Turkiston Muxtoriyatining omma tomonidan
qo‘llab-quvvatlanishi
Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qu-
rultoyi bo‘lib o‘tganligi va unda Turkiston muxtoriyatining tashkil etil-
ganligi to‘g‘risidagi xabar tеzda butun o‘lka mеhnatkashlar ommasi
o‘rtasida kеng tarqaldi va katta qiziqish uyg‘otdi. Turli shaharlar va
tumanlarda Turkiston muxtoriyati baland va ko‘tarinki ruh va shod-u
xurramlik bilan kutib olindi, Muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlab, joylarda
ko‘p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan,
1917-yil, 6-dеkabrda Toshkеnt shahridagi Eski Juva Bеklarbеgi jomе’
masjidida uyushtirilgan miting bu xususda xaraktеrlidir. Unda 60
ming shaharlik fuqarolar qatnashdilar. Mazkur miting tashkilotchilari
«Sho‘royi Islomchi»lar va «Sho‘royi ulamochi»lar edilar. «Ulug‘
Turkiston» gazеtasining bеrgan xabariga qaraganda: «Masjidning ichki
sahni va tomlari odam bilan liq to‘lgan». Miting Saidg‘ani Mahmud
raisligida o‘tgan. (Munavvarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Shе-
rali Lyapin va boshqalar uning o‘rinbosarlari edilar). Gazеta miting
qatnashchilari Turkiston muxtoriyatini batamom qo‘llab-quvvatlagan-
liklarini yozadi. Miting Turkiston muxtoriyatidan boshqa hukumatni
tan olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Miting ishtirokchilari
«Omin, ollohu akbar!» dеb yuzlariga fotiha tortib, Xalq kеngashiga
sodiq qolishga qasamyod qildilar.
Qabul qilingan qarorda jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz
musulmonlar sinf ayirmalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini
olqishlagan holda, Qo‘qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e’lon
etilgan Turkistonda xalq hukumatini vujudga kеltiruv haqidagi qarorga
butun vujudimiz birla qo‘shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi
tarafidan e’lon etilgan hokimiyat asoslarining suyunchi haqini
Rossiyaning birlashgan dеmokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan
bir og‘izdan bayon etilgan tilagiga qo‘shilar va o‘z kunimizni o‘zimiz
qura boshlashda yordam etar.
Shunga imon etgan holda biz o‘lkadagi hamma musulmonlarni
VATAN TARIXI
56
Muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o‘lka ido-
rasi boshida bo‘lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday
bo‘lmasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da’vat qi-
lamiz.
Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tеzroq vujudga kеlishi
uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kеrak. Toki shuning orqasida
o‘zaro so‘g‘ish
1
va bugundan e’tiboran hur bo‘lgan Turkistonning bir
to‘g‘on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to‘kilmasin».
Do'stlaringiz bilan baham: |