Hiqildoq
Hiqildoq (larynx) murakkab tuzilgan a’zo (125-, 126-rasm)
bo‘lib, nafas olishda, pastki nafas yo‘llarini himoya qilishda va
tovush hosil qilishda ishtirok etadi. Hiqildoq bo‘yinning oldin-
gi sohasi o‘rtasida joylashib, hiqildoq bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Bu
bo‘rtiq erkaklarda kuchli rivoj langan. Hiqildoq yuqorida til osti
suyagiga birikkan bo‘lib, pastda kekirdakka davom etadi. Hiqil-
125-rasm. Hiqildoq tog‘aylari va boylamlari, yon tomondan ko‘rinishi:
1–til osti suyagining katta shoxi; 2– hiqildoq usti tog‘ayi;
3–til osti suyagining kichik shoxi; 4–til osti tog‘ayining
tanasi; 5–o‘rta qalqonsimon-til osti boylami; 6–qalqon-
simon tog‘ayning o‘ng yaprog‘i; 7–o‘rta uzuksimon-qal-
qonsimon boylam; 8–uzuksimon tog‘ay ravog‘i; 9–uzuk-
simon-kekirdak boylami; 10–kekirdakning halqasimon
boylamlari; 11–kekirdak tog‘aylari; 12–shoxsimon-uzuk-
simon boylam; 13–qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi;
14–qiyshiq chiziq; 15–qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi
shoxi; 16–lateral qalqonsimon-til osti boylami;
17–bug‘doysimon tog‘ay.
245
Do'stlaringiz bilan baham: |