142
Germaniya modeli - asosiysi dalalardagi o'zaro mehnat va sayyohlar va egalarining kundalik
hayotda va fermer ishlarida birgalikda ishtirok etishidir.
Fransiya modeli - pishirish va vinochilik bu asosiy element. Bu holda sayyohlarga mahalliy
oshxonaning to'liq menusi, shu jumladan pishloqlar, konyak va sharobli ichimliklarni o'z ichiga olgan
alohida uy taklif etiladi. Ulardan har bir fermerning sharobga ega ekanligini hisobga olsak, o'z ishlab
chiqarish markasi mavjud.
Italiyaning agroturizm- modeli Fransiya modeliga o'xshaydi, lekin o'ziga xos ta'mi bilan farq
qiladi. U pazandalik yo'nalishidan tashqari, ko'ngilochar dasturlarni, sport bilan shug'ullanadigan
jismoniy
faoliyatni, tarixiy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishni o'z ichiga oladi. Italiyalik
sayyohlar uzumzorlarda ishlaydi, uzum yig'adi va qayta ishlaydi va zaytun teradi. Turmush sharoitlari
boshqacha u hashamatli villa yoki oddiy qishloq uyi bo'lishi mumkin.
Statistik malumotlarga ko’ra 50% dan ortiq Yevropaliklar qishloq joylarida dam olishni avzal
ko’rishadi. Masalan Avstriyada Yevropaning umumiy qishloq xo’jaliki turistlarining 16% ni
agroturistlar tashkil qildi. Italiyada 13%, Fransiyada 15%, Ispaniyada 8%
1
O’zbekistoning barcha xududlarida agroturizmni rivojlantirishda turli usullardan
foydalanilmoqda. Samarqand va Toshkent viloyati hududlarida uzumdorchilik
yaxshi rivojlangan
bo’lib, sayyohlarga ushbu yetishtirilgan uzumlardan ta’tib ko’rish, o’sha uzumdan tayyorlangan
vinoni ichib mazasiga baho berish imkoni yaratilgan
2
Yana ba’zi hududlarda oqar suvlar, kanallar,
ariqlar ustida katta tapchanlar o’rnatilib,
shahardan keluvchi mehmonlar, turli yo’nalish
haydovchilari, sayyor sayyohlarni jalb qilib, u yerda dam olish imkoni yaratiladi.
Tadqiqot ishimiz davomida mamlakatda agroturizmni rivojlantirish uchun quyidagi tavfsiyalar
ishlab chiqildi:
-respublikadagi asosiy agroturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqish qoniqarsiz
holatdaligini alohida ta’kidlash zarur;
-chekka qishloq joylarida, fermer xo’jaliklarida, agroturizm marshrutlari
va bu marshrutlarda
turistlarga xizmatlar ko‘rsatish, dam olish va tunash manzillarini, mehmonxona yoki motellar
yaratishga haligacha kirishilgan emas;
-respublikamizda agroturizm resurslaridan foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlari
hozirgacha ishlab
chiqilmagan;
-agroturizmni rivojlantirishda agroturizm maskanlaridagi tadbirkorlik, tashabbuskorlik, turizm-
biznes mahalliy mehnat resurslarining ish bilan band bo’lishidagi ta’lim-targ‘ibot, qiziqtirish ishlari
qoniqarsiz ahvolda;
-agroturizmni rivojlantirishda ichki agroturizm va xalqaro agroturizmning milliy reklamasi
ichki turizm bozoriga ham, tashqi turizm
bozoriga ham chiqarilmagan;
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki amalga oshirilayotgan islohatlar, davlat tomonidan
qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan qulayliklarni inobatga olgan holda ish olib borilsa turizmning
ushbu turi yaqin yillarda yetakchi yo’nalishga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: