Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
44
1. Ba`zi suvo`tlarning 1 kg kukunidan qancha yod olish mumkin? -- 5 g dan 20 g gacha.
2. Birinchi bo`lib kosmikka chiqqan suvo`ti bu? -- xlorella.
3. Bitta avlodi bir oy ichida bir necha millionga yetadigan o`simlik? -- xlorella.
4. Bo`yi 60-70 m ga etadigan suvo`tlar bu? -- dengiz suvo`tlari.
5. Bo`yi bir metrga yetadigan suvo`ti bu? -- kladafora.
6. Dengiz suvo`tlari chuchuk suv o`tlaridan nimasi bilan farq qiladi? -- xromatoforida xlorofilidan tashqari
karotin (sariq), ksantofil (zarg`aldoq), qo`ng`ir va qizil pigmentlarning bo`lishi bilan.
7. Hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko`p uchraydigan o`simlik bu? -- spirogira.
8. Ildiz, poya, bargga ega bo`lmagan organizmlar bu? -- suvo`tlar.
9. Iplari shohlanmagan va hujayrasi silindrsimon bo`lgan o`simlik bu? -- spirogira.
10. Ko`p hujayrali suvo`tlarga 4-ta misol? -- ulotriks, spirogira, kladofora, xara.
11. Kuz kelganda xlorellada qanday jarayon amalgam oshadi? -- zich qobiqqa o`ralib sporaga aylanadi.
12. Labaratoriyada bakteriyalarni o`stirish uchun qaysi moddadan foylalaniladi? -- agar-agar.
13. Laminariya tanasining paski qismi qanday tuzilgan? -- silindrsimon yoki novsimon.
14. Laminariya tanasining yuqori qismi qanday tuzilgan? -- lentasimon.
15. Laminariya turkumiga qancha tur kiradi? -- 30 ta.
16. Laminariyaning bo`yi necha metrga etadi? -- 2-6-12 metrga.
17. Laminariyaning eni qanchga teng? -- 10-75 sm ga.
18. Nemalion va ulva kabi dengiz suvo`tlari qaysi mamlakatlarda oziq-ovqat maxsuloti hisoblanadi? -- Quriya,
Xitoy, Yaponiya.
20. Noqulay sharoitda ulotriks nima hosil qiladi? -- spora.
21. O`zbekistonda suvo`tlarini o`rgangan akademik bu? -- A.M.Muzaffarov.
22. Oddiy xlorella qaysi oilaga kiradi? -- xlorelladoshlar oilasiga.
23. Qaysi davlatlarda chorva hayvonlari suvo`tlar bilan boqiladi? -- Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya,
Irlandiya, Angliya.
25. Qizil suvo`tlardan qaysi modda olinadi? -- agar-agar.
26.Sanoatda dengiz suvo`tlaridan qaysi moddalar olinadi? -- yod va brom.
27.Sanoatda marmelad va muzqaymoq tayyorlashda qaysi modda ishlatiladi? -- Agar-agar.
28. Shohlamaydigan ko`p hujayrali suvo`ti bu? -- ulotriks.
29. Sholipoyalarda o`sadigan, bo`yi 30-60 sm bo`lgan suvo`ti bu? - xara
30. Spirogiraning nechta turi bor? -- 340 ta.
31. Spirogiraning tarkibiy qisimlarini ko`rsating? -- xromatofor, mag`iz, qobiq, sitoplazma.
32. Suvo`tlar suvdan tashqari qayerlarda uchraydi? -- zax tuproqda, daraxtlar po`stlog`iga, to`nkalarda, toshlar
ustida.
33. Suvo`tlarni o`rganuvchi fan? -- algalogiya.
34. Suvo`tlarni qancha turi bor? -- 30 000 ta.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
45
35. Ko`p hujayrali suvo`tlarni tanasi nima deb ataladi? -- qattana yoki tallom.
36. Ulotriks asosan qaerlarda yashaydi? -- chuchuk suvlarda.
37. Ulotriks ipchasi qanday tuzilgan? -- zanjirsimon tuzilgan bir hil hujayralardan iborat.
38. Ulotriks ipi qanday hosil bo`ladi? -- hujayralarining ko`ndalang bo`linishi natijasida.
39. Ulotriks jinssiz ko`payganda nechta bo`lakka bolinadi? -- 16-32 ta hujayraga.
40. Ulotriks qanday yo`llar bilan ko`payadi? -- jinsiy va jinssiz.
41. Ulotriks suv ostida nimasi bilan birik tyradi? -- rizoidi bilan.
42. Ulotriksni suv ostidagi narsalarga birikkan hujayrasi nima deb ataladi? -- rizoid.
43. Ulotriksning jinsiy ko`payishida teng kattalikdagi? -- ikki xivchinli gametalar hosil bo`ladi.
44. Ulotriksning nechta turi bor? -- 25-ta
45. Ulotriksning yosh hujayralari nima deb ataladi? -- zoosporalar.
46. Ulotriksning yosh hujayralarida nechta xivchin bor? -- 4-ta.
47. Xlamidomonada qayerlarda ko`p uchraydi? -- iflos va azotli birikmalarga boy suvlarda.
48. Xlamidomonada qaysi oilaga mansub? -- xlamidomonadadoshlar oilasiga.
49. Xlamidomonadaning nechta xivchini bor? -- 2-ta.
50. Xlamidomonadaning tarkibiy qismlarini sanang? -- xivchin, vakuol, qobiq, mag`iz, xromatofor.
51. Xlorella asosan qanday ko`payadi? -- jinssiz.
52. Xlorella hujayrasining usti? -- yupqa va mustahkam qobiq bilan o`ralgan.
53. Xlorella jinssiz ko`payganda hujayra ichidagi tiriklik necha qisimga bo`linadi? -- 4 - 8 bo`lakka.
54. Xlorella suv, CO
2
va mineral tuzlarni qanday qabul qiladi? -- po`sti orqali.
55. Xlorellani tarkibiy qismlarini yozing? -- hujayra qobig`i,
sitoplazma, mag`iz, xromatofor.
56. Xlorellaning nechta turi bor? -- 40 dan ortiq.
57. Xlorellaning O`rta Osiyoda nechta turi bor? -- 5-ta.
58. Yapon laminariyasi qanday yo`llar bilan ko`payadi? -- jinsiy va jinssiz.
59. Yapon laminariyasi qayerda kecha tarqalgan? -- Yapon dengizing shimoliy qismida.
60. Yapon laminariyasi qaysi turkumga kiradi? -- laminariya turkumiga.
61.Yapon laminariyasi mahalliy xalqlarda qanday yuritiladi? -- “Dengiz karami”.
62.Yapon laminariyasini dengizning necha metr chuqurligigacha uchratish mumkin? -- 25-35 metrgacha.
63. Izogametalar qaysi o`simlikda bo`ladi? -- ulotriks.
64. Qo`ng`ir suv o`ti qaysi? -- yapon laminariyasi.
65. Qizil suvo`ti qaysi? -- porfira, fillofora.
66. Ulva qanday suv o`ti? -- yashil.
67. Yapon laminaryasi jinnsiz usulda nimalar orqali ko`payadi? -- zoosporalar.
68. Agar-agar moddasi qaysi o`simlikdan olinadi? -- “Fillofora” qizil suv o`tidan.
Do'stlaringiz bilan baham: