Tovarning bozor atributlari (belgilari).
Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e‘tibor berish lozim.
Chunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste‘molchi tomonidan qabul qilinishida katta
ahamiyatga egadir. Shuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va ba-
jaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim.
Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi
bo‘lib, tovar sotuvchisining faqatgina o‘ziga marka nomi va marka belgisidan foyda-
lanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va mar-
kani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy
elementi bo‘lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |