‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi y. Masharipov sport psixologiyasi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/167
Sana20.09.2021
Hajmi7,57 Mb.
#179565
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167
Bog'liq
18sportpsixologiyasipdf

1.  Murabbiyning  obyektiv  va  subyektiv  qiyinchiliklari  nimalardan  ibo­
rat?
2.  Sport  murabbiysining  individual  ruhiy  xususiyatlari  haqida  gapirib 
bering.
3.  Murabbiyning faoliyat  turlarini  tasniflab  bering.
4.  Murabbiyning  muloqot psixologiyasini  tavsiflab  bering.
5.  Sportchilarda  irodaviy  sifatlarni  tarbiyalashda  murabbiy  qanday 
vazifalarni  amalga  oshiradi?
6
.  Murabbiyning  ish  faoliyatida  uchraydigan  individual  qiyinchiliklar 
haqida gapirib  bering.
7.  Sport mashg ‘ulotlarini rejalashtirishga qo ‘yiladigan talablar nimalardan 
iborat?
8
.  Sportchining о ‘zini-o ‘zi tarbiyalash uslublari haqida tushuncha bering.
www.ziyouz.com kutubxonasi


SPORTCHILARDA HARAKAT MALAKALARINI 
SHAKLLANTIRISH
Jismoniy  mashq jarayonining asosiy  maqsadi  sportchida  eng yuqori 
(maksimal)  darajada jismoniy  sifatlarni  o ‘stirishdan  iboratdir.  Buning 
uchun  murabbiy o ‘z tarbiyalanuvchilariga musobaqa vaqtida bor kuchini 
safarbar  qilish  malakalarini  singdirish  uchun  ular  bilan  reja  asosida 
uzluksiz mashg'ulotlar o'tkazib boradi,  ularni tinimsiz mashq qildiradi. 
Sportchining  o'zi  esa  musobaqalarda  g'alaba  qilish  uchun  murabbiy 
yordamida  sport  faoliyati  bilan  mustaqil  shug'ullanishga  odatlanadi, 
natijada  unda  sport  malakasi  va  ko'nikm alari  takomillashib  boradi. 
Shu o'rinda ta ’kidlash joizki,  ayrim  murabbiylar sportchilaming jismoniy 
sifatlarini  o'stirishda  sam arador  uslublar  mavjud  ekanligini  yaxshi 
bilmaydilar.  Ular mashg'ulotlar jarayonida yuqori  malakali sportchilarni 
sport  musobaqasiga tayyorlashda zamonaviy ilmiy yondashuvlarga asos- 
lanmagan  uslublardan  foydalanib  kelmoqdalar.  Bu  murabbiyning  bi­
rinchi xatosi  bo'lib, sportchini harakatlantiruvchi faoliyat turlarini chek- 
lab  qo'yadi.  Jismoniy  mashq  dasturi  mazmuni  har  bir  sportchida  bir 
xil  harakat  malakalarini  vujudga  keltiradi.  Yuqori  malakali  sportchilar 
bilan ishlashda  ushbu dastur mazmuniga amal qilib,  ularning  individual 
xususiyatlarini yetarli darajada e ’tiborga olmaslik murabbiyning ikkinchi 
jiddiy  xatosi  hisoblanadi.  Har  bir  murabbiy  odam  bolasining  muskul 
tuzilishi,  qattiq  hayajonlanganda  uni  o 'tk az ish   qobiliyati,  suyak 
to ’qimalarining  tuzilishi,  yuqori  kuchlanish  bilan  bajarilgan  jismoniy 
mashqlarning sportchi  organizmiga ta ’siri, turli sportchilar organizmida 
bu  ta ’sirning  farq  qilish  xususiyatlarini  tushunishi  zarur.
Ba’zi  bir  jism oniy  m adaniyat  va  sport  mutaxassislari  sportchi 
organizmining tashqi  ta’sirlarga javobini  ifodalashda «aks etilishi»,  «aks 
etish  vaqti»,  «tezlik»  va  «malaka-ko'nikma»  kabi  atamalardan  birining 
o'rniga  ikkinchisini  almashtirib  ishlatadilar.  Masalan,  sportchi  zo 'r 
tezlikka  ega  deb  gapiradilar.  T o'g'ri,  sportchi  murakkab  harakatlarni 
tez,  aniq  bajara  olish  xususiyatiga  ega  bo'lishi  mumkin.  Ammo so'nggi 
yillarda  o'tkazilgan  ilmiy  tajribaiarning  aniqlashiga  qaraganda,  vaqt 
reaksiyasi  deyilganda  sportchining  startdan  otilib  chiqishi,  tepilgan 
to'pning  harakat  tezligi,  shuningdek,  sportchining  dastlabki  zo 'r berib 
bajargan  harakati  tushuniladi.  Harakat  tezligi  vaqt  bilan,  ya ’ni ma ’lum 
masofada  birinchi  harakatning  boshlanishidan  uni  tamom  qilish  uchun 
ketgan  vaqt  bilan  о ‘Ichanadi.
Bir  guruhdagi  sportchilaming  vaqt  reaksiyasi  va  harakat  tezligi  har  xil
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'rsatkichlarda  bo'lishi  tabiiy  hoi.  Sportchi  harakatni  sust,  chaqqon  yoki 
o'ta tezlikda bajarishi mumkin.  Harakat malakalarini egallashda vaqt reaksiyasi 
emas, aksincha,  harakat tezligi muhimdir.  Shuning uchun sportchilaiga har­
akat  malakalarini o'igatishda yuqori  harakat  tezligini  umumiy harakat  tezli- 
giga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun umumiy kuchning ko'p bo'lmagan 
qismini,  harakat tezkorligini  oshirishga  qaratish  lozim.
Jismoniy  mashq  turlarining  ayrimlari  (masalan,  qisqa  masofaga 
yugurish,  startdan  chiqish,  sportchining  basketbol  to'p in i  o'yinga 
tushirishi  va  to'pni  o'zi  bilan  yerga  urib  chopishi)da  vaqt  reaksiyasi 
muhim  o'rin  tutadi.  Murabbiy  vaqt  reaksiyasini  pasaytirish  uchun 
hamma chora-tadbirlarni  ko'rishi  lozim.  Bu jarayonda  u  quyidagilarga 
alohida  e ’tibor  berishi  maqsadga  muvofiqdir:
1.  M urakkab  harakatlar  bilan  o'tk azilg an   faol  m a sh g 'u lo tlar 
harakatlaming  vaqt  reaksiyasini  pasaytiradi.
2.  Turli xil vaziyatlarda harakatlaming boshlanishini  bilishdan  ko'ra 
taxmin qilish  ham vaqt  reaksiyasini pasaytiradi  (masalan,  futbol  o'yinida 
yarim  him oyachining  hujum ga  bergan  m a ’noli  signallari  qisqa 
yugurishda,  start  beruvchining  to'pponchani  otmasdan  oldin  qo'lini 
taranglashtirishi).
3.  Basketbol  guruhlari  bilan  olib  boriladigan  signalli  yoki  signalsiz 
m ashg'ulotlar  sportchilarda  taxmin  qilish  harakatining  reaksiyasini 
pasaytiradi.  Lekin  signal  bilan  o'tkaziladigan  mashqlar  harakatni  tez 
bajarishga  ko'proq  ta ’sir  etadi.
4.  Sportchi  harakatining  tezligi  harakatning boshlanishidan  oldingi 
tayyorgarlikka,  shuningdek,  vaqt  reaksiyasining yuqori yoki past bo'lishi 
qo'yilgan maqsadning xarakteriga ham bog'liq bo'ladi  (masalan, sportchi 
harakatni bajarishni o'ylab, aniq signalning berilishini — o'qning ovozini 
kutmasdan,  hech  narsani  o'ylamasdan  bajargan  tasodifiy  harakatlari 
o 'q   ovozi  bilan  berilgan  signal  orqali  bajariladigan  harakatlarga 
qaraganda  sekin  bo'ladi).  Shuning  uchun  sportchi  tovush  yoki  o 'q  
ovozi  orqali  undaladigan  harakatlarni  bajarishga  tayyorlanishi  zarur.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish