“To`pni o`z joyiga qo`y” estafetasi: O`yin qoidasi.
Ushbu estafetali o`yinda
o`quvchilar ikki guruhga (jamoaga) bo`linadi. Har ikki jamoa uchun 10 metr
uzoqlikda gardish qo`yiladi. Har ikki jamoaga bittadan to`p beriladi.
Estafeta sharti.
1-o`quvchi yugurib borib, qo`lidagi to`pni gardish ichiga
qo`yib, tezlik bilan ortiga qaytadi va yana tezlik bilan borib, gardish ichiga
qo`ygan to`pni olib kelib sherigiga beradi. Estafeta shu tarzda davom ettiriladi.
Estafetani birinchi bo`lib yakunlagan jamoa g`olib deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |