Qovuq toshi kichik yoki yumshoq bo`lsa, bularga sajazoniyo va mitridat foyda
qiladi: asonosiyo ham shunday; ularga bir uqiya taloqgiyoh, va yarim uqiya
maxlabning ustiga bir barmoq botgundek suv solib, ho’l qaynatib, suzib ichirilsa
ham foyda qiladi. Mana bu ham ularga foydalidir: yanchilgan kult o`n besh dirham,
337
parsiyovashon, yetti dirham, taloqgiyoh, sakkiz dirham, temirtikan, o’n dirham
yovvoyi sabzi urug’i va tog’ petrushkasining har biridan dirhamdan va oq anjirdan
yetti dona olib, to`rt ritl suvda bir ritl qolguncha qaynatiladi va hammomdan
chiqqandan keyin ichiladi. Buning bir yechimi yarim ritldir.
Qovuq toshida ishlatiladigan vanna kuchli bo`lishi kerak. Ularga taniqli
dorilardan tog’ murchi bargi, parsiyovashon, sodaj, bo`yimodaron, qizil gul va
badanni haddan tashqari bo`shashtirmasligi uchun bir ozgina burishtirish
xususiyatiga ega bo`lgan narsa solinadi. Ishqalanadigan dorilarga galban yelimi, zift,
kavrak yelimi va farfiyun soladilar.
Bog’lanadigan dorilarning eng afzali makka mukli bo`lib, yog’larning eng
yaxshisi chayonlarning yog’laridir. Bularni qovuq turgan yerga qo`yib bog’lanadi,
tomiziladi va qurol bilan qovuqda yuboriladi, bularga quvvat beruvchi biror narsani
ham aralashtiradilar. Bog’lanadigan dorilarning tarkibiga quyidagilar kiradi:
taloqgiyoh ildizi, shirin ajriq ildizi, julax, sodaj, gulxayri va parsiyovashon. Bunga
yana qizil tasma yaprog’i ham solinadi.
Chumchuq va uning toifasidan bo`lgan qushlar ham juda foydalidir. Davolashda
tosh dorilarini qurol bilan kirgizib ishlatish, bu kasallikda maxsus qo`llaniladigan
tadbirlardan sanaladi. Kasallar bundan juda foydalanadilar, qovuq toshi sababli
siyish qiyinlashib yoki siydik to’silib qolsa, biror to’siq yoinki qo`rqish sababli
qovuqni yorishga imkoniyat bo`lmasa, bu holda ba`zi odamlar hiyla ishlatib orqa
teshik bilan moyak orasidan kichkina yoriq ochib, u yerdan siydikni chiqarish uchun
bir naycha qo`yadilar.
Bu bilan hayot kechirish garchi oson bo`lmasa ham, o`lim daf qilinadi.
Dorilardan biror foyda bo`lmasdan, qovuqni yorishga qasd qilinganda saqlanish
lozim bo`lgan narsadan saqlanish, naslga biror ofat yetmasligi yoki qon ketmasligi
va bitmaydigan yara paydo qilmaslik uchun bu ish uchun qovuq anatomiyasini,
qovuq bo`ynining maniy yo`liga tutashadigan yerini, arteriya o`tgan yerini va
338
qovuqning go`shtlari o`rnini biladigan va qovuqning anatomiyasi bilan yaxshi tanish
bo`lgan kishini tanlash kerak. Bundan ilgari kasalni chappasiga yotqizib, ichak va
qovug’iga paxtadog’ qilish lozim.
Bu shundan iborat: kursi tayyorlab unga bemor o`tkaziladi, shu yerda hozir
bo`lgan xodim qo`lini kasalning ikki tizzasi tagiga kirgizadi. Keyin tabib yorish
tadbirini ko`radi. Oldin toshni topib, uni yoriladigan yerga keltirib, shu yerda ushlab
turish kerak. Buning uchun o`rta barmoqni erkaklar va qizlarning to`g’ri ichagiga,
juvon xotinlarda esa bachadon yo`liga kirgiziladi va tosh topiladi; keyin ikkinchi
yo’l bilan toshning ustidan bosib qornining yumshoq yeri va kindikdan sirpantirib
qovuq og’zi yaqinigacha tushiriladi. Toshni darzdan bir arpa bo’yi qadar quyiga
haydashga tirishiladi. Darzdan yorishdan saqlan bu juda yomon; darz haqiqatda
o`ldiradigan yerdir. Toshni itarishda sustlik bo`lmasin, sustlik qilinsa, yoriq
kengayib, bitmaydigan bo`lib qoladi. Toshni itarsang va yoriqni ichga o’tmaydigan
deb bilsang, keskin, agar shu paytgacha qilingan ish qattiq alamga, qovuq
bo`ynining qayrilib qolishiga, quvvat tushishiga, harakat va so`zdan qolishga, qovoq
va ko`zning ich-ichiga tushib ketishga olib bormaydi deb tushunsang, shunday qilib
bordi-yu, yorish shunday hollarga olib boradigan bo`lsa, u chog’da yormay
qo`yaqol, chunki agar yorar ekansan, kasal darhol o`ladi.
Keyin tosh ustidan ozgina yoriladi, yorganda asabga tegishdan saqlanish bilan
birgalikda yoriq qovuqning bo`yniga tushishiga tirishiladi. Chunki agar yoriq
qovuqning tanasiga tushib qolsa, hech bir bitmaydi. Bundan tashqari mumkin
bo`lganicha yoriqni kichkina qilishga tirish. Agar tosh kichkina bo`lsa, ko`pincha, u
siqish bilanoq otilib chiqadi, katta bo`lsa, keng yoriq qilishga va ko`pincha, tortib
oladigan ilmoqda muhtoj bo’linadi.
Ba`zan tosh juda katta bo`lib, uning hajmiga moslab yorish mumkin bo`lmaydi.
U chog’da uni ombur bilan mayda-mayda bo`laklarga maydalanadi va singani
339
olinaveradi. Qovuqda hech bir narsa qoldirilmaydi, chunki agar qoldirilsa, uning
yana hajmi ortib kattalashadi.
Ba`zi vaqtda tosh qovuqning bo`ynida va olatning yaqinida ekanligi bilinib
turadi, bu chog’da qovuqning ustidan silab bosish lozim bo`ladi. Bu ishda senga bir
yordamchi kerak bo`ladi; tosh bir yerga qadalib qolsa, o’sha joyning ostidan ochib
tosh chiqariladi. Ko`pincha, tosh ketiga qaytmasligi uchun u turgan joyni orqasidan
burib boylab qo`yish tuzukdir. Agar tosh olatning boshiga yaqin kelgan bo`lsa, u
yerdan uni chiqarishga qattiq urinilmasin, chunki bunday qilish, ko`pincha, jarohat
paydo qiladi va u bitmaydi. Balki toshni to’g’rilash, orqasidan burib boylash va uni
chiqarish uchun olatning boshi tagidan yorish kerak bo`ladi.
Aytilganlarning hammasini qilib, toshni chiqarsang, ko`pincha, qorinning
qattiq ezilishi va yorig’ni og’rishidan shish paydo bo`ladi; bu qo`rqinchli
narsalardandir. Buni qaytaradigan narsalardan biri kasalga huqna qilib, ichni
tozalash va bundan keyin unga ichni yumshatadigan narsa ichirishdir. Unga faqat bir
ozgina narsa yedir, shunda ham yumshatuvchi narsa edir. Shishning oldini olish
uchun tomirdan qon olishga muhtoj bo`lsang, uni qilasan. Agar kuchliroq yordam
olmoqchi bo`lsang yoki shish belgilari paydo bo`lib, og’riq juda ham qattiq bo`lsa,
kasalni vannaga yoki tugmachag’uncha, gulxayri va kepak kabi yumshatuvchi
narsalar, qaynatilgan suv solingan tosga o`tkazishing kerak. Bu suvga ko`pgina yog’
solib chayqatilgan va iliq bo`lishi kerak. Kasalni vannadan chiqarganingda a`zo
atrofini bobuna va ukrop yog’lari kabi yumshatuvchi yog’lar bilan ishqalaysan.
Jarohatga qizdirilgan sariyog’ qo`yiladi va uning ustiga ozgina sirka qo`shilgan qizil
gul yog’iga botirilgan paxta qo`yasan, bundan keyin bitiruvchi dorilar ishlatiladi.
Shish kattalashsa, kasalni sariq yo`ng’ichqa va zig’ir urug’i qaynatmalaridan
qilingan mazkur vannaga uqalashni davom ettirasan, agar og’riq zo`raysa, kasalni
ikkinchi ham uchinchi kuni iliq suv va yog’ aralashmasiga o`tkaz. Agar yoriq va
jarohat unchalik og’ritmasa, uchinchi kuni boyloqlar yechiladi. Gazago`t yog’i bilan
340
qovuqni qizdirish davom ettiriladi. Chunki qovuq qizdirilsa, uning holi yaxshiroq
undagi og’riq va chiqariladigan siydik ham ozroq bo`ladi; qobig’i kesilgan kishiga
siydik juda azob beradi.
Shuning uchun, bu kasallarga suvni ko`p ichirmaslik kerak. Kasal har safar
siyganida siydik yorilgan yerga tegmasligi uchun xodim yordamchi tabib bog’langan
yerni ehtiyot qilib bosib turishi kerak. Keyin, yorilgan yerda quyidagi ikki holdan
biri ko`riladi: yo’g’on keragicha miqdorda oqmaydi, bunda shish paydo bo`lishi va
a`zoning buzilish xavfi ko`riladi; ayniqsa rangi qizildan qoraga o`tishi bu xavf
bo`ladi; yohud qon haddan tashqari oqib, qonning to`xtamay ketish xavfi paydo
bo`ladi. Birinchi holda, mazkur belgi ko`rilgan hamon buzilishning oldini olish
uchun nashtar urib qonni oqizish va o`sha yerga sirka va tuz eritmasiga botirilgan
kanop lattani qo`yib bog’lash kerak: ikkinchi holda, ya`ni ko`p qon ketish xavfi
bo`lganda, to`g’riroq chora - kasalni ma`lum burishtiruvchilar ivitilgan suvlarga
o`tkazish, yorilgan joyga yanchilgan qundur va zok qo`yish, uning ustidan paxta
qo`yib va uning ustidan suvli sirka bilan ho’llangan va undan ko`ra kattaroq, paxta
qo`yishdir. Agar katta tomir yoki arteriya kesilganini bilsang, uning ilojini siqib
bog’lash tadbiri bilan qilasan.
Agar qon bo`ysunmasa va uni to`xtatib bo`lmasa, kasalni o`tkir sirkaga o`tkaz.
Ko`pincha, qonni tortish uchun tomirdan qon olishga muhtoj bo`lasan. Ba`zan
qovuqda va ikki chovga uvushtiruvchi dorilardan quyishga to`g’ri keladi. Yorish va
qon oqishdan paydo bo`ladigan hollardan biri bir parcha ivigan qonning qovuq
tomon oqib, unda qotib qolishi sababli siyishning qiyinlashuvidir.
Bu holda barmoqni yoriqqa kirgizish va aziyat beruvchi narsani qovuqdan va
uning bo`ynidan uzoqlatib chiqarish kerak. Bu joyni suvli sirka bilan qotib qolgan
qon erib chiqguncha davolanadi. Kesishdan kelib chiqadigan hollarning yana biri
nasl qoldirish qobiliyatining qirqilishidir. Quyidagi - yomon alomatlar paydo
bo`lganda, tabib kasalning halok bo`lishiga jazm qiladi: kindik ostida og’riqning
341
kuchayishi, ho’l va oyoqlarning sovushi, isitmaning o`tkirlanishi, titroq paydo
bo`lishi va madorning tushib ketish. Keyin, yorilgan yerda qattiq og’riq kuchayib,
hiqichoq paydo bo`lsa va qorin bezovta harakatga tushib qolsa, albatta o`lim
yaqinlashgan bo`ladi. Yaxshi alomatlarga kelsak, ular hushning asliga qaytishi,
ishtahaning tuzalishi, tus va ko`rinishning juda ham sog’lom va yaxshi bo`lishidan
iboratdir.
Qovuq siydikni hamma tomondan siquvchi narsadek qisib haydaydi, bunda,
qovuqning og’zidagi mushak bo`shashadi va qorin mushaklari siqilib, siydikni
siqib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |