Ta’sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aktsiyadorlik ja-
miyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni
bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona
yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xa-
rajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Franchayzing - yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli; o’zaro foydali
hamkorlik munosabatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |