Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

6. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING 
MULTIMEDIALI XIZMATLARI 
 
6.1.Aloqa xizmatlarining tasniflari (klassifikatsiyasi) 
 
Aloqa xizmatlarini taqdim etish jarayonini rasmiylashtirish sohasida 
asosiy  hisoblanuvchi  TMF  (TeleManagement  Forum)  xalqaro  tashkilot 
tomonidan  product  (maxsulot)va  service  ikkita  tushuncha  bilan 
farqlanish doirasida xizmatlar tasnifiga yondashish aniqlangan.   
Amaliyotda  aloqa  operatorlarida  yuzaga  kelgan  murakkabliklardan 
kelib  chiqqan  holda  aloqa  xizmati  deganda  mijozga  aloqa  operatori 
tomonidan taqdim etiladigan  maxsulot, tarmoq servisi  (tarmoq xizmati) 
deganda  esa  aloqa  xizmatlari  (maxsulotlari)ni  texnik  qo‗llash  mumkin 
bo‗lgan imkoniyatlar majmuasi tushuniladi.  
Aloqa  xizmatlarini  (maxsulotlarini)  taqdim  etish  har  doim  o‗ziga 
tarmoq  servisini  biriktiradi.  Bunday  yondashish  aloqa  xizmatlariga  va 
tarmoq servisiga bo‗lgan talablarni aniq chegaralash imkonini beradi va 
bunda  NGN  xizmatlarining  murakkab  tarkibiy  tuzilishini  hisobga  olish 
lozim.  
Aloqa  xizmatlari  (maxsulotlari)  va  tarmoq  servisi  (xizmati)  uchun, 
axborotli  tizimlarni  qurish  va  o‗zaro  bog‗lanishning  universal 
hisoblanuvchi etti satxli OSI modelini qo‗llash maqsadga muvofiqdir. 
Ko‗p  satxli  tasnif  (klassifikatsiya)  odatdagi  aloqa  xizmatlari  va 
tarmoq  servisiga  bog‗liq  holda  aks  etadi.  SHunday  qilib,  OSI  modeli 
satxi bilan bog‗liq bo‗lgan tasnifni, ―aloqa xizmati‖ va ―tarmoq servisi‖ 
tushunchasini  inobatga  olgan  holda  NGN  xizmatlarini  taqdim  etish 
jarayonida mo‗ljal sifatida qo‗llash mumkin.  
Operatorlar  tomonidan  taqdim  etiladigan  barcha  aloqa  xizmatlarini 
ikki  turga  bo‗lish  mumkin:  bazaviy  va  qo‗shimcha.  Bazaviy  xizmatlar 
litsenziyalangan, 
qo‗shimcha  xizmatlar  esa  litsenziyalanmagan 
hisoblanadi.  
Bunday tarkibga quyidagi xizmatlar kiradi: 
1.  Taksafonlarni  qo‗llashga  ega  bo‗lgan  mahalliy  telefon  aloqasi 
xizmatlarisiz  va  kollektiv  kirish  vositalarisiz,  mahalliy  telefon  aloqasi 
xizmati.  
2. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari.  
3. Ajratilgan aloqa tarmoqlarida telefon aloqasi xizmatlari. 
4. Zona ichi telefon aloqasi xizmatlari. 


 
 
 
 
5.Taksofonlarni  qo‗llashga  ega  bo‗lgan  mahalliy  telefon  aloqasi 
xizmatlari. 
6.Kollektiv  kirish  vositalarini  qo‗llashga  ega  bo‗lgan  mahalliy 
telefon aloqasi xizmatlari. 
7. Telegraf aloqasi xizmatlari.  
8. Shaxsiy radiochaqiriq aloqa xizmatlari. 
9.Umumiy  foydalanuvchi  aloqa  tarmoqlarida  harakatlanuvchi 
radioaloqa xizmatlari. 
10.Ajratilgan  aloqa  tarmoqlarida  harakatlanuvchi  radioaloqa 
xizmatlari. 
11.Umumiy 
foydalanuvchi 
aloqa 
tarmoqlarida 
harakatdagi 
radiotelefon aloqasi xizmatlari. 
12. Harakatdagi fazoviy radioaloqa xizmatlari.  
13. Aloqa kanallarini taqdim etish bo‗yicha aloqa xizmatlari.  
14.Ovozli  axborotlarni  uzatishdan  tashqari,  ma‘lumotlarni  uzatish 
tarmoqlaridagi aloqa xizmatlari.  
15. Ma‘lumotlarni uzatish tarmoqlaridagi xizmatlar. 
16. Telematik aloqa xizmatlari. 
17. Kabel orqali eshittiriladigan aloqa xizmatlari. 
18.  Efir  orqali  eshittirish  maqsadida  qo‗llaniladigan  aloqa 
xizmatlari. 
19. Simli radio eshittirish aloqa xizmatlari. 
20. Pochta aloqasi xizmatlari. 
Qo‗shimcha  xizmatlar  o‗z  o‗zidan  taqdim  etilmaydi,  ular  asosiy 
xizmatlar  bilan  birgalikda  qo‗llaniladi  va  xizmatlarni  qo‗llash 
imkoniyatlarini  shuningdek  qulayliklarini  oshiradi.  Masalan,  telefon 
aloqasida  qo‗shimcha  xizmat  ko‗rsatish  turlariga  manzilni  o‗zgartirish 
(pereadresatsiya), ogoxlantirish, kutishga qo‗yish va boshqalar kiradi.  
Xizmatlarga  ko‗maklashish  sohasidagi  faoliyatni  amalga  oshirish 
uchun  litsenziyaga  kiritilgan,  keltirilgan  aloqa  xizmatlari  nomlarining 
ro‗yxati,  ma‘lumotlarni  uzatish  tarmoqlarida  ovozli  ma‘lumotlarni 
uzatish aloqa xizmatidan tashqari konvergent xizmatlardan iborat emas. 
Ana  shunga  bog‗liq  holda  masalan,  triple  play  xizmatlari  aloqa 
operatoridan bir qancha litsenziyalarni olishni talab etadi.  
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish