Yurak qisqarishlar sonini aniqlash. Sinaluvchi odamning bilak
arteriyasidan pulsni va yurak urishlari chastotasini fonendoskop orqali tinch
holatda eshitiladi. Sinaluvchi odamning kaft usti bo‘g‘imidan bir oz yuqorida
bilak arteriyasi ustiga ko‘rsatkich va o‘rta barmoqni qo‘yib, tinch holatda
pulsni yoki ko‘krak qafasining chap tomonida qo‘ltiq chizig‘i o‘tadigan joydan
beshinchi va oltinchi qovurg‘alar orasini ustiga fonendoskop qo‘yib, yurak
urishlar chastotasini 15 sekund davomida eshitiladi va sanaladi, olingan
raqamni to‘rtga ko‘paytirish yo‘li bilan minutlik yurak urishlar chastotasini
aniqlanadi. Bu holat ya’ni, yurak urishlar chastotasini aniqlashda bir minut
davomida yurak urishlar soni eshitiladi va sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |