Erkak ayolni tabiy holdek qabul qilganida, uni haliyam shu yerda yoki yo`ligiga amin
bo`lishni istaydi
Erkakni arralash qanchalik be`mani ish ekani haqida o`ylab ko`ring. Siz bu hatti
harakatingiz bilan u nima qilsayam siz uni tashlab hech qayoqqa ketmasligingizni
ta`kidlayapsiz. So`zning ta`siri juda kam. U sizga “ eshit aziziam,
men munosabatimizni
yahshilash uchun hech qanday harakat qilishni istamamyman, ammo sen hozirgidek
manga ovqat tayyorlab , kir chirimni yuvib, hohlagan narsamni so`ragan vaqtimda
berib tursang bo`ldiYotoqhonada bo`ladigan ishlarga kelsak, hozir ham yo`q
demasdim” demaydi. O`ylayapsizki bunday shartga faqat esi joyida emas ayollargina
rozi bo`lishi mumkin, afsuski ayollar bunday shartni doimiy ravishda qabul qilishadi, va
shunday yashashadi ham. Hamisha va hamma yerda. “Buni nimasi yomon?”
deyishadi
ular.
Endi tanishgan vaqtida erkak o`zini haqiqiy jentelmendek tutishga urinadi.Mashina
eshiklarini ochib beradi, restoranda taom tanlashni so`raydi va hakazo.. Avvaliga ular
ayollarga qanday munosabat qilish kerakligini juda yahshi bilishadi. Bepisandlik esa
ortiqcha gap so`zsiz sekin asta boshlanadi. Ko`pincha ayollar buni payqamay ham
qolishadi. Payqashganda esa judaym kech bo`ladi. Keyin esa ayol uni to`g`ri yo`lga
solaman deb, javrashni boshlaydi.
Erni divanga cho`zilishga taradudlanayotganini ko`rgan hotin arralashni boshlaydi: “
Sen bilan hech qayoqqa bormay qo`ydik.Birga kam vaqt o`tkazamiz.”
Bu iboralar erkakni ko`nglini hotirjamlashtiradi demak ayol to`laligicha uning
ihtiyorida.Endi hech narsaga urinmasaym bo`ladi, chunki ayol uni borligini o`zidan
qanoatlanadi. Va u asosli javob qaytaradi: “Sen bilan birgamanku. Senga yana nima
kerak?”
Uch yashar bolakay onasi bag`riga qaytishi uchun u ko`zdan g`oyib bo`lishi kerak.
Arralashingiz esa sizni uning ihtiyorida ekaningizdan darak beradi. Siz uni
kutayotganingizni juda yahshi biladi.Ehtimol siz uni e`tiborliroq, sizga g`amho`rroq
bo`lishini kutayotgandirsiz. Baribir kutayapsiz. Siz to`laligingizcha uni ihtiyoridasiz.
Siz vaziyatni tubdan o`zgartirishingiz kerak.
U sizni shunday bo`lishi kerakdek qabul qilganida, uni buvisini
onasini yoki boshqa
tarbiyalangan ayolni yahshi ko`rgandek mehr bilan qaraydi. Siz uni “eski va qadrdon”
dugonasiga aylanasiz. Baqirib chaqirsayizam hech qayoqqa ketmasligingizni u yahshi
biladi. “ U meni ketimga bir ikki shapatilashi mumkin,ammo baribir sevadi men esa
ko`nglimga kelgan ishni qilishim mumkin” Uni aynan mana shunday o`ylashiga yo`l
qo`ymasligigngiz kerak.
Erkaklar bunday hatti harakatni yahshi emasligini tushunishadi, ammo
yana nimalar
qilish mumkinligini bilishni istashadi. Bir erkak shunday tan oldi: “ayollar nimani olishga
yo`l qo`yib bersa erkaklar shuni oladi”
Bu bilan yahshi, ba`mani erkaklar yo`q hayotda
demoqchi emasman. Haqiqiy erkaklar o`zlari hali loyiq bo`lmagan narsani olishni
istashmaydi.Shuning uchun ham o`zini hurmat qiladigan, haqiqiy erkak o`zini hafa
qildirib qo`ymaydigan ayollarga intiladi.
Agar u sizga bepisand bo`lib qolgan bo`lsa, ortiqcha tushuntirishlarsiz vaziyatga mos
munosabat bildiring. Shunda u esankirab qoladi. Endi siz avvalgidek o`zingizni
tutmaysiz. Siz ortiq uni oyijonisi emassiz. Bunday hatti harakatingiz bilan uni yana
qiziqtirib qo`yasiz natijada u sizni qaytadan mahbubasiga aylantirishni istaydi. Agar siz
o`zingizni avvalgidek “sadoqatli, eski dugonadek” tutishda davom etsangiz, u ham `oz
o`rnida onasidek ko`rib barcha erkaligini ko`rsatadi.
Shahsiy munosabat borasida e`tiborning yetishmasligi ayollar duch keladigan yagona
muammo emas. Ko`pincha Barcha uy yumushlarini ayollar faqat o`zlari qilishlari
kerakligidan ezilishadi. Bu yerda ham javrab o`tirmasdan erkakka amaliy ta`sir
o`tkazish mumkin.Ko`pchilik erkaklarni uy yig`ishtirilgan yoki yo`qligi
bilan mutlaqo
ishlari yo`q. Ko`pchilik erkaklar uyga kelsayu divanga tappa tashlasa hech narsa haqida
o`ylamasam deydi. Oshhonada iflos idish to`lib yotishi bularga farqsiz. Poyafzalni
gilamda izini qolishi ularni halovatini buzmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: