Bo‘y uzunligini o‘lchash. Bolalar bo‘yining balandligi rostomer
yordamida o‘lchanadi. Buning uchun rastometrni yaxshilab o‘rnatib,
sinaluvchiga uning platformasiga chiqish taklif qilinadi, bola rostomerga orqa
tomoni bilan tikka turadi. O‘lchanuvchilar tos kamarigacha ichki kiyimlari
echilgan, oyoq kiyimisiz holda bo‘lishi kerak. Shuningdek rastometrning
bo‘lingan ustuniga gavdasining to‘rtta nuqtasi; kalla suyagining ensa qismi,
kurak oralig‘i, dumg‘aza suyagi va oyoq tovonlari juft holatda tegib
turishi zarur. Rastometr ustunidagi surgichni boshning yuqori qismiga
yaxshi tekkuncha surib kelinadi. Surgich ko‘rsatgan raqam sinaluvchining
bo‘y uzunligi bo‘lib hisoblanadi. O‘lchash aniqligi 0,5 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |