astigma-
tism deyiladi. Buni silindrik oyna bilan tuzatiladi.
Ko‘zning moslashuvi. Qorong‘i binodan yorug‘likka chiqqan-
da, yoki teskarisi yorug‘ binodan qorong‘ilikka o‘tganda ko‘zni
mosla shuvi yuz beradi. Yorug‘likka moslashish 4–6 daqiqada
o‘tsa, qorong‘ilikka moslashish 45 daqiqagacha davom etadi.
Rangni qabul qilish. Rangni ko‘rish predmetlarni ko‘rinishi-
ni yax
shilaydi va ular to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni
ta’minlab beradi. Rangni qabul qilishni kolbachalar ta’minlay-
di. Qorong‘i likda faqat tayoq chalar faoliyat ko‘rsatganida, rang-
ni ajratib bo‘lmaydi. Turli uzunlikdagi nurlarga ta’sirlanuvchi
va turli rang larni sezishni ta’minlovchi yetti xil kolbachalar bor.
Rangni tahlil qilishda faqat ko‘z retseptorlari ishtirok etibgina
qolmay, balki markaziy nerv tizimi ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |