strategiyasi nomi bilan mashhur. Bu holda korxona dilerlarni xarid qilingan har o‘nta
tovar uchun bitta tovarni bepul berish yo‘li bilan rag‘batlantiradi. Ikkinchi usul
intensiv reklama kampaniyasini o‘tkazish yo‘li bilan xaridorlarni jalb qilish strategiyasidir. Uning maqsadi xaridorlarni taklif etilayotgan tovar yoki xizmat
tavsifnomalari bilan tanishtirishdan tashqari, ularda reklama qilinayotgan tovar yoki
xizmatni xarid qilish istagini uyg‘otish hisoblanadi.
Tovarni bozor tomon harakatlantirishni rag‘batlantirish so‘nggi paytda
FOSSTIS tizimi (talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish xizmati) yordamida
amalga oshirilib, unda tovarni ishlab chiqarish, uni harakatlantiish va reklama qilish
jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘lanashi.
FOSSTIS - talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish xizmati (inglizcha-
formation of demond and stimulation of sale) kompleksiga reklama, tovar harakati
va jamoatchilik bilan aloqalar kiradi. Bu vositalar nafaqat talabni shakllantirish
(FOS), balki sotuvni rag‘batlantirishga ham ta‘sir ko‘rsatadi. FOS tadbirlari potentsial
xaridorga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni yangi bozorga endigina chiqarilayotgan tovar bi-
lan tanishtiriladi. «Tanishtiruvchi reklama», ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok et-
ish usullaridan foydalaniladi. Maqsadi - iste‘molchilar ongida mahsulot obrazini
shakllantirish va faqatgina shu mahsulot boshqalaridan ko‘ra ko‘proq belgilangan
talabni qondirishini ko‘rsatish.
STIS tadbirlari bozorda yangilik hisoblanmaydigan tovarlarni sotishni ken-
gaytirishga yordam beradi. Bunday tovar haqida FOS tadbirlari va xaridorning o‘z
tajribasi asosida ma‘lum tasavvurlar paydo bo‘lgan. STISning vazifasi esa xaridorni
yana xaridga undash hamda tovarning bozordagi hayotiylik bosqichi va korxonaning
baho siyosatiga ko‘ra yangi segmentlarda tarqalishini, bozordagi ulushini oshirishni
ta‘minlashdan iborat. Xaridor uchun tovarni FOSSTISning qaysi tadbiri orqali sotib
olganligini qizig‘i yo‘q. Lekin FOSSTIS tadbirlariga mablag‘ ajratayotgan korxona
rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra ta‘sir doirasini yanada aniqroq
belgilash (axborotlarning yo‘naltirilganligi), ommaviy aloqa kanallarining maqbul-
larini tanlash, tovarning ijobiy tomonlarini to‘laroq yoritish, ko‘rgazmali vositalar,
matnlar mazmuni va shaklini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini baholash mumkin.
FOSSTISning kommunikativ ta‘siriga ko‘ra xaridorlar tovarni yuqori iste‘mol
qiymatiga ega deb tasavvur qiladilar. FOSSTIS tadbirlariga qilinadigan xarajatlarni
rejalashtirishda mablag‘larni quyidagicha taqsimlash maqsadga muvofiq: