IDSL, HDSL, SDSL, MDSL, G.SHDSL texnologiyalari. Keltirilgan
simmetrik kirish texnologiyalari eski analog uzatish tizimlarini
raqamlashtirish uchun keng tarzda foydalaniladi. Qurilmalarning
ishlashi uchun bir yoki bir necha telefon juftliklari kerak, chiqishda esa
simmetrik kanal shakllanadi (odatda E1 – 2048 kbit/s) (5.3-rasm).
5.3-rasm. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil
qilishning tuzilish sxemasi
HDSL texnologiyasi. Ushbu texnologiyada turli o‗tkazuvchanlik
qobiliyatiga ega bo‗lgan simmetrik raqamli kanalni shakllantirish uchun
birdaniga bir necha telefon juftliklaridan foydalanish ko‗zda tutilgan edi
(5.4-rasm).
HDSLning
bitta
telefon
juftligidan
foydalanilgan
turli
modifikatsiyalari kengroq tarqaldi. Bu erda ishlab chiqarish ikki
yo‗nalishda amalga oshirildi. Birinchi guruh ishlab chiqaruvchilari
tomonidan doimiy tezlikka ega bo‗lgan oqimni shakllantirish uchun turli
modulyasiya usullaridan (2B1Q, CAP va b.) foydalanilgan. Shu tarzda
turli IDSL va HDSL texnologiyalari paydo bo‗ldi. Kabel juftligining
holatiga bog‗liq ravishda o‗zgaruvchan raqamli uzatish tezligini
ta‘minlovchi simmetrik kirish texnologiyalarini ishlab chiqish alternativ
yondashuv sifatida shakllandi. Ushbu turdagi qurilmalar juftlik holatini
diagnostika qiladi va maksimal mumkin bo‗lgan uzatish tezligini
o‗rnatadi. Shu tarzda MDSL, MSDSL va SDSL texnologiyalari paydo
bo‗ldi. Hozirgi vaqtda ikkala yondashuv ham G.SHDSL yagona
simmetrik kirish texnologiyasi ostida birlashtirildi va u hozirgi vaqtda
dunyoning etakchi NGN texnologiyalaridan biridir.
ADSL, ADSL2, ADSL2+, RE-ADSL texnologiyalari. Simmetrik
kirish texnologiyalari avvaldan tarmoqni raqamlashtirish vazifasini
echishga qaratilgan bo‗lib, alohida foydalanuvchilarga keng polosali
kirish xizmatlarini taqdim qilish uchun kamdan-kam qo‗llanilgan.
Buning uchun asimmetrik kirish qulayroq bo‗lib, zamonaviy NGN
tarmoqlarida ―mijoz-server‖ aloqasini tashkil qilishda qo‗llaniladi.
Internetga kirish, elektron pochta, IPTV, interaktiv o‗yinlar va boshqa
an‘anaviy xizmatlarda doimiy ravishda ma‘lumotlarni almashinishning
asimmetrikligi vujudga keladi: foydalanuvchi ma‘lumotlari asosan
axborotni taqdim qilishga so‗rov, server ma‘lumotlari esa so‗ralgan
axborotlardan iborat bo‗ladi. Natijada, foydalanuvchi ma‘lumotlari
hajmi o‗rtacha server ma‘lumotlariga qaraganda kamroqdir.
Asimmetrik
kirish
texnologiyasining
rivojlanishi
ADSL
texnologiyalar oilasining yaratilishiga olib keldi va dunyo amaliyotida
ushbu texnologiyalar NGN keng polosali kirish texnologiyasi sifatida
etakchi
o‗rinlarni
egallaydi.
ADSL
texnologiyasi
boshqa
DSL-texnologiyalardan farqi strukturasi, foydalaniladigan modulyasiya
prinsipi
(DMT),
shuningdek,
protokollar
arxitekturasining
standartlashtirilganligidadir, shu sababli turli ishlab chiqaruvchilarning
qurilmalari o‗zaro moslashuvchandir. ADSL avvaldan telefon abonent
juftliklarida foydalanishga mo‗ljallangan edi.
Ushbu texnologiyaning muvaffaqiyati, asosan, oddiy telefon
tarmog‗i va ADSL tarmog‗ining samarali moslashtirish usuli bilan
bog‗liqdir. Shu bilan birga, abonent tomonida shoxlantirgichlar (splitter)
qo‗llanilib, ular an‘anaviy telefoniya va ADSL yuqori chastotali
signallarni ajratadi.
5.4-rasm. HDSL texnologiyasining turli variantlari
Natijada ATS – telefoni ish holatini saqlab qoladi, shu bilan birga
yana bir modem – DSLAM aloqasi paydo bo‗lib, u keng polosali
kirishni ta‘minlaydi.
5.5-rasm. Telefon ulanishini ADSL ulanishiga o‗zgartirish
Abonent kirish ulanishining namunaviy sxemasi asosida signallarni
uch diapazonga chastotali ajratish yotadi (3.6-rasm): an‘anaviy telefon,
yuqori (abonentdan) va past ADSL liniyalari. Abonentlardan tarmoqqa
uzatiladigan ma‘lumotlar hajmi kamligi sababli, ma‘lumotlarni liniya
bo‗ylab yuqoriga uzatish uchun kamroq chastota diapazoni talab
qilinadi. ADSL texnologiyasining birinchi versiyasida 1,1 Mgs gacha
umumiy diapazondan foydalanish nazarda tutilgan edi, ammo ADSL2+
standartining
yangi
versiyalarida
diapazon
2,2
Mgs
gacha
kengaytirilgan.
5.6-rasm. Telefoniya va ADSL signallarini uzatishga mo‗ljallangan
chastota diapazonlari
ADSL texnologiyasining yana bir afzalliklaridan biri ADSL
segmentlarini NGNning boshqa tizimlari bilan moslashuvchanligini
ta‘minlovchi protokollarning standartlashtirilgan stekidir. ADSL
texnologiyasi faqatgina fizik va kanal sathi bilan chegaralanmaydi, balki
ma‘lumotlarni foydalanuvchining oxirgi qurilmasidan (CPE) ya‘ni
kompyuterdan
Internet-provayderning
serverigacha
(ISP)
o‗zgartirilishiga ta‘sir qiladi.
5.7-rasmda ma‘lumotlarni abonentdan tarmoqqa uzatish jarayonida
qatnashuvchi turli qurilmalar zanjiri keltirilgan, xususan, Internet
tarmog‗i va protokollarning o‗zaro aloqadorligining ko‗p uchraydigan
sxemasi. Foydalanuvchi ma‘lumotlari so‗rovlar ko‗rinishida Internet
tarmog‗ida qo‗llaniladigan NTTR yuqori sath protokoli bo‗yicha
uzatiladi.
Ma‘lumotlarni uzatish uchun NTTR kadrlari TCP/IP transport
kadrlariga o‗rnatiladi va ADSL modemiga uzatiladi. Buning uchun turli
almashinuv interfeyslaridan foydalaniladi, asosan, - Ethernet yoki USB.
ADSL modemining roli shundan iboratki, u foydalanuvchi
ma‘lumotlarini ADSL orqali uzatish uchun qulay bo‗ladigan formatga
o‗zgartirishga xizmat qiladi. Modem yuqori sath ma‘lumotlari bilan
ishlamaydi, uning uchun faqat TCP/IP kadrlari mavjud. Kadrlarni
abonent kirish zanjiri orqali uzatish uchun modem to‗rt sathli ADSL
strukturasini shakllantiradi va u o‗z ichiga ADSL protokolining fizik
sathini, ATM asosidagi kanal sathini, kanalni ―nuqta-nuqta‖ rejimida
bog‗langanligini nazorat qilish uchun PPP sathini va TCP/IP ni oladi.
Modemda modulyasiyalangan signal sifatida shakllangan ADSL
kadrlari uzatishda foydalaniladigan telefon liniyasiga kelib tushadi va
DSLAM ga uzatiladi. Odatda, bitta DSLAM ga bir necha (ba‘zida bir
necha yuz) ulangan modemlar to‗g‗ri keladi.
NGN zamonaviy konsepsiyasida ATM texnologiyasi faqat xizmat
sifatida saqlangan va ATM yacheykalari TCP/IP asosida ma‘lumotlarga
o‗zgartiriladi. Buning uchun abonent kirish zanjiri tarkibiga
uzoqlashtirilgan keng polosali kirish serveri BRAS (Broadband Remote
Access Server) kiritilgan.
5.7-rasm. ADSL da protokollarni o‗zgartirish arxitekturasi
Bu qurilma keng polosali kirish intellektual boshqaruv uchun
oxirgi IP marshrutizatoridir. BRAS paketli trafik ma‘lumotlarini uzatish
kanali sathida ADSL foydalanuvchilaridan kelib tushayotgan trafik
parametrlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchidan
tarmoqqa ma‘lumotlarni uzatish tezligini tartibga solish BRAS orqali
amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda DSL kirish tarmoqlari operatorlari to‗g‗ri va teskari
trafikni cheklash uchun ATM kirish tugunlarida tezliklarning muqim
profillaridan foydalanilib, buni BRASsiz realizatsiya qilish mumkin.
Ammo moslashtiriladigan o‗tkazuvchanlik qobiliyatini taqdim qilish
uchun nozikroq sozlanadigan mexanizmlar kerak bo‗ladi va bunday
funksiyalarni oxirgi multipleksorsiz realizatsiya qilish murakkab.
ADSL texnologiyasining rivojlanishi turli funksiyalarni bajaruvchi
to‗rtta texnologiyalar oilasining paydo bo‗lishiga olib keldi: ADSL,
ADSL2, ADSL2 +RE-ADSL2. ADSL texnologiyasida quyi liniya
bo‗ylab maksimal uzatish polosasi 8 Mbit/s ga teng bo‗lib, Triple Play
tizimlarining minimal talab qilingan tezligi 24 Mbit/s ni tashqil qiladi.
Shu sababli standartlar modifikatsiya qilingan. Bir necha yangi
algoritmlar ADSL strukturasini optimallashtirish va texnologiyaning
texnik ko‗rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi. Shu tarzda ADSL2
texnologiyasi paydo bo‗ldi.
5.8-rasm. ADSL texnologiyalari oilasining uzatish tezliklarini
taqqoslanishi
Keyin ushbu texnologiya umuman boshqa-boshqa vazifalarni
bajarish uchun karkas sifatida foydalanilgan. Bir tomondan, katta
bo‗lmagan masofalarda uzatish tezligini oshirish talab qilinib, shu
tezlikning o‗zida katta liniyalarda keng polosali kirishning
shovqinbardoshligini
oshirish
kerak
edi
va
bu
RE-ADSL2
texnologiyasining paydo bo‗lishiga olib keldi.
Ko‗rib chiqilgan 5.8-rasmda, ADSLning 4 ta texnologiyasi uchun
keng polosali kirishning abonent liniyasi uzunligiga bog‗liqligi
keltirilgan. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, ushbu texnologiyalar uchun bir
necha kritik nuqtalar mavjud. Birinchi nuqta 2,5 km uzunlikdagi abonent
juftligiga muvofiq keladi. Uzunroq liniyalarda ADSL2+ va ADSL2
texnologiyalari o‗rtasidagi farq ko‗zga yaqqol tashlanadi. 5 km gacha
uzunlikda barcha texnologiyalar teng kuchlidir va keyin RE-ADSL2
texnologiyasining afzalligi ko‗rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |