25-modda. Fraksiya vakolatlari
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiya:
(25-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-
sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni
ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan
muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi;
(25-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-
563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan
tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan
fraksiyaning fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida tarqatadi;
(25-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-
563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
6) palataning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa
qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi;
8) hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala
qo‘yadi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda
ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
(25-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-
563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |