Barmoq suyaklari (ossa digitorum) qisqa naysimon suyaklardan
iborat. II–V barmoqlarda 3 ta: proksimal,
o‘rta va distal falanga,
bosh barmoqda esa proksimal va distal falangalar bor. Har bir fa-
langaning asosi,
tanasi va boshi tafovut qilinadi. Proksimal falan-
galarning asosida kaft suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi chu-
qurcha, o‘rta va distal falangalarda bo‘g‘im yuzasi bor. Distal fa-
langalarning uchlari yassilashib g‘adir-budirlik hosil qiladi.
QO‘L SUYAKLARINING BIRLASHUVI
Yelka kamari suyaklarining birlashishi
Yelka kamari suyaklari o‘rtasida ikkita: to‘sh-o‘mrov va akro-
mion-o‘mrov bo‘g‘imlari hosil bo‘ladi.
To‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi (articulatio sternoclavicularis, 43-rasm)
to‘sh suyagi dastasining o‘mrov o‘ymasi bilan o‘mrov suyagining
43-rasm. To‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi.
Do'stlaringiz bilan baham: |