See discussions, stats, and author profiles for this publication at


SAMARQAND VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195
SAMARQAND VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 
Qo’shmatov B.B., Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi Samatova N.M., Jizzax davlat 
pedagogika instituti talabasi 
Amirova Sh.D., Sh.Rashidov tumani 32-maktab o’qituvchisi
 
Turizm Rеspublikаmiz iqtisоdiyotidа qishlоq хo’jаligi, sаnоаt, trаnspоrt vа bоshqа 
mаkrоiqtisоdiy tаrmоqlаr qаtоri o’zining munоsib o’rnigа egа bo’lishi uchun yеtаrlichа imkoniyatgа 
egа. Ammo uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi va hozir ham 
mаmlаkаtimizgа хоrijiy turistlаrning tashrifini ko'paytirish, qiziqishini oshirish, tashrif buyurgan 
turistlarga sifatli xizmat ko'rsatish dolzarb masalalardan biridir.
O'tgan dаvr mоbаynidа rеspublikаmizning ko’pginа mintаqаlаridаgi tаriхiy, diniy оbidаlаr, 
buyuk siymоlаr qаbrlаri, dаhmаlаri, mаsjid - аdrаsаlаrini qаytаdаn tiklаsh vа tа’mirlаsh ishlаri аmаlgа 
оshirildi. Buning nаtijаsidа turistik rеsurslаrning sоni yanаdа ko’pаymoqda va ulаrning аhvоli аnchа 
yaхshilаnib bormoqda. Yana shuni aytish mumkinki, Respublikamizga turistlar oqimini ko'paytirish 
maqsadida o'tgan qisqa davr mobaynida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xorijiy 
davlatlardan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo‘lish imkoniyati yaratildi 
va shu bilan birga 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi ham bir muncha soddalashtirildi. 
O’zbеkistоn shаrоitidа turizmni hоzirgi zаmоn tаlаblаrigа jаvоb bеrа оlаdigаn dаrаjаdа 
rivоjlаntirish uchun yеtаrlichа turistik rеsurslаrning mаvjudligini hisоbgа оlаdigаn bo’lsаk, mаzkur 
sоhаning iqtisоdiyot rivоjlаnishi uchun g’оyat muhim аhаmiyatgа egа ekаnligini ko’rish mumkin. 
Аyni vаqtdа, Rеspublikаmizdа turizmning rivоjlаnishi nаfаqаt аmаlgа оshirilаyotgаn 
iqtisоdiy islоhоtlаrgа, bаlki mаvjud turistik rеsurslаrdаn sаmаrаli fоydаnаlish dаrаjаsigа hаm bеvоsitа 
bоg’liqdir. Turistik-rekreatsiya sohasi rivojlangan davlatlar tajribasiga e'tibor beradigan bo'lsak, 
mamlakatga sayyohlarning qanchalik ko'p tashrifi va ular keltirgan daromad miqdori shu yerda 
yaratilgan xizmatlar narxiga emas, balki uning sifatiga, rang-barangligiga bog'liq ekanligini ko'ramiz. 
Mamlakatimizda mazkur soha rivojlanishi hududiy jihatdan turlicha hisoblanadi. Jumladan, 
Samarqandni aziz va muqaddas avliyolar, buyuk insonlar abadiy qo’nim topgan joy sifatida 
e’zozlashadi. Bu hududda 148 dan ortiq tarixiy-arxitektura yodgorliklari aniqlangan. Shu sababli 
Samarqandni “Ochiq osmon ostidagi muzey” deb atashadi. Bundan tashqari Samarqandning so’lim 
bog’lari, musaffo havosi, shifobaxsh suvlari, maftunkor tabiati qadimdan kishilarni o’ziga jalb qilib 
kelgan. Hududning Urgut, Ohalik, G’o’bdin tog’lari bo’ylab sayohat qilgan turistlar tabiatning 


75 
mo’jizalariga yana bir bor amin bo’ladilar. Shunday imkoniyatlarga ega bo’lgan bu hududda endi 
turistlar oqimini yanada oshirish uchun ularni qiziqtiruvchi yangi-yangi marshrut va ekskursiyalar 
dasturini ishlab chiqish, qolaversa, quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim deb o’ylaymiz: 
Birinchidan, mintaqa turizmida transport infrastrukturasining o’rni ham nihoyatda katta 
ahamiyatga ega. Aksariyat turistik obyektlar avtomobil yo’llariga yaqin joylashgan bo’lib, bu esa o’z 
navbatida turizmini rivojlantirishda qulay sharoitlar tug’diradi. Viloyatda turistlarga transport 
xizmatlarini ko’rsatish faoliyati bir muncha yaxshi. Lekin shuni ham ta’kidlash joizki viloyatda yengil 
avtomobillarni ijaraga beruvchi firmalar deyarli yo’q. Shunday firmalarni tashkil etilsh soha 
rivojlanishining samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, viloyatida faqatgina tarixiy-me’moriy va diniy turizm yaxshi rivojlangan. 
Shaharga 1 hafta 10 kunga kelgan sayohatchi har kuni bir xil uslubdagi obidalarni ko’raverib zerikib 
qolishi mumkin. Shu bois shahar atrofida turizmning boshqa ko’rinishlarini ham rivojlantirib, turistlar 
vaqtini chog’ o’tkazishini ta’minlash lozim. Masalan, tarix bilan uzviy holda bugungi o’zbekona 
o’ziga xos zamonaviy, takrorlanmas bino va inshoatlar yoki, eng so’nggi zamonaviy 
texnologiyalardan foydalangan holda milliyligimizni o’zida aks ettirgan milliy bog’ va istirohat 
bog’lar barpo etilsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. 
Uchinchidan, viloyatda umumiy ovqatlanish joylari faoliyatini tashkil qilishga e’tiborni 
yanada kuchaytirish lozim. Chunki, har bir xalqning milli taomlari bo’lganidek, o’zbek xalqining ham 
bir qancha milliy taomlari mavjud. Masalan, yevropaliklar birinchi marta ko’rayotgan ovqatini oldin 
yaxshilab o’rganib, tayyorlanish texnologiyasini ko’rib, keyin iste’mol qiladi. Balki ular o’zlarining 
Yevropa taomlarini iste’mol qilishni xohlashar yoki, turistlar orasida vigiterianlar bor bo’lishi 
mumkin. Shularni inobatga olgan holda restoran va kafelarda turli xil davlatlarning kamida bir turdagi 
ovqatlarini tayyorlash yo’lga qo’yilsa, ularning xizmat ko’rsatish darajasi yaxshilansa, sayyohlarning 
ehtiyojlari o’z vaqtida qondirilsa, viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar mamnun bo’lishadi. Bu esa 
turistlar oqimining oshib borishiga sabab bo’ladi. 
To’rtinchidan, viloyatga kelayotgan turistlar uchun yaratilgan xizmatlar va mehmonxonalarga 
qo’yilgan narxlar bir muncha yuqori. Bunga mehmonxonalarga davlat tomonidan qo’yilgan soliq va 
majburiyatlar ham sabab bo’lishi mumkin. Bu esa turistlar oqimining kamayishiga olib keladi. Shu 
boisdan mehmonxonalarda bir qancha chegirmalar joriy qilish zarur. 
Beshinchidan, Sayohatchilarni kundalik ekskursiyadan keyingi vaqtlarini mazmunli o’tkazish 
maqsadida ko’proq tadbirlar uyushtirish zarur. Samarqandga kelayotgan turistlarning aksariyat qismi 
Yevropa mamlakatlaridandir. Shu bois ularning kuy-qo’shiqlari yangrab turuvchi diskotekalar va 
tungi klublarni tartibli ravishda tashkil qilish har bir turist uchun o’zgacha zavq bag’ishlaydi. Bir 
narsani aniq aytish mumkinki, turistlar ichida asosan nafaqa yoshidagi kishilar 90-95 % ni tashkil 
qiladi. Shuning uchun ularga milliy o’zbek folklorlarini namoyish qilish, hamda mahalliy aholi bilan 
kelishilgan holda turistlar xavfsizligini ta’minlab, to’ylar va urf-odatlarni namoyon qiluvchi 
tadbirlarga olib borish mehmonlarda katta taasurot qoldiradi. 
Viloyat turizm infrastrukturasini rivojlantirish, mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylari, 
transport, sport-sog’lomlatirish hamda turistik firmalar va tashkilotlar xizmatlarini jahon andozalari 
darajasiga yetkazish, viloyatga keluvchi turistlar sonini oshiradi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiytida 
turizmning rolini oshirish, undan keladigan daromadni va shu sohada band aholini ko’paytirish, 
bugungi kunda davlatimiz oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, 
«Markaziy Osiyo gavhari» deb atalmish Samarqand viloyatining keng imkoniyatlaridan unumli va 
samarali foydalanishimiz zarur.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish