Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

Wi-Fi  texnologiyasi.  Boshida  ushbu  texnologiya  simsiz  LAN 
tarmoqlarni    hosil  qilish  uchun  ishlab  chiqilgan,  ammo  hozirda 
Internetga simsiz kirish texnologiyasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi 
kungacha ushbu texnologiyaning ilova sohasiga, asosan, agar bir oilada 
bir  necha  Internet  foydalanuvchilari  bo‗lganida  xona  tarmoqlari  kirar 


 
 
 
 
edi. Bugungi kunda Wi-Fi MAN, RAN va hatto WAN ni hosil qilishda 
samarali qo‗llanilib kelinmoqda. 
Wi-Fi 
texnologiyasi 
NGN 
konsepsiyasida 
qisqa 
vaqtda 
samaradorligini  namoyon  qilishi  bilan  qiziqish  uyg‗otadi.  Wi-Fi  tizimi 
tarmog‗ining  bitta  bazaviy  stansiyasi  (hotspot)  bir  vaqtda  o‗nlab 
abonentlarga  keng  polosali  kirish  xizmatlarini  taqdim  qila  oladi.  Simli 
kanallar  talab  qilinmagan  holda  katta  tezliklarni  ta‘minlash  -  Wi-Fi  ni 
keng  miqyosda  foydalanish  mumkin  bo‗lgan  kirish  texnologiyasiga 
aylantiradi.  Wi-Fi,  odatda,  jamoat  joylarida  kirish  tizimi  sifatida 
foydalaniladi 
(Internet-kafe, 
standionlar, 
aeroportlar, 
vokzallar, 
supermarketlar,  mehmonxonalar  va  h.k.).  Zamonaviy  noutbuk  va 
cho‗ntak  kompyuterlarida  Wi-Fi  funksiyalarining  realizatsiya  qilinishi 
ushbu texnologiyadan jamoat joylarida foydalanishni osonlashtiradi. Wi-
Fi  tizimi  bilan  jihozlangan  texnogen  zonalar  ushbu  texnologidan  turli 
telemexanika tizimlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi. 
Hozirgi  vaqtda  butun  dunyoda  Wi-Fi  zonalarini  birlashtirish  va 
rouming  fuknsiyasiga  ega  bo‗lgan  yirik  Wi-Fi  tarmoqlarini  yaratish 
ishlari  olib  borilmoqda.  Bunga  McDonald‘s  tarmog‗i  misol  bo‗la  olishi 
mumkin – dunyo  bo‗ylab 6000 dan ortiq hotspot (kirish nuqtalari) joriy 
qilingan. Shuningdek, milliy va xalqaro Wi-Fi operatorlar paydo bo‗ldi, 
bunga  misol  tariqasida  birinchi  bo‗lib  Swisscom  Eurosport  (aeroport, 
restoran, bar va hokazolar tarmoqlari)ni keltirish mumkin va ushbu Wi-
Fi  tarmoqlari  butun  Evropa  Ittifoqi  hududiga  xizmat  ko‗rsatadi. 
Rossiyada  Wi-Fi  texnologiyasi  sohasida  yirik  loyiha  sifatida  Golden 
Telecom operatorining Golden Wi-Fi tarmog‗ini keltirish mumkin.  
Hozirgi  vaqtda  Wi-Fi  texnologiyasi  to‗liq  ravishda  ―mobil 
Internet‖  konsepsiyasiga  moslashtirilgan  bo‗lib,  bu  texnologiya 
hammaning  e‘tiboriga  loyiqdir.  SHu  tarzda,  Wi-Fi–kirish  tarmoqlarini 
tashkil etishning etakchilikka nomzod bo‗lgan juda asosiy usulidir. 
Zamonaviy tijorat Wi-Fi tarmoq texnologiyasi tarmoqni ikki asosiy 
tizimostiga  ajratishni  nazarda  tutadi:  foydalanuvchilarni  uchratish 
mumkin  bo‗lgan  nuqtalarda  o‗rnatiladigan  trafikni  kirish  nuqtalari 
(hotspot)  sifatida  yig‗uvchi  tizimostilari  va  foydalanuvchilarni 
identifikatsiya  qilish  serveri,  billing  serveri,  servisni  boshqarish                
Web-portali,  Radius  avtorizatsiya  serveri  va  hokazolar  mavjud  bo‗lgan 
boshqaruv tizimostilari. 
Hotspot lar mashrutizatorlar yoki Internet orqali o‗zaro bog‗lanadi. 
Har  bir  foydalanuvchi  tijorat  xizmatiga  ulanishdan  oldin  billing  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  avtorizatsiya  protsedurasidan  o‗tishi  kerak.  Buning 


 
 
 
 
uchun  u  identifikatsiya  Web-portaliga  kiradi  (masalan,  to‗lov  kartasini 
aktivlashtiradi)  va  o‗z  huquqlarini  ro‗yxatdan  o‗tkazadi.  Endi 
foydalanuvchi  hisobida  to‗lov  vositasi  borligicha  keng  polosali 
kirishning barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin. 
Hotspot  ichida  tizim  ichki  kommutatorlar  va  eng  asosiysi  alohida 
kirish  kontrolleriga  ega  bo‗lishi  mumkin  bo‗lib,  u  barcha  hotspot 
foydalanuvchilari  o‗rtasida  va  taqsimlangan  Wi-Fi  o‗rtasida  interfeys 
rolini  bajaradi,  bu  asosan  Wi-Fi  xizmat  ko‗rsatadigan  nobirjinsli 
zonalarga tegishlidir (masalan, aeroport, mehmonxonalar, biznes-markaz 
va boshqalar). Xizmatlar va ular haqidagi axborotlar tarmoq Web-portali 
doirasida hotspot portalidan o‗rin olgan. 
Foydalanuvchi  Wi-Fi  tarmog‗i  xizmatlaridan  foydalana  olishi 
uchun  uning  so‗rovi  ketma-ket  ravishda  tarmoqning  uch  elementidan 
o‗tishi  kerak  bo‗ladi:  kirish  kontrolleri,  Radius  boshqaruv  serveri  va 
identifikatsiya  Web-portali.  Foydalanuvchini  identifikatsiya  qilish 
jarayoni  (AAA  protsedurasi)  maxsus  yuqori  sath  signalizatsiya 
protokollaridan 
foydalanishga 
qaratilgan 
murakkab 
algoritmdan 
iboratdir.  Wi-Fi  tizimlari  radiointerfeysining  parametrlari  WLAN  IEEE 
802.11a/b/g/h/j/n standartlarida taklif qilingan. Ushbu standartlarda Wi-
Fi  tizimlarining  ikkita  ish  diapazonlari  nazarda  tutilgan:  2,4...2,5  GGs 
(IEEE  802.11b/g  uchun)  va  4,9...5,9  GGs  (qolgan  standartlar).  Wi-Fi 
tizimida  ma‘lumotlarni  almashinish  tezligi  standartga  bog‗liq  ravishda 
11,  50  va  100  Mbit/s  dan  ortiq  bo‗lishi  mumkin  (yangi  IEEE  802.11n 
standarti  uchun).  Tizimlarda  ma‘lumotlar  simmetrik  yoki  ADSL  yoki 
PON ish rejimlarini eslatuvchi asimmetrik tarzda uzatilishi mumkin. 
Wi-Fi  texnologiyasi,  bizning  uchun  nafaqat  istiqbolliligi  sababli, 
balki  to‗rtinchi  avlod  radiokirish  tizimlarining,  xususan,  WiMAX 
texnologiyasining ishlash prinsiplari haqida tushuncha berganligi uchun 
qiziqish uyg‗otadi. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish