«Past baholar» yoki «bozorga yorib kirish» strategiyasida mahsulotga
dastlab past baho o‘rnatiladi va talabni rag‘batlantiriladi. Raqiblar bozordan siqib
chiqariladi va asosiy ulush egallanadi, sekin asta mahsulot bahosi oshirib boriladi. Bu
strategiyani qo‘llash quyidagi sharoitlarda maqsadga muvofiq: bozor baho
o‘zgarishiga juda sezgir va past baholar uning kengayishiga yordam beradi; xa-
rajatlarning o‘sib borishi bilan ishlab chiqarish va sotish xajmi qisqarib boradi; raqo-
batchilar uchun past baholar qiziqarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |