23
insonparvarlik, fidoiylik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, intizomlik, odamlarga hurmat,
samimiy munosabatlarni o‘stiradi. Tarbiya tizimida vatanparvarlik, vatanga
fidikorona mehnat asosiy o‘rinni egallaydi. Bola yoshidagi psixologik hususiyatlarni
e'tiborga olib, darsda ko‘rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berdi. “Bola shakl,
rang, tovush, umuman sezgilar bilan fikrlaydi”. Bundan bola uchun ko‘rsatmali
o‘qishning zarurligi kelib chiqadi, “bu o‘qish mavhum tasavvurlar va so‘zlarga emas,
balki konkret obrazlarga asoslanadi”. Bola o‘quv materialni anglab, puxta va
mustahkam o‘zlashtirishiga yetaklab olib borilishi kerak. Olim o‘quv materialni
takrorlash, takrorlaganda uni kengaytirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida batafsil
uslubiyot va tarbiya tizimini ishlab chiqdi.
Buyuk rus pedagogi
Pyotr Lesgaft (1837-1909) jismoniy tarbiya tizimini ishlab
chiqdi, jismoniy tarbiyani joriy qilishning tom ma'nodagi tashabbuskori edi. Nafaqat
erkaklar, balki xotin-qizlardan jismoniy tarbiya ta'limidan tarbiyachi-murabbiylar
tayyorlash oliy kurslarini ochdi, Rossiyaning ko‘p shaharlarda uning tashabbusi bilan
stadion va sport maydonchalar qurildi va halqqa hizmat qildi. Lesgaft tarbiya ijtimoiy
harakterga ega, u bolaning o‘sib kamolga yetishida hal qiluvchi sifatlaridan biridir,
bola faqat oila va maktab ta'lim-tarbiyasining yuqori darajada bo‘lgani bilan
rivojlanadi deb xisobladi.
Ulug‘ rus pedagogi
Anton Makarenko (1888-1939) o‘zining mehnat va ijodiy
faoliyatida maktab bolalari ta'lim-tarbiya olishlari bilan biron kasbga, mutaxassis
bo‘lishi uchun kelajak mehnatiga tayyorgarlik ko‘rishni ta'kidlab o‘tgan. Uning
“Pedagogik poema” asarida yosh hukukbuzar va yetim, boshpanasiz, ko‘chada qolgan
bolalarni maktab, internat va koloniyalarda qanday ta'lim-tarbiya berish, ular bilan
qanday munosabatlarda bo‘lish, hayot va mehnat faoliyati tizimini tashkillash
masalalarni ko‘taradi va yechishini butun pedagogik jamoaga ko‘rsatib beradi. Shu va
boshqa asarlari bolalarning ichki dunyosi va hulq-atvorini shakllantirish pedagogik va
psixologik matariallarga nihoyatda boydir.
Buyuk amerika pedagogi
Djon Dyui (1859-1952) o‘quvchi bolalarning ta'limini
ularning boshdan kechirilgan hayotiga, kichkina hayotiy tajribasiga va tasavvurlariga
yaqinlashtirib qo‘yishga
harakat qilib, ularning o‘zlashtirayotgan ob'yektiga qiziqishni
uyg‘otishga intildi. Uning maktab asosiy shiori har bir nazariyani ishda, amaliyotda
ko‘rishdir: “Aytsang - unutib qo‘yadi, ko‘rsatsang - vaqtincha
xotirasida qoladi, ishga
kiritsang - umrbod esida saqlaydi”. Bunday o‘qitish jarayonida bolaning tabiiy
o‘sishining qismlari: ijtimoiy (muloqot va o‘zaro ta'sirga intilish), tuzilmaviy (harakat
va o‘yinga intilish), tadqiqot (aniqlash va tushunishga intilish), ekspressiv (o‘zining
qiyofasini ko‘rsatishiga intilish), his-tuyg‘uviy (masalani o‘zi yechishidan bahramand
bo‘lish) ko‘zda tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarda faqat har hil yoshdagi bolalarning
birga va bir ishni qilishga amaliyotlar o‘tkaziladi. Har bir tushuncha laboratoriya
tarzda aniqlanadi, o‘qitish jarayonida o‘yin va sahnalashtirish usullardan keng
foydalaniladi, “o‘qituvchi - o‘quvchi” tizimida individual darslar afzal ko‘riladi.
24
Sinflar bolalar qiziqishi, intilishi, layoqati bir bor imkoniyat va qobiliyatlarning
darajasi teng, bir biriga dil tortishi bilan tuziladi. Dyui maktabi uchun yangi o‘qitish
metodlarni topish, bolalarning intilishiga diqqat-e'tibori, ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish, faoliyatlarini kengaytirishdan iborat.
Yuqorida tilgan oligan faylasuf va pedagog olimlarning fikr-g‘oyalari, ko‘rsatgan
yo‘l-yo‘riqlari butunjahon ta'lim-tarbiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shib, hozirgi
davrda ham maktab va oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning
kasbiy mahoratida poydevor bo‘lib hizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: