5. YANGI AVLODNING KONVERGENT TARMOQLARI
TEXNOLOGIYALARI
5.1. xDSL texnologiyalari
Infokommunikatsiya tizimlarining bir qancha modellari mavjud.
5.1-rasmda ko‗rsatilgan model Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (XEAI)
(ITU) tomonidan tavsiya etilgan. U, infokommunikatsiya tizimlariga
kirish tarmoqlarining o‗rnini aniq belgilash imkonini beradi.
5.1-rasm. XEAI tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimlarining modeli
Abonent binosidagi uskunaga misol, oddiy telefon apparati
(xonadon sektori) kabi apparat-dasturiy vositalarning murakkab
majmuasi-ATS idorasi (UATS), Ethernet lokal tarmog‗i va boshqa
uskunalar (ishlab chiqarish sektori) bo‗lishi mumkin.
Birinchi holatda ―Kirish tarmog‗i‖ elementining funksiyasini, ikki
simli fizik zanjir deb tasavvur qilinadigan abonent liniyasi bajarishi
mumkin.
Ikkinchi holatda kirish tarmog‗i tarkibiga (elektr aloqaning mavjud
tizimlari uchun): mahalliy telefon tarmoqlaridagi UATSga ulanish
uchun E1 raqamli trakti (yoki shunday traktlardan bir nechtasi), Internet
da lokal tarmoqlarni ulash uchun TCP/IP protokollari stekini qo‗llab-
quvvatlovchi raqamli trakt, agar zarur bo‗lsa, telefon aloqasi tarmoqlari
yoki Internet qo‗llanilmaydigan uskunalarni ulash uchun ijaraga olingan
liniyalar kirishi mumkin.
Kirish tarmog‗ining asosiy vazifasi, operatorning potensial
idorasida o‗rnatilgan va tranzit tarmoqlarga mos keluvchi barcha turdagi
uskunalar orasida ishonchli va sifatli aloqani ta‘minlashdan iborat.
Infokommunikatsiya
tizimlarining
uchta
elementi
―Mijoz
idorasidagi uskuna‖, ―Tranzit tarmoq‖ va ―Xizmatlarni qo‗llab-
quvvatlash
vositasi‖
evolyusiyasi,
kirish
tarmoqlarini
sifatli
takomillashtirish zaruratiga olib keldi. Bu jarayon murakkab taxlilni
Mijoz
binosidagi
uskuna
Kirish
tarmog‘i
Transport
tarmog‘i
Xizmatni
qo‘llab
quvatlash
vositasi
talab etadi. Shubxasiz, anchagina katta muammolar kirish tarmoqlarini
takomillashtirish bilan bog‗liq.
Birinchi navbatda bu, ekspluatatsiya qilinayotgan abonent
tarmoqlarining ob‘ektiv xususiyatlari bilan tushuntiriladi ya‘ni narxining
yuqoriligi, ishonchlilik ko‗rsatkichlari va ma‘lumotlarni uzatish
sifatining pastligi, xizmatlarni qo‗llab-quvvatlashni, signallarni uzatish
tezligini etarli darajada oshirishning murakkabligi. Boshqa tomondan
kirish tarmoqlarini jiddiy takomillashtirish zarur.
Birinchi variant, kirish tarmoqlarini minimal takomillashtirishni
qarab chiqadi. Bunda barcha abonent liniyalari oldin yotqizilgan, mis
simli ko‗p juftlik kabellar hisobiga tashkil etiladi. Zarurat tug‗ilganda
magistral yoki taqsimlangan uchastkalarning ayrim kabellari shunga
o‗xshash vositalar bilan almashtiriladi. Agar kirish tarmoqlariga
konsentratorlar o‗rnatilsa, oldin tanlangan ma‘lum usul bo‗yicha
juftliklar raqamli uzatish tizimlarida jichlashtiriladi. SHubxasiz,
tarmoqni takomillashtirishdagi dastlabki xarajatlar va uni qoplash davri
uncha katta bo‗lmaydi. Albatta kelajakda operatorlarning daromadlari
o‗sishdan to‗xtaydi, chunki u yangi infokommunikatsiya xizmatlari
bozorida raqobatbardosh bo‗la olmaydi.
Ikkinchi variantning farqli xususiyati, eng kamida magistral
uchastkalarda keng polosali tarmoqni qurish hisoblanadi. Bu echim,
FTTC (taqsimlovchi shkafgacha optik tola) strategiyasiga o‗xshash.
Bunday echim dastlab anchagina invistitsiyani talab etadi. Qoplanadigan
davr ham birinchi variantning o‗xshash qiymatlari bilan solishtirganda
ancha oshadi. Boshqa tomondan operator, keng polosali kanallarni
qo‗llashga asoslangan yangi xizmatlar bozorida raqobatbardosh bo‗la
oladi.
Uchinchi variant kirish tarmoqlarini radikal o‗zgartirish bilan
bog‗liq. Bunday echimga misol qilib, barcha ko‗p juftlik kabellarni
almashtirishni
tushunish
mumkin.
Kirish
tarmoqlarini
takomillashtirishning bunday strategiyasi FTTB (binogacha– ishlab
chiqarish binosigacha yoki turar joygacha optik tola) abbreviaturasi
bilan ma‘lum. Dastlabki invistitsiya qiymati va qoplanadigan davr eng
katta bo‗ladi. Uchinchi variantning afzalligi, raqobatbardoshlik
potensialining maksimal darajasidan iborat.
Aloqa sohasida oxirgi mil (ingliz tilida last mile), provayderning
(aloqa operatorining) kirish uzeli bilan yakunlovchi (mijoz) uskunani
ulash kanalidir. Masalan, Internet tarmog‗iga ulanishda xizmatlarni
taqdim etishda oxirgi mil bu, provayder aloqa uzeli kommutatori
portidan mijoz ofisidagi marshrutizator portigacha bo‗lgan uchastkadir.
Kommutatsiyalanadigan (dial-up, dialap ko‗rinishidagi) ulanish
xizmati uchun oxirgi mil bu, foydalanuvchi modemi va provayder
modemi orasidagi uchastkadir. Oxirgi milga odatda bino ichida simlar
ajratilmaydi.
Oxirgi mil texnologiyalariga odatda xDSL, Wi-Fi, WiMaxlar kiradi.
xDSL-modemlari, kirish multipleksorlari, optik tolali modemlar va
o‗zgartirgichlar, radiomultipleksorlar oxirgi mil uskunalari hisoblanadi.
xDSL—effektiv
liniyaviy
kodlarni,
mikroelektronikaning
zamonaviy
yutuqlari
asosida
liniyaviy
buzilishlarni
adaptiv
korreksiyalash va signallarni raqamli qayta ishlash usullarini qo‗llash
yo‗li orqali mahalliy telefon tarmoqlarining abonent liniyalarini
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini etarli oshirish imkonini beruvchi
texnologiyalar oilasi.
xDSL abbreviaturasida «x» simvoli, aniq texnologiyaning nomini
bildiruvchi birinchi simvol (belgi)ni belgilash uchun qo‗llaniladi, DSL
esa (ingliz tilida Digital Subscriber Line) raqamli abonent liniyasini
bildiradi.
xDSL texnologiyasi, eng yaxshi analog va raqamli modemlar
ulanishi mumkin bo‗lgan tezliklardan ham yuqoriroq tezlikda
ma‘lumotlarni uzatish imkonini beradi.
Bu texnologiyalar, abonentlar va provayderlar uchun bir qancha
afzalliklarni yaratgan holda ovozni, yuqori tezlikli ma‘lumotlarni va
videosignallarni uzatishni qo‗llab-quvvatlaydi. xDSLning bir qancha
texnologiyalari mujassamlashgan holda, yuqori tezlikli ma‘lumotlarni va
ovozni bir mis juftlik bo‗yicha uzatish imkonini beradi. xDSL
texnologiyasining
mavjud
turlari
asosan,
qo‗llaniladigan
modulyasiyaning shakli va ma‘lumotlarni uzatish tezligi bo‗yicha
faqlanadi.
xDSL xizmatlari muayyan maqsadlarni hal qilish uchun ishlab
chiqilgan ya‘ni: ular mavjud telefon liniyalarida ishlashi, abonentning
har xil apparaturalarini ishiga xalaqit bermasligi (masalan telefon
apparati, faks va h.k), uzatish tezligi nazariy 56 Kbit/s chegaradan
yuqori bo‗lishi kerak va nihoyat, ular doimiy ulanishni ta‘minlashi
kerak.
xDSLning asosiy turlariga ADSL, HDSL, IDSL, MSDSL, PDSL,
RADSL,
SDSL,
SHDSL,
UADSL,
VDSLlar
kiradi.
Bu
texnologiyalarning barchasi abonentning telefon liniyasi orqali yuqori
tezlikli raqamli ulanishni ta‘minlaydi. xDSL texnologiyalari ma‘lum bir
maqsadlarga erishish uchun va bozorning ma‘lum bir zaruratini
qondirish uchun yaratilgan. xDSLning ayrim texnologiyalari original
ishlanmalardan hisoblanadi, boshqalari esa oddiy nazariy model deb
faraz qilinadi, ayni shu paytda uchinchisi keng qo‗llanilayotgan
standartlardir. Mazkur texnologiyaning asosiy farqlari, ma‘lumotlarni
kodlash uchun qo‗llaniladigan modulyasiyalash usullari hisoblanadi.
ADSL (ADSL;
ingliz tilida.
Asymmetric Digital Subscriber Line
— assimmetrik raqamli abonent liniyasi) —
modemli
texnologiya
bo‗lib, oxirgi mil muammolarini echish uchun mo‗ljallangan.
Abonentning analog telefon liniyalarini yuqori tezlikli kirish liniyalariga
o‗zgartiradi. Mazkur texnologiyaning asosiy afzalligi, abonentgacha
kabel yotqizmaslik zarurati. YOtqizilgan mavjud telefon kabellarini
qo‗llaydi, ―telefon‖ va ―modem‖ signallarini ajratish uchun splitterlar
o‗rnatiladi.
Ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun turli kanallar
qo‗llaniladi. Qabul qiluvchi kanal katta o‗tkazuvchanlik qobiliyatiga
ega. ADSL texnologiyasi, raqamli va analog ma‘lumotlarni uzatish
liniyasini birlashtiruvchi gibrid tarmoqlarni qurishda qo‗llaniladi. Bu esa
ma‘lumotlar oqimini uzatish uchun qo‗llaniladigan simlar juftligidan
odatdagi telefon aloqasining analog signallarini uzatish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya assimetrik hisoblanadi, ya‘ni tarmoqdan
foydalanuvchiga
ma‘lumotlarni
uzatish
yo‗nalishidagi
tezlik,
foydalanuvchidan tarmoqqa ma‘lumotlarni uzatish tezligidan yuqori.
Telefon abonent kabellaridan foydalanuvchi kirish texnologiyalari oilasi
DSL (Digital Subscriber Loop) yoki SSPAL (sifrovaya sistema
peredachi po abonentskim liniyam – abonentlar liniyasi bo‗ylab raqamli
uzatish tizimi) qurilmasida keng polosali kirish kanalini tashkil etish
sxemasini 5.2-rasmda keltirilgan tarzda tasavvur qilish mumkin.
Rasmdan shuni ko‗rish mumkinki, DSL ning barcha echimlari
texnologik ravishda yopiq tizimlardan tashkil topadi. Telefon
liniyasining oxirgi nuqtalarida DSL modemlar o‗rnatiladi va ular
raqamli ma‘lumotlar oqimini modulyasiyalangan signalga o‗zgartiradi.
5.1-jadval
xDSL texnologiyasining qiyosiy taxlili
DSL
texnologiyasi
Maksimal
tezlik
(qabul
qilish/uzatish)
Maksimal
masofa
Telefon
juftliklari-ning
soni
Asosiy qo‗llanilishi
ADSL
24 Mbit/s / 3,5
Mbit/s
5,5 km
1
Internetga ulanish,
ovoz, video,HDTV
(ADSL2+)
IDSL
144 kbit/s
5,5 km
1
Ma‘lumotlarni
uzatish
HDSL
2 Mbit/s
4,5 km
2
Tarmoqni
birlashtirish, E1
xizmatlari
SDSL
2 Mbit/s
3 km
1
Tarmoqni
birlashtirish, E1
xizmatlari
VDSL
55 Mbit/s / 11
Mbit/s
1,3 km
1
Tarmoqni
birlashtirish,
HDTV
SHDSL
2,32 Mbit/s
7,5 km
1
Tarmoqni
birlashtirish
UADSL
1,5 Mbit/s / 384
kbit/s
1
Internetga ulanish,
ovoz, video
5.2-rasm. xDSL turlari
Tizimning chiqishida foydalanuvchilarga ma‘lumotlarni uzatuvchi
standart interfeyslar taqdim qilinadi: E1, V.35/V.24, Usb yoki Ethernet.
DSL echimining ichki sohasida ishlab chiqaruvchilar raqamli signalni
modulyasiya qilishning turli prinsip va usullaridan foydalanishlari
mumkin. Shu tarzda, ba‘zi texnologiyalardan tashqari (ADSL,
ADSL2+,VDSL),
DSL
texnologiyasida
modemlarning
moslashuvchanligi talab qilinmaydi.
DSL texnologiyasi texnik echimlarning asosida yotgan turli
prinsiplar bo‗yicha klassifikatsiya qilingan. Ta‘kidlash joizki, DSL ning
barcha echimlari simmetrik va asimmetrikka bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |