74
tahlil qilinadi va qiyoslanadi, Nihoyat, kuzatish natijalariga qarab, pedagogik
vaziyatlarni ijobiy tomonlarga o‘zgartirish uchun kerakli tavsiyalar taqdim etiladi.
Pedagogik kuzatish metodi bevosita va bilvosita kuzatish turlariga bo‘linadi. Bevosita
kuzatish metodi biror-bir hodisaning oqibatlari, o‘quvchining shu vaziyatda bo‘lgan
xatti-harakatlari, so‘zlari haqidagi aniq materialni o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-
onalar, boshqa shaxslar orqali yoki video, diktofonni qo‘llashi bilan o‘rganib olishga
imkon beradi. Bilvosita kuzatishda to‘g‘ri, ob'yektiv natijalar olish uchun shaxsan
tadqiqotchi pedagog o‘zi ishtirok qilib, bor ish, hodisa va vaziyatlarni, kerakli
o‘quvchilar xatti-harakatlarini o‘z ko‘zi bilan kechiradi.
Suhbat metodi - maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar,
tanish va notanish odamlar bilan maktab va boshqa ta'lim muassasalarda, xonadon va
ko‘chada, transport yoki biron tashkilotda yakka, guruhli yoki ommaviy tarzda
qo‘yilgan pedagogik masalalarni aniqlash uchun olib borilganda qo‘llaniladi. Har bir
pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan suhbat tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik
ko‘rganini bildiradi. Jumladan, suhbat mazmunli va maqsadga muvofiq o‘tishi uchun
avvalambor quyidagi masalalar yechishi talab etadi:
- suhbat rejasini tuzish, uni amalga oshirish yo‘llarini belgilash;
- qo‘yilgan masalalarga
oid kerakli savollarni topish;
- suhbatni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash va erkin, do‘stona gaplashishga
qulay sharoitlar (shinam joy, chiroyli musiqa, yorug‘lik, guldastalar va h.k.) yaratish;
- suhbatdoshlarning soni, yoshi, kasbi, bilim va madaniyat darajasi va hulq-
atvorini, umuman kimligini oldindan bilish yoki aniqlab olish, suhbat chog‘ida
shularni unutmaslik;
- suhbatga madaniy chaqirish, taklif qilish yoki suhbat qilishni so‘rash, iltimos
qilish;
- suhbatda tashqi ko‘rinish va o‘zini madaniy tutishi, mazmunli so‘zlari bilan
suhbatdoshlarni lol qoldirish;
- o‘zi va suhbatdoshidan mahmadona va bachkana bo‘lmasligini so‘rash, bor
savollarini aniq va ravon qo‘yish;
- muomala ohangini ijobiy to‘g‘irlash, jiddiy tusda
gapirish;
- suhbatning qaysi bir daqiqasida uni kerakli, maqsadiy tomonga yo‘naltira olishni
bilish, suhbatdoshning ayni paytdagi ruhiy holatini sezib, suhbatni shunga
moslashtirish, o‘zgartirish yoki mutlaqo to‘xtatish.
Tekshirayotgan suhbatdosh bilan bevosita og‘zaki suhbat tarzida aloqada bo‘lish
paytida uning javoblarini ko‘pincha yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi.
Lekin bu pedagogik tadqiqotga yo‘naltirilgan suhbat erkin suhbat emas, savollarni
oldindan belgilangan izchillikda bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar
suhbatdoshlarning roziligi bilan video yoki diktofonga yozib olinadi. Suhbat natijalari
tahlil qilinadi, qiyoslanadi, umumlashtiriladi, tegishli xulosalar chiqariladi, ular
qo‘shimchalar bilan pedagogik jarayonga kiritish yoki kiritmasligiga tavsiya beriladi.