Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


 § Ayollar va erkaklar jinsiy a`zolari xastaliklari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

       7.2. § Ayollar va erkaklar jinsiy a`zolari xastaliklari  
Moyaklar va urug’ yo`llari anatomiyasi. 
Moyaklar boshqaruvchi a`zolar sifatida yaratilgan bo`lib, bularda urug’ tomirlar 
orqali  o`zlariga  sizib  qolgan  rutubatdan  tug’iladi;  bu  rutubat  go’yo  gavdaning 
hammasida  to`rtinchi  hazmdan  ortgan  narsa  bo`lib,  qonning  eng  yetilgani  va  eng 
latifidir.  Bu  qon  ruh  yordami  bilan  moyaklarda  va  arteriya  ham  venalardan 
moyaklarga  keluvchi  yo`llarda  harakatlanadi.  Bu  tomirlar  esa  katta  arteriya  katta 
venadan iborat asosiy ikki tomirdan taralib, ko`p marta bukilib, o`ralib tarmoqlanadi.  
Agar  bu  ikkisidan  biri  kesilsa,  ko`rinib  turgan  tomir  og’izlari  ko`pligidan  ko`p 
tomirlarni  kesilganga  o`xshaydi.  Keyin  urug’  bu  ikki  tomirdan    urug’  idishlariga 
quyilib, olat yo`lidan kelib xotinlarning farjiga otiladi va keyin bachadonga boradi. 
Bu  tabiiy  jinsiy  aloqa  bo`ladi.  Erkak  ham  xotin  urug’ni  bir  vaqtda  bo’shatganda, 
bachadon og’zi ochilib, buni qattiq tortish bilan qarshi oladi. 
Moyaklar  kovakka  o`xshab  tuzilgandirlar:  moyak  javhari  oq  go`shtlik  bez  a`zo 
bo`lib,  u  go`sht,  emchak  go`shtiga  ko`proq  o`xshaydi.  Moyak  javhariga  quyilgan 
qon  o`sha  javharga  o`xshash  bo`lib  oqaradi,  xususan,  bunda  ruh  havosi 
to`lqinlangani sababli shunday bo`ladi.  
Moyaklarga  keladigan  tomirlarning  yo`li  qov  ustidagi  katta  pardadir. 
Moyaklarga keluvchi arteriya va vena tomirlarini qoplovchi pardaga kelsak,  buning  
chiqadigan  yeri  katta  pardadir,  bu  bilan  u  orqa  miya  pardasiga  ham  tutashadi.  Bu 
parda  chov  yo`li  orqali  moyaklarga  tushuvchi  tomirlar  va  chandirlar  usti  bilan 
tushadi.  
Bu pardadan chov yo`li paydo bo`ladi. Bu yo`ldan o’tuvchi tomirlarni  o’rovchi 
parda ham shundan vujudga keladi. Chap moyakka, o’ng moyakka oziq keltiradigan 
tomirlardan  boshqa  tomir  keladi.  O’ng  moyakka keladigan tomir  ko`proq,  yetilgan 
va suvlikdan tozaroq qon quyadi. O’ng moyak ko`pchilik odamlarda chap moyakdan 
kuchliroq bo`ladi. Bundan chapaqay kishilar mustasnodir. 


343 
 
Urug’ idishlari chov yo`llari kabi boshlanib, har bir tuxumdan bir yo`l chiqadi, 
bu yo`llar unga tegib turuvchi va yo`liquvchi bo`lsa ham, go`yo undan ayrim holda 
va  undan  kelib  chiqmagandek  bo`lib  turadi.  Bularning  har  biri  moyak  oldida 
shunday kengayadiki, ularda yaqqol bo`shliq paydo bo`ladi, so`ngra, ba`zan ayniqsa 
xotinlarda  tugash  oldida  ikkinchi  marta  kengaysa  ham,  ular  toraya  boshlaydi.  Bu 
idishlar  oldin  yuqori    chiqib,  keyin  siydik  yo`lidan  tubanroqda.  Qovuq    bo`yniga 
tutashadi.  Olatga  kelsak,  bu  qurol-a`zo  bo`lib,  boyloq  asab,  tomir  va  go`sht  kabi 
sodda a`zolardan tuzilgandir. Bu qov suyagidan o`sib chiquvchi, ko`pincha, yumilib 
turadigan ko`p va keng kovakli jismdan boshlanadi. Bu kovaklarga yel to`lishi bilan 
olat  taranglashadi.  Bu  jism  tagida,  shu    a`zo  hajmiga  nisbatan  ko`p  sonli  keng 
arteriyalar  o`tadi.  Olatga  dumg’aza  umurtqalaridan,  uning  javhariga  ko`p  chuqur 
botmay  o’tuvchi  asablar  keladi.  Buning  javharidagi  asablar  sezgisiz  chandirdan 
iboratdir.  Jolinuscha,  olatni  tarang  qiluvchi  asablar,  uning  bo`shashishiga  xizmat 
qiladigan asablardan boshqadir.  Olatda uchta yo`l bor: siydik yo`li, urug’ yo`li va 
vadiy  yo`li. 
Olatni tarang qiluvchi quvvat va yel yurakdan, uning sezgisi - bosh miya va orqa 
miyadan,  mo`tadil  qon  va  shahvat  xohish  jigardan  keladi.  Olatning  tabiiy  shahvati 
goho buyrakning ishtiroki bilan bo`ladi. 
Shu    jihatdan  a`zoni  qo`zg’atuvchi  istak  paydo  bo`ladi,    chunki  u  shunga 
tayyorlangan  bo`ladi.  Bu  ham  borki,  tortishish  achishishni  paydo  qiladi.  Bundan 
tashqari  urug’  aloqa  a`zolariga  kelganda  ulardan  chiqishni  talab  qiladi  va  bu 
a`zolardagi moddalarni qo`zg’atadi. Olatning taranglashishi, ba`zan qovuq og’zining 
ikki  tarafiga  qo’yilgan  bezlarga  boruvchi  moddaning  achishtirishidan  bo`lganidek, 
buyrakdan  keluvchi  suyuq  latif  moddaning  achishtirishi  sababli  ham  bo`ladi. 
Taranglashish  urug’  ko`payib  o`tkirlashganda    harakatga    kelishidan  ham    paydo 
bo`ladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish