235
ning oldingi devorini va qizil o‘ngachning shilliq pardasi venalari
kengayadi, kollateral qon aylanish rivojlanadi. Bunda qon, qorin
bo‘shlig‘i a’zolaridan oshqozon, qizilo‘ngach, to‘g‘ri ichak vena-
lari orqali aylanib o‘tadi. Kollateral qon aylanish qizilo‘ngach va
boshqa a’zolar venalarini yorilishiga olib kelishi mumkin.
Qon aylanishini buzilishi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida qon
dim lanib qolishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishiga – as-
sitga sabab bo‘ladi. Sariqlik sirrozda hamma vaqt ham bo‘lmay-
di. Moddalar almashinuvining buzilishi juda ifodalangan bo‘lib,
bemorni ozib ketishiga, anemiyaga va asta-sekin jigar yetishmas-
ligiga, u esa jigar komasiga va o‘limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: