Estafetadan erishiladigan natija:
Ushbu estafeta orqali o`quvchilarda
mokisimonyugurish harakatlarini ko`rish, ularni baholab borish mumkin.
“Quyoncha” estafetasi: O`yin qoidasi.
Ushbu estafetali o`yinda o`quvchilar
ikki guruhga (jamoaga) bo`linadi. Har ikki jamoa uchun 10-15-metr uzoqlikda
to`p qo`yiladi.
Estafeta sharti.
O`quvchilar o`qituvchining buyr`ug`idan so`ng huddi
quyondek, sakrab-sakrab borib, qo`yilgan to`plarni aylanib, ortga qaytayotganda
esa tezlik bilan yugurib qaytadi va sherigining qo`liga uradi. O`yin shu tarzda
davom ettiriladi. Estafetani birinchi bo`lib yakunlagan jamoa g`olib deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |