Raqobatbardoshlik – o’z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida amalga
oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirish, xo-
dimlarni rag’batlantirish va mahsulot sifatining yuqori bo’lishini ta’minlashga
etarli bo’lgan foyda olish.
Reklamatsiya - xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida etkazib beril-
gan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to’g’ri kelmasligi tufayli bildiruvchi
da’vosi.
Reja - hatti harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va
qo’yilgan maqsadlarni bashorat qilish asosida yaratiladi.
Rejalashtirish korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning vosita va
usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir.
Sertifikat - mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza qilish asosida beri-
luvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |