Yuqori baho yoki «qaymog’ini olish» strategiyasi - avvalo tovar bahosini ish-
lab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul
bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi va bozorga kirgandan
keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. Yuqori
baho strategiyasi korxonaga xarajatlarni tezda qaytarib olishga yordam beradi.
Keyinchalik bozorda o‘xshash tovarlar - raqiblar paydo bo‘lgandan keyin korxona
o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovarlar modi-
fikatsiyasini yarata boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |