy  erasida 
yashagan urug‘li qirqquloqsimonlardan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. 
Poleobotaniklarning 
ma’lumotiga 
qaraganda, 
sagovniklar 
bilan 
bennettitlar  toshko‘mir  davri  bilan  perm  davrining  o‘rtasida  bir-biridan 
ajralgan.   


250 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish