Yonbosh suyagi (os ilium) ikki qismdan: pastki qalinlashgan,
quymich kosachasini yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan
tanasi va yuqorigi kengaygan yonbosh suyagi qanotidan iborat.
Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o‘rtasi yupqalashgan,
uning chekkasi qalinlashib va yelpig‘ichsimon kengayib, yonbosh
suyagi qirrasini hosil qiladi.
Yonbosh suyagining qirrasida qorin
mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir chiziqlar: tashqi lab,
ichki lab
va oraliq chiziq bor. Bu qirra oldingi va orqa tomonlar-
da o‘tkir o‘siqlar hosil qilib tugaydi. Oldinda o‘zaro o‘yma bilan
ajragan yonbosh suyagining oldingi ustki
va pastki o‘tkir o‘sig‘i,
orqada esa yonbosh suyagining orqadagi ustki
va pastki o‘tkir
o‘sig‘i
hosil bo‘ladi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |