3.Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi harakatlar.
Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’oni- karim-muqaddas kitob.
Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va
arablarning ko’p asrlik hukmronligi bilan bog’liq. O’rta Osiyoga arab yurishlari 643-644
yillarda boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan
so’ng faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. VII
asrning o’rtalarida Arabiston yarim orolida yashovchi tarqoq arab qabilalari Islom ta’limoti
asosida markazlashgan kuchli Arab halifaligini tashkil qildilar. Bu harakatni rahbari
Payg’ambarimiz Muhammad Ibn Abdulloh edi. Arablar tez fursat ichida qo’shni davlatlar
Eron va Vizantiyani bosib oladilar. Misr, Suriya, Falastin davlatlari bo’ysundiriladi. Islom
dini jahon dinlaridan biriga aylanadi. Arablar Movarounnahrga 705 yilda Qutayba Ibn
Muslim boshchiligida yurishni boshlab Balx shahrini egallaydilar. 707 yilda Qutayba katta
qo’shin bilan Amudaryodan o’tib Buxoro vohasiga bostirib kiradi. Poykand shahrini qamal
qilib, qattiq qirg’indan so’ng uni egallaydi. 708-709 yillarda Buxoroni bosib oladi.
Shunday qilib 10 yil davomida muttasil olib borilgan qonli janglar natijasida
Movarounnahr Arab halifaligiga bo’ysundiriladi. Movarounnaxr bosib olingach
istilochilar barcha shahar va qishloqlarga o’z harbiy qismlarini joylashtiradilar, siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash va uni barqarorligini ta’minlash uchun Islom dinining
targ’iboti va uni yerli aholi o’rtasida tarqatish ishlari bilan shug’ullanadilar. Ular harbiy
kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni turli jamoa ishlariga safarbar etadilar.
Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o’z qo’llarida jilovlash uchun istilochilar bu yerda
ham sosoniylarning soliq tartibini joriy etadilar. Tartib buyicha ekin yerlaridan 0,20-0,25
hissa miqdorida xiroj, chorva hunarmandchilik va savdo sotiqdan qirqdan bir hissada zakot
hamda islom dinini qabul qilmagan ma’jusiylardan esa juzya solig’i olingan.
VIII asrning 70-80 yillarida Movarounnahrda Arablarga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi.
Bu qo’zg’alon “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni deb atalib o’nga Marvlik hunarmand Xoshim ibn
Haqim rahbarlik qildi. U “Muqanna” ya’ni niqobdor laqabini olgan, u savodli va bilimdon
shaxs bo’lgan. Qo’zg’alon Marvda boshlanib tez orada So’g’d, Qashqadaryo vodiysiga
yoyiladi. Kesh shahri yaqinidagi som qal’asi qo’zg’olon markazi bo’lgan. Oq kiyimliklar
harakati kengayib xalq harakatigaaylanadi. Bu qo’zg’olonni bostirish uchun xalifa katta
kuch to’playdi, ammo ko’zg’olonchilardan katta talofat olib, Samarqandga chekinadi.
Qo’zg’olon 776 yilda Buxoroga yoyildi. Narshah qal’asi qo’zg’olonning markaziga aylanadi.
Son jihatidan ustun arablar Narshox qal’sini egallab, qo’zg’olon raxbarini o’ldiradilar.
Arablar endi qo’zg’olon markazi bo’lmish Samarqand va Kesh viloyatlariga katta kuch bilan
yurish boshlaydilar. Oq kiyimliklar arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nixoyat
qo’zg’olonchilar yengilib Samarqand shahri bosib olinadi. Kurashning ohirgi bosqichi Kesh
vodiysida tog’lar orasida bo’ladi. Som qal’asi uzoq muddat kamaldan so’ng taslim bo’ladi.
Muqanna o’zini yonib turgan olovga tashlab xalok qiladi. Sunday qilib 10 yil davom etgan
Arab xalifaligini larzaga keltirgan qo’zg’olon bostiriladi. Qo’zg’olonni yengilishiga sabab
qo’zg’olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qilmadilar. Mahalliy zadogon dehqonlar
arablar tomoniga o’tib sotqinlik qildilar. Qo’zg’olonning uzoq davom etishi
qo’zg’olonchilarni tinka (madori) ni quritdi. Arablar qo’zg’olonchilarni kuchlarini bilib har
bir viloyatdaalohida-alohida ravishda bostirdilar.
Arab istilochilari Movarounnahrni bosib olgach, o’z hukmronligini mustahkamlash
uchun Islom dinini majburan qabul qildirishgaasosiy e’tiborni qaratdilar.
Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo’ysundirishda yagona dinga-islom diniga
birlashtirish xal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular yaxshi tushunar edilar. Shu boisdan
ular yerli aholining ma’naviy hayotida muhim o’rin tutgan otashparastlik, Moniy, Budda
kabi dinlarni xurofot sohta dinlar deb e’lon qildilar. Ayniqsa Movarounnaxr aholisining
asosiy dini xisoblangan otashparastlikka qarshi qattiq kurash olib bordilar.
Ibodatxonalarini vayron qilib o’rniga jome masjidlarini bino qildilar. Diniy kitoblar yoqib
yuborildi, din arboblari-koxinlar quvg’in qilindi.
Islom dinini qabul qilib musulmon bo’lgan aholiga dastlabki yillarda xiroj va juzьya
soliqlaridan ozod etilib, imtiyozlar berildi. Namoz o’qish uchun masjidga borganlarga ikki
dirhamdan pul berildi. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan aholidan jon boshi solig’i-
juzya undirib olindi. Og’ir soliqlardan qutilish uchun birinchi navbatdaaholining eng
kambag’al katlami islomni qabul qildilar. Biroq ular nomigagina musulmon bo’lib uzoq
vaqtgacha o’z dinlariga sodiqligicha qolganlar.
Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni bosib olinishi oqibatida
mahalliy xalqni urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati
poymol etildi. Istilochilar Movarounnahrning hamma joylarida mahalliy din
namoyondalarini, madaniyat, adabiyot va ilm ahillarini quvg’in qildilar va qatl etdilar.
So’g’d yozuvida bitilgan diniy va shariy kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo’q
qildilar. Islom dini arab tili va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi.
Natijada Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo’lib qoldi. Arablar keltirgan
va yerli aholi uchun mutloqo yot bo’lgan imloni o’zlashtirib savodxon bo’lish uchun
yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo’ldi.
Amir Kutayba 715 yili hozirgi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida unga qarshi isyon
ko’targan o’z askarlari tomonidan o’ldirilgan. Amir Kutayba askarlariga qattiq qarshilik
ko’rsatgan Xorazm, Termiz, Buxoro, Samarqand, Farg’ona kabi Turkiston hududlari
keyinchalik Islom dinining eng yirik markazlari bo’lib qoldi. Musulmon dunyosiga buyuk
Xorazmiylar, Buxoriylar, Termiziylar, Farg’oniy, Samarqandiylarni yetishtirib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |