59
7. Boshqa statyalar – sug‘urta to‘lovlari, komission yig‘imlar,
fotografiya plyonkalarini ishlash qiymatlari.
Ta’til chog‘ida turistlar harajatlarining tarkibi va kattaligi bir qator shart-
sharoitlarga bog‘liq. Venesiyaning Ka Foskar universiteti (Italiya) huzuridagi turizm
iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi mutaxassislari besh omilni ajratdilar:
-
Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy-madaniy qiyofasi
sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, sayyoh
o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p
hollarda u yoki bu mamlakatda bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan
bo‘lsa, sayyoh tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo
dollar, yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa
Yaponiyaga
taaluqlidir;
-
Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga dengizda, tog‘ yoki ko‘lda
dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. Harajatlar kattaligi shuningdek turistik
markazlar bo‘yicha ham farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga
nisbatan yuqori;
-
Joylashtirish tipi. Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping,
sayyohlar qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq;
-
Dam olish davomiyligi. U kurortga borish uchun transport, turini joylashish
tipini tanlashga shuningdek tovarlar va xizmatlar hajmini belgilashga ta’sir qiladi.
Ya’ni dam olishda turistning sarflaydigan barcha harajatlarini aks ettiradi va bu
turistik harajatlarning bosh statiyasida namoyon bo‘ladi;
-
Dam olish vaqti (mavsumiy, mavsumlararo, mavsumiy emas). Turistik
harajatlar kattaligi kurortlarga borish va yashash narxlarining mavsumiy o‘zgarib
turishiga qarab turlanib turadi.
Bu besh omil turistlarning har bir safarida tovar yoki xizmatlar, sarflarning
hajmi va tarkibini tanlash va aniqlash imkonini beradi.
1998 yilda xalqaro turistik harajatlar (transport tashishlari hisobga olinmgan
holda) 400 mlrd. dollarga yaqinni tashkil etadi. Uning katta qismi (200 mlrd.ga
yaqini) Yevropaga to‘g‘ri keladi va jahonda barcha turistik oqim aylanishining
yarimidan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Yevropaliklar sayyohatga qolgan barcha
hududlarni birgalikda olganiga qaraganda ko‘p sarflashadi. Ikkinchi o‘rinda Amerika
turadi. Keyingi vaqtlarda unga Osiyo-Tinch okeani hududlari jips yaqinlashib keldi,
ayrim yillari hatto uni quvib o‘tdi.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro turizmda asosiy harajatlarni industrial
rivojlangan davlatlar qilayapti, xususan AQSH, Germaniya, Buyukbritaniya va
Ispaniya. Jami harajatlarning uch qismiga yaqini ana shu to‘rt davlat ulushiga to‘g‘ri
keladi. Ulardan tashqari xalqaro turizm harajatlarini shakllantirishda, ularni kattaligi
va tarkibida «kata yettilik»ning boshqa a’zolari – Fransiya, Italiya va Kanada
sezilarli rol o‘ynaydi.
90-yillarning ikkinchi yarimida salmoqli xalqaro turizm harajatlarini
shakllantirayotgan guruh mamlakatlarga Skandinaviya mamlakatlari (Shvesiya,
Norvegiya, Finlyandiya), ba’zi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Avstriya,
Shveysariya, Benilyuks mamlakatlari), Lotin Amerikasining yangi industrial
62
Tailanddan qabul qiladi. Uning kelishlardan tushgan daromadi 1995 y. da 523
dollarni, Indoneziyaniki esa 1209 dollarni tashkil etgan.
BTT tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1995 yil bir kelishdan tushgan
daromadlar bo‘yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qildi – Daniya (2,3
ming $). Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar mutlog‘ ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular
birinchi o‘nlikka kirishgani yo‘q. AQSH 1-o‘rindan 19-o‘ringa tushib ketdi.
Bir kelishdan 1,4 ming dollar. Fransiya, Italiya va Ispaniya nisbatan
daromadliroq 50 davlatlar qatoridan umuman joy ololmadilar. Bu albatta milliy
turistik ma’muriyatlarni tashvishlantirmasdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: