Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

4.2. SIP va SIP-T protokollari 
 
SIP  IP-tarmoq  bo‗yicha  uning  yordamida  multimediali  sessiyalar 
yoki chaqiriqlarning o‗rnatilishi, modifikatsiyalanishi va tugatilishi kabi 
operatsiyalar  amalga  oshiriladigan  amaliy  daraja  protokoli  hisoblanadi. 
Multiservisli  tarmoqlarda  SIP  N.323da  ishlatilganidagiga  o‗xshash 
funksiyalarni  bajaradi.  SIP  sessiyalari  multimediali  konferensiyalarni, 
masofaviy  o‗qitish,  Internet-telefoniya,  va  boshqa  shunga  o‗xshash 
ilovalarni  o‗z  ichiga  olishi  mumkin.  Bugun  u  xalqaro  standart  roliga 
da‘vogarlik qilmoqda. 
SIP  Internet  xostlari  orasida  aloqa  seanslarini  o‗rnatish  uchun 
mo‗ljallangan.  Internetning  butun  trafigiga  xususiyatli  bo‗lganidek,  bu 
seanslar  bir  darajali  tabiatga  ega.  Protokol  maxsuslashtirilgan  SIP 
serverlarni  ko‗zda  tutadi,  lekin  ularning  ishlatilishi  shart  emas.  Bu  SIP 
serverlar  ro‗yxatga  olish,  qayta  manzillashtirish  va  boshqa  funksiyalar 
uchun xizmat qilishi mumkin. SIP protokoli to‗liq taqsimlangan servisli 
modelni  qo‗llab-quvvatlaydi.  Servislar  foydalanuvchilar  terminallarida 
(telefonlarda, PDA va boshqalarda), SIP serverlarda va ularning istalgan 
kombinatsiyasida bo‗lishi mumkin. 
SIP  protokoli  N.323  protokolidan  ko‗plab  nisbatlarda  farqlanadi. 
SIP 2002 yilda RFC 3261 sifatida standartlashtirilgan va e‘lon qilingan. 
Qo‗shimcha  tovushli  xizmatlarni  aniqlash  ustida  ishlar  hozircha 
boshlang‗ich  bosqichida  turibdi.  Lekin  SIP  butunligicha  Internet 
protokollarga (xususan, HTTP) asoslanishi tufayli u tovushli va axborot 


 
 
 
 
servislarining  integratsiyalanishiga  ancha  qisqa  yo‗lni  ochmoqda.  SIP 
spetsifik  foydalanuvchi  interfeysini  IP-terminalga  yuklash  kabi 
imkoniyatlarni  qiyinchiliksiz  ishlatilishiga  imkon  beradi.  Bundan 
tashqari,  yangi  servis  imkoniyatlarini  qo‗shish  va  protokolning 
kengaytirishni  moslashuvchanlik  sohasidagi  muammolarni  xal  qilishda 
xavfsiz amalga oshirish  mumkin, chunki   SIP spetsifikatsiyasi Internet 
prinsiplariga tayanadi. 
N.323 protokoli kabi  SIP protokoli aniq belgilangan tarmoqlararo 
interfeysga  ega  emas.  Lekin  multimedia-aloqa  ko‗p  nuqtali  seanslarini 
boshqarish  bo‗yicha  ishchi  guruh  (Multiparty  Multimedia  Session 
Control, MMUSIC) ―SIP Best Current Practices for Telephony‖  loyiha 
doirasida bu masalani tezroq hal etish maqsadlarida tarmoqlarda SIP va 
Megaco  protokollarini  birgalikda  ishlatish  ustida  ishlarni  boshladi.  Bu 
telefon tarmoqlarini o‗zaro bog‗lanishlariga nisbatan me‘yoriy talablarni 
qoniqtiradigan  va  SIP  asosida  xizmatlarni  ko‗rsatish  taqsimlangan 
modeliga  o‗tishga  ko‗maklashadigan  infratuzilmani  taqdim  etadigan 
tarmoqlarni yaratishga imkon beradi.  
Intelektual  mijozlarli  model  tijoratda  va  kichik  kompaniyalarning 
individual  foydalanuvchilari  uchun  ma‘lumotlarni  uzatish  uchun  to‗g‗ri 
keladi  (4.4-rasm).  Bu  model  korxonada  mijozni  kengaytirilgan 
xizmatlarni  qo‗llash  uchun  zarur  intelektga  ega  bo‗lishini  bildiradi. 
Qo‗llash  telefon  darajasida  unga  o‗rnatilgan  SIP  yoki  kengaytirilgan 
xizmatlar  shlyuzi  (Enhanced  Services  Gateway,  ESG)  orqali  amalga 
oshirilishi  mumkin.  Binobarin,  kengaytirilgan  xizmatlar  shlyuzi 
marshrutizatorlar, 
UATS 
va 
SIP 
o‗rnatilgan  lokal  tarmoq 
kommutatorlarini almashtirishi mumkin. Telefon stansiyasiga bog‗lanish 
bilan  zarur  xizmat  ko‗rsatish  sifatini  va  xizmat  sinflarini  qo‗llovchi  IP 
asosidagi istalgan axborot kanali bo‗lishi mumkin. 
Yangi  servislarni  qo‗llash  telefon  muhitida  ham  eng  sezilarsiz, 
ham etarlicha  sezilarli o‗zgatirishlarni talab qilishi mumkin. Eng oddiy 
holda  foydalanuvchilar  mavjud  UATSlarni  yoki  oddiy  telefonlarni 
saqlashi  va  an‘anaviy  telefon  signalizatsiyasini  SIP  ni  qo‗llashli 
telefonlar  uchun  SIP  asosidagi  signalizatsiyaga  o‗zgartirish  uchun  ESG 
ni  o‗rnatishi  mumkin.  Bu  telefonlarga  Ethernet  trafik,  standart  kabellar 
bo‗yicha uzatiladi. Eng qiziqarlisi, SIP asosidagi tarmoq ko‗plab o‗ziga 
jalb qiladigan funksiyalarni IP-servis Centrex sifatida ko‗rishi mumkin. 
Bunda  foydalanuvchi  telefoni  va  SHK  umumiy  protokollar 
to‗plamiga muvofiq ishlaydi va ham operator tarmog‗i orqali qo‗llanishi, 
ham to‗liq usiz ishlashi mumkin. Hisobga olish kerakki, SIP bir darajali 


 
 
 
 
protokol  hisoblanadi.  Qanday  servislarni  tanlash  va  ishlatish  qarori 
tarmoq arxitektorida qoladi. 
 
 
4.4-rasm. SIP protokoli asosidagi intellektual mijozli model  
 
Albatta,  telefon  chaqirig‗i  signalizatsiyasini  va  birlashtirilgan 
audio  ma‘lumotlarni  IP  tarmoq  orqali  uzatish  an‘anaviy  telefoniya 
oldida  sezilarli  avzalliklarni  olishga  imkon  beradi.  Lekin  VoIP 
tarmoqlari baribir an‘anaviy telefon tarmoqlarida ajralgan holda mavjud 
bo‗la  olmaydi.  SIP  asosidagi  telefon  tarmog‗i  UFTT  bilan  o‗zaro 
bog‗lanishi kerak.  
SIP telefon tarmog‗ining muhim xarakteristikasi UFTTga nisbatan 
ochiqlik  xossasi  hisoblanadi.  OKS  №7  kabi  UFTT  protokollarida 
ishlatiladigan  kutishli  chaqiruv,  tekin  chaqiruv  va  boshqalar  kabi 
an‘anaviy  telefon  xizmatlari  SIP  tarmog‗i  orqali  foydalanuvchi 
sezadigan  keraksiz  farq  yo‗qotiladigan  tarzda,  shu  bilan  bir  vaqtda  SIP 
ning  tez  moslashuvchanligini  cheklamasdan  taqdim  etilishi  kerak.  Bir 
tomondan  SIP  oxirgi  nuqta  OKS  №7  orqali  ulanadigan  qurilmaga 
qaraganda  ko‗proq  oddiy  SIP-telefon  hisoblangan  xizmatlarni  taqdim 
etish  uchun  oddiyliklarni  qo‗llashi  talab  qilinadi.  Bundan  tashqari, 
boshqachasiga  SIP  orqali  qo‗llanmaydigan,    funksiyalarni  ochiqligini 
ta‘minlash  uchun  OKS  №7  ma‘lumotlari  shlyuzlarida  -  OKS  №7  va 
SIPlarning o‗zaro  bog‗lanish nuqtalarida  mavjud bo‗lishi  mumkin.  Iloji 


 
 
 
 
boricha OKS № 7 ma‘lumotlari SIP tarmog‗ida boshqa tomonda UFTf-
IP  interfeys  orqali  to‗liq  va  qandaydir  yo‗qotishlarsiz  mumkin  bo‗lishi 
kerak.  Ayrim  cheklashlar  tarmoqlar  orqali  ma‘lum  bir  ma‘lumotlarni 
uzatish  uchun  o‗z  OKS  №7  parametrlarini  ishlatishi  tufayli  vujudga 
keladi. 
SIP  telefon  tarmog‗ining  boshqa  muhim  xarakteristikasi  SIP 
so‗rovlarini  marshrutlashtirishligi  hisoblanadi.  Bu  telefon  chaqiriqini 
o‗rnatadigan  SIP  so‗rovi  o‗z  sarlavhasida  uning  SIP  tarmog‗i  orqali 
yuborilishi,  joyiga  proksi-serverlar  tomonidan  marshrutlashtirilishi 
uchun  etarli  bo‗lgan  ma‘lumotlarga  ega  bo‗lishi  kerak.  Odatda  bu 
chaqiriladigan 
nomer 
kabi 
chaqiruv 
parametrlari 
OKS 
№7 
signalizatsiyadan  SIP  so‗rovlarga  o‗tkazilishi  kerakligiga  olib  keladi. 
SIP  tarmog‗idagi  marshrutlashtirishga  navbati  bilan  TRIP  yoki  ENUM 
kabi mexanizmlar ta‘sir etishi mumkin. 
SIP-T  (SIP  for  Telephones)  protokoli  an‘anaviy  telefon 
signalizatsiyasi 
ma‘lumotlarini 
SIP 
protokoli 
xabarlariga 
inkapsulyasiyalashni ta‘minlaydi 4.2-jadval).  
 
4.2-jadval.  
UfTf-IP tarmoqlarining o‗zaro bog‗lanishi bo‗yicha talablarni 
bajarilishiga imkon beradigan SIP protokolining xossalari  
 
OKS № 7 - SIP o‗zaro bog‗lanishga 
talablar  
SIP-T funksiyalari 
ISUP signalizatsiya uchun ochiqlik 
ISUP xabarlarini SIP tanasiga 
inkapsulyasiyalash  
ISUP ga bog‗liq ravishda SIP 
xabarlarining marshrutlashtirishligi 
ISUP ma‘lumotlarini  SIP 
sarlavhasiga translyasiyalash 
ISUP signalizatsiya «mid-call» 
xabarlarini uzatish 
 «mid-call» signalizatsiya uchun 
INFO usulining ishlatilishi 
(«midcall»-bog‗lanish 
o‗rnatilishidagi signalli 
ma‘lumotlar) 
 
SIP-T  inkapsulyasiya  (encapsulation)  va  translyasiya  (translation) 
texnologiyalari  yordamida  SIP  telefon  tarmog‗i  xarakteristikalarini 
saqlab  turadi.  SIP-ISUP  shlyuzda  OKS  №7  tarmog‗i  ISUP 
nimtizimining  xabarlari  xizmatlar  uchun  talab  qilinadigan  ma‘lumotlar 
SIP  so‗rovdan  tashlab  yuborilmasligi  uchun  SIP  protokoli  xabarlariga 
inkapsulyasiyalanadi.  Bundan  tashqari,  SIP  so‗rovlari  uchun 
marshrutlashtirish  masalalarini  echilishini  ta‘minlaydigan  vositachilar  - 


 
 
 
 
proksi-serverlar  ISUP  protokollarini  qo‗llamaydi.  Shuning  uchun  ISUP 
xabarlardan  bir  qancha  kritik  ma‘lumotlar  SIP  mos  sarlavhalariga  SIP 
protokolining so‗rovi qanday marshrutlashtirilishini o‗rnatish maqsadida 
translyasiyalanadi. 
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish