26-modda. Fraksiya faoliyatini tugatish
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
1) fraksiyaning o‘z tashabbusi bilan;
2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;
3) fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan miqdor
chegarasidan kamayib ketganda.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-
yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, tegishli siyosiy
partiyaning faoliyati tugatilgan taqdirda ham fraksiya tarqatib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |