21-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining qarorlari
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular
tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda
boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |