go`yo siz uni ustida og`riqli tibbiy amaliyot o`tkazayotganingizdek uni yuzida azob
belgilari ko`rina boshlaydi. Bunday suhbatning no`jo`ya ta`siri har hil bo`lishi mumkin.
Ko`pincha ovqat hazm qilishda muammo paydo qiladi. (foydali maslahat:yoringiz bilan
hislaringizni muhokama qilishdan avval uni oshqozonini tinhclantirish uchun guruch
qaynatib bering)
Sentimentallik yo`q bo`lgani sababli ayollar erkaklarning hissizlikda ayblashadi. Ammo
bu haqiqatdan yiroq albatta. Bu kitob ustida ishlash mobaynida yuzlab erkaklar bilan
suhbatlashdim. Ularning eng yoshi o`n sakkizda eng kattasi esa yetmishda edi. Ularning
ayrimlari oilali ayrimlari esa bo`ydoq. Meni hayratda qoldirgan narsa shu ediki ular o`z
hissiyotlari haqida ayollarga qaraganda erkinroq so`zlashdi. Erkaklarni suhbatga ochiq
va aqlli ekanligini angladim. Men bu bobda erkaklarning eng qiziqarli
va foydali
iqrorlarini kiritdim.O`z juftlari nimalarini his qilishini ayolar tushunishsin deb ularni
ro`yhatini tuzdim.
Ular tobe ayollar
haqida nima deyishadiyu, kuchli ayollar haqida nima, ularni nima
qonini qaynatadiyu nima ko`ngliga hush yoqadi. Bu ma`lumotlar
kitobni boshqa
boblaridagi keltirgan bilimlar bilan qo`shilganda sizga foydali bo`lishi shubhasiz. Siz
bundan nafaqat meni qanday maslahat berganimni balki nima uchun ularni keltirishga
qaror qilganimni ham tushunib olasiz.
Erkaklarning ayollarga o`n beshta asosiy e`tirozlari.
1. Agar ayol kishi hamma narsaniyam yuragiga yaqin olavermasa, u o`zini hotirjamroq
tutadi. Erkaklarga shunday ayollar ko`proq yoqadi. Bunday hulq atvor qarama qarshi
jins vakillari bilan omadli munosabat yaratishga yordam beradi.Masalan erkak kishi
ishiga borishi kerak. Bu siz bilan vaqt o`tkazishni istamaydi degani emas. Agar ayol
erkak kishini o`z holiga qo`ysa , shunchalik qadrli bo`ladi.
2. “Menga kamgap ayollar yoqadi. Ular nima o`ylayotganini bilib ham bo`lmaydi. Ular
o`ziga ishongan, o`z hayoti va o`z emotsiyalarini boshqara oladigandek ko`rinadi.
Hamisha yoningda avval o`ylab kyin so`yladigan bir odam bo`lishini istaydi kishi”
3. “Ayrim ayollar haddan ortiq ehtiyotkor bunday hatti harakat ularning o`ziga
ishonchsizligidan darak beradi. Bir ayol hali uchrashuvga taklif qilib ulgurmasimdan
ko`nglimni qoldirdi. U o`zini hafsizligini ta`minlayman deb shunchalik havotirlanardiki,
hattoki menga telefondagi birinchi suhbatimizdayoq nimalarga toqat qila
olmasligini
aytib tashladi. U avvalgi yigitlar bilan uchrashuvlarida nimalar bo`lganini to`kib soldi.
Biz hali biror marta ham ko`rishmaganmiz ammo u meni ham shunday ekanimga amin
edi. Men hecham yo`l harakati qoidalarini buzmayman, ammo u meni o`limga hukm
qilib bo`ldi. Tabiyki uni uchrashuvga taklif qilish hohishim so`ndi.”
4. “ Men endigina uchrashib turgan ayol darrov so`roqqa tutib ketdi. O`zimni
tergovdadek his etdim Albatta bu menga yoqmadi. Boshqa odamlarning gunohiga
tavon to`lash kimgaym yoqardi”
5. “Men uchrashib yuradigan ayol gapirishni sevardi. U tinmay gapirib charchamasdi. U
bilan gaplasha turib uhlab qolibman uyg`onsam haliyam sayrab yotibdi. Tushundimki u
hamma bo`lib o`tgan narsalarni gapirib olmaguncha tinchiyolmaydi.”
Do'stlaringiz bilan baham: