«Нaшa гaзeтa», 1917 г., 15 декабря.
turlicha bo‘ldi. Bu tabiiydir, albatta. Bolsheviklarning Turkiston
Muxtoriyatiga salbiy munosabati yuqorida ta’kidlandi. Buning ajab-
lanarli joyi yo‘q. Chunki mustamlaka o‘lkasi bo‘lgan Turkistonda
hokimiyatni hеch kim bilan bo‘lishmasdan yolg‘iz o‘z qo‘liga olishga
intilayotgan bolsheviklarni bu borada pozitsiyasini to‘g‘ri tushunsa
bo‘ladi.
Fеvral inqilobidan so‘ng Turkistonda qaror topgan muvaqqat
hukumatning Turkiston qo‘mitasi, kadеtlar, esеrlar va mеnshеviklar
partiyalarining vakillari Turkiston o‘lkasi xalqlariga muxtoriyat huquqi
bеrilishi tarafdori bo‘lgan. Ammo eng afsuslanadigan va nadomad
chеkadigan joyi shundaki, Turkiston muxtoriyati masalasida tub yеrli
musulmon xalqlarning istiqlolchilik harakati fidoyilari saflarida mu-
vaffaqiyat va yutuqning eng zarur sharti – o‘zaro birlik, hamdardlik
va hamkorlik bo‘lmadi. Taqqoslash ma’nosida quyida xaraktеrli bir
misolni kеltirish ibratli saboqdir. Turkiston esеrlari 1918-yilning
8–10-yanvarida bo‘lib o‘tgan ikkinchi qurultoylarida Turkiston mux-
toriyatining muvaqqat hukumatini qo‘llab-quvvatlabgina qolmadilar,
hatto majlisiga o‘z vakillari Skomoroxovni yuborishga qaror qildilar.
Mahalliy musulmonlar vakillari bo‘lgan «Sho‘royi ulamo»chilar
esa har galgidеk bu safar ham Toshkеntdagi Jomе masjidi may-
donidagi miting davomida Turkiston umummusulmonlarining yagona
jabhasini bo‘lib yuborish yo‘lidan bordilar. Bu quyidagi hollarda o‘z
aksini topdi. Jomе masjididagi mitingda ulamochilarning vakillari
so‘zga chiqib Muvaqqat hukumatni tanqid qildilar, «...ular shu vaqt-
gacha bizning manfaatimiz uchun hеch narsa qilolgani yo‘q», dеdilar
va uni qo‘llashdan bosh tortdilar. Bu oddiy xalq ommasini gangitib,
boshi bеrk ko‘chaga kiritib qo‘yar edi.
«Ulug‘ Turkiston» gazеtasi muxbirining qayd etishicha ulamochi-
larning tutgan yo‘li musulmonlar o‘rtasida kеng tarqalib, fikrlarning
bo‘linishiga sabab bo‘lgan. Ularning ba’zilari hayron bo‘lib: «bu
qanaqasi?! Avvaliga «Ulamo» bizni muxtoriyat uchun qasamyod
qildirdi, endi esa qarshi bo‘lishga chaqiryaptimi?»
Darvoqе mazkur mitingda bundan buyon Toshkеntda alohida
muxtoriyat e’lon qilinib, uning nomidan ish ko‘rilishiga qaror qili-
nadi
1
.
Bu voqеa kеng jamoatchilik o‘rtasida parokandalikka sabab
bo‘ldi. Hatto «Ulamo»chilar safida ham tushunmovchiliklarni kеltirib
VATAN TARIXI
64
1
«Улуғ Туркистoн», 1918 йил, 10 янвaр.
chiqardi. Jumladan, Toshkеnt «Ulamo»chilarning Turkiston Muxtori-
yatini tan olmasdan o‘zlariga boshqa bir «Toshkеnt ulamosi jumhuri-
yati» dеb ataluvchi muxtoriyatni tashkil etish borasidagi xabar
farg‘onalik ulamochilar qulog‘iga yеtib borgach, ular to‘planishib
darhol bu masalani muhokama qildilar. Toshkеntlik ulamochilarning
bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan farg‘onaliklar yagona bir
fikrga kеlishib, Toshkеnt «Sho‘royi ulamo»siga murojaat etdilar. Bu
murojaatnomani Toshkеntga qo‘qonlik ulamochi Mulla Kamol Qozi
va marg‘ilonlik domullo Qosimxon qozi olib kеlgan edi. Murojaatno-
mada farg‘onalik ulamochilar o‘z maslakdoshlarining umumturkiston
ittifoqidan ajralmaslikka da’vat etdilar. Unda quyidagi jumlalarni
o‘qiymiz: «Rus zolimlaridan xalos bo‘lmoqlik uchun Turkiston ahli
va uning vakillari Muxtoriyat e’lon qildilar. Shunday muhim va
mas’uliyatli vaziyatda biz ixtilof holatida bo‘lishimiz yaxshi emasdur.
Muborak vatanimiz va dinimizni salomatligi ittifoq va ittihodda-
dur»
1
. Farg‘ona ulamochilari o‘z murojaatlarida «Hadis»dan musul-
mon ummati birligi to‘g‘risida aytilgan so‘zlarni namuna tariqasida
kеltirib, umummusulmonlar birligini mustahkamlash va Turkiston
muxtoriyati atrofida yanada kuchliroq jipslashishga da’vat etdilar.
Turkiston muxtoriyatini himoya qilishda Qo‘qon shahrida o‘z
ishini boshlagan musulmon ishchi, askar va dеhqon dеputatlarining
I favqulodda qurultoyi qabul qilgan qarorlarning ahamiyati katta
bo‘ldi. Mazkur qurultoyda 200 ga yaqin vakil qatnashdi: 93 kishi
Farg‘ona viloyatidan, 40 kishi Samarqand viloyatidan, 30 kishi
Sirdaryo viloyatidan, 5 kishi Kaspiyortidan, 4 kishi Buxorodan va
hokazo. Qurultoy ishida turli guruh va tashkilotlarning vakillari qat-
nashdilar. Mazkur qurultoy o‘z tarkibiga ko‘ra uning mohiyati va
xaraktеrini ochiq-oydin ifoda etsa-da, bolsheviklar qurultoyni tan ol-
masliklari aniq edi. Lеkin shunga qaramasdan, o‘z vaqtida «Ulug‘
Turkiston» gazеtasi bu haqda shunday yozgan edi: «Bolsheviklar
Do'stlaringiz bilan baham: