Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

 
3.5. PON texnologiyasi 
 
 Abonentlar  sonini  oshishi  bilan  birgalikda  uzluksiz  oshayotgan 
turli  talablarga  ega  bo‗lgan  abonentlar  uchun  multiservisli  tarmoqlarni 
qurishda optimal  echimni izlash, FSAN (Full Services Access  Network 
group)  konsorsiumini  yaratishga  olib  keldi.  FSAN  tashabbuskori  va 
qatnashchilari 
yirik 
aloqa 
operatorlari 
va 
telekommunikatsiya 
qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bo‗lib qoldi.  
FSAN  konsorsiumi  1995  yilda  yaratilgan,  2001  yilda  esa  EFMA 
(Ethernet in the First Mile Alliance) birlashmasi paydo bo‗ldi. Bu ikkala 
tashkilotning asosiy vazifasi passiv optik tarmoq (PON, Passive Optical 
Networking)  texnologiyalarining  yangisini  rivojlantirishdan  iborat.  
Buning ma‘nosi quyidagicha: optik liniya yakuni (OLT) va optik tarmoq 
yakuni (ONT) orasida daraxtsimon tuzilishda passiv optik tarmoq tashkil 
etishdan  iborat.  ―Daraxt‖  uzellarida  pasiv  optik  tarmoqlagichlar 
(splitterlar) o‗rnatiladi.  


 
 
 
 
FSAN,  ATM  transporti  yacheykalari  bazasiga  asoslangan  PON 
texnologiyasi  uchun  standartlar  ishlab  chiqarish  bilan  shug‗ullanadi. 
EFMA,  EPON  (Ethernet  PON)  texnologiyasini  standartlashtirish 
bo‗yicha  ishlar  olib  boradi.  Hozirgi  kunda  bu  standartlar  juda  aktual 
hisoblanadi,  chunki    10  Gbit/s  gacha  zich  tezlikli  standartlar  paydo 
bo‗lmoqda.  Shuningdek  juda  muxim  Full  Duplex  Ethernet  IEEE  802.3 
standart  paydo  bo‗ldi.  Bu  standart  aytib  bo‗lmaydigan  darajada 
kechikish  muammolarini hal qilish va  multiservisli xizmatlarning yangi 
imkoniyatlarini tashkillashtirishni engillashtiradi. 
Bugungi  kunda  Ethernet  keng  tarqalgan.  Aytishlaricha,  dunyoda 
ekspluatatsiya qilinayotgan lokal tarmoqlarning 95 %, 320 mln dan ortiq 
portlar soniga ega va ular Ethernet standartini qo‗llaydi.  
Hozirgi vaqtda Ethernet texnologiyasi, axborotlarni uzatish tezligi 
nuqtai  nazaridan  bo‗lgani  kabi  shiddatli  rivojlanish  va  yangi 
interfeyslarni  standartlashtirish  nuqtai  nazaridan  ham  afzalliklarga  ega.  
Ethernet  tarmoqlari  xizmat  ko‗rsatishda  va  boshqarishda  sodda,  narxi 
past va ancha keng tarqalgan texnologiyalardan hisoblanadi.   
1998 
yil 
oktyabrida 
XEAI-T 
G.983.1 
(ATM 
transport 
yacheykalariga asoslangan PON) tavsiyasi paydo bo‗ldi va u APON deb 
nomlandi.  APON  tarmog‗i  bo‗ylab  uzatish  tezligi  622  Mbit/s  gacha. 
2001  yil  martda  quyidagi  G.983.3  tavsiya  chiqdi,  bu  tavsiya 
kengaytirilgan  imkoniyatlarga  ega  bo‗lgan  PONni  standartlashtirdi  va 
unga BPON (Broadband PON) nomini berishdi.  
PON texnologiyasi yangi funksiyalar bilan to‗ldirildi [3]: 

  ovoz,  video,  ma‘lumotlarni  uzatish  imkoni  tug‗ildi;  ishlab 
chiqaruvchilar magistral tarmoqqa ulanish uchun OLT qurilmasiga 
va abonent tomonga ulanish uchun ONT qurilmasiga mos keluvchi 
interfeyslarni qo‗shishdi; 

  spektral diapazonni kengaytirish imkoni mavjud; 

  bir  daraxt  sharoitida  boshqa  to‗lqin  uzunliklarida  qo‗shimcha 
xizmatlarning mavjudligi masalan uchunchi to‗lqin uzunligida keng 
eshittirishli televidenie. 
APON/BPON,  xar  xil  turdagi  ilovalar  va  ONT  orasida 
o‗tkazuvchanlik  polasasini  dinamik  taqsimlashi  DBA  (Dynamic 
Bandwidth  Allocation)  mumkin  va  keng  polasali  kabi  tor  polasali 
xizmatlarni ham taqdim etadi. 
APON/BPON quyidagi  interfeyslarni qo‗llab-quvvatlaydi: 

  magistral uchun — SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast 
Ethernet, Gigabit Ethernet, video(SDI PAL); 


 
 
 
 

  abonent uchun — El (G.703), Ethernet 10/100Base-TX, telefoniya 
(FXS). 
EPON  texnologiyasining  (APON/BPONlar  bilan  solishtirganda) 
asosiy  xususiyati  shundan  iboratki,  EPON  daraxti  ichida  fragmentsiz 
(yacheykalarga yoki freymga ajratishsiz) Ethernet kadrlari uzatiladi.  
EPON arxitekturasi, foydalanuvchigacha (uygacha, xonadongacha, 
ofisgacha)  bevosita  optik  tolali  kanalni  tashkillashtirish  masalasini 
echish  imkonini  beradi.    Mazkur  texnologiya  IP  protokollari  uchun 
maksimal optimallashtirilgan va Internetga ulanish uchun uncha qimmat 
bo‗lmagan  keng  polasali  transportni  tashkillashtirishda  yaxshi  echim 
hisoblanadi  (3.11-rasm).  
Oldin  aytib  o‗tganimizdek  EPON  texnologiyasining  muhim 
xususiyati,  Ethernet  kadri  fragmentining  mavjud  emasligidadir.  Bu 
kanalni o‗tkazuvchanlik polasasini oshiradi.  
Agar operator IP protokoli bazasida tarmoqni qurish masalasini hal 
etgan  bo‗lsa,  bunday  tarmoqni  EPON  texnologiyasi  asosida  qurish 
―oxirgi mil‖ masalasini hal qiladi. 
 
 
3.11-rasm. EPON texnologiyasini qo‗llash 
Hozirgi  paytda  IP  EPON  protokoliga  o‗tishda    buni  progressiv 
texnologiya  deyish  mumkin.  EPONni  quyidagi  yaxshi  tomonlarini 
ajratish mumkin:  


 
 
 
 

 
kanal bo‗ylab dastlabki  Ethernet-paketlari uzatiladi; 

 
sodda va uncha qimmat bo‗lmagan boshqaruvni ta‘minlaydi; 

  Ethernet-kommutatsiyalashda  ma‘lum  bir  afzalliklarga  ega,  
masalan  IP  protokollari  bilan  to‗liq  moslashadi,  TLS,  Broadcast, 
Multicast,  IGMR  funksiyalarini  qo‗llab-quvvalaydi,  IPTV  ni 
qo‗llab-quvvatlash  yaxshi  tashkil  etilgan  ayniqsa  masshtabli  
installyasiyada. 
Shunday  qilib,  EPON  uncha  qimmat  bo‗lmagan  Ethernet 
qurilmasini va optik tolali infrastrukturani birlashtiradi, bu esa kelajakda 
NGN transport tarmoqlarini qurishda muhim hisoblanadi.  
GPON  texnologisini  APON/BPON  texnologiyalarini  organik 
rivojlanishi  kabi  qarash  mumkin.  XEAI-Nning  G.984.3  tavsiyasi 
bo‗yicha GPON standarti 2003 yil oktyabrda qabul qilingan. GPON, 2,5 
Gbit/s  gacha  tezlikda  moslashuvchan  kadrlar  strukturasini  qo‗llaydi. 
PON daraxti qo‗llaniladigan qurilmada bir xil va turli tezlikli to‗g‗ri va 
teskari  oqimni  qo‗llash  mumkin.  GPON  XEAI-T  ning  G.704.1  GFP 
(Generic  Framing  Protocol,  kadrlarning  umumiy  protokoli)  standartiga 
asoslangan. U sinxron transportning har xil turdagi xizmatlar protokolini 
(TDM bilan birga) uzatish imkonini beradi.  
GPONning  kamchiligiga,  ko‗p  satxli  tizimning  va  boshqarishning  
murakkabligini  aytish  mumkin.  Bu    EPON  bilan  solishtirganda  ancha 
qimmatga tushadi. 
PON texnologiyasining afzalligi:. 

  optik  tolalarni  etarli  darajada  tejash  va  shunga  mos  holda 
xarajatlarning kamayishi; 

  optik tolalardan samarali foydalanish; 

  yangi abonentlarni tez va oson ulash; 

  100 Mbit/s  va undan yuqori tezlikda Internetga ulanish; 

  uydagi kompyuterlarni Internetga ulashda xarajatlarning kamligi. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish