Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

Qurilmalar  konvergensiyasi  deganda,  yagona  tarmoq  servis 
turlariga  va  ulanish  namunalariga  bog‗liq  holda  turli  terminal 
qurilmalarni qo‗llab quvvatlashni amalga oshirish tushiniladi. 
Oxirgi 
o‗n 
yillikda 
elektron 
texnikaning 
yutuqlari 
telekommunikatsiya sohasida shov- shuvlarga olib keldi.1980 yillarning 
o‗rtalarida  statistik  holatdagi  aloqa,  hozirgi  kunda,  operatorlarga  ancha 
foyda olib keladigan shiddat bilan rivojlanayotgan sohaga aylandi. 


 
 
 
 
Foydalanuvchilar  bundan  15  yil  avval  hayoliga  ham  kelmagan 
xizmatlarga  ulanish  imkoniga  ega  bo‗lishdi.  E-mail,  Internet,  sotali 
telefon kundalik hayotning odatdagi bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda 
foydalanuvchilarga  faqat  uy  telefonlari  orqali  gaplashish  etarli  emas. 
Ular  ko‗chada,  poezdda,  kemada,  xullas  dunyoning  har  qanday 
burchagidagi    do‗stlariga  yoki  hamkasblariga  qo‗ng‗iroq  qilishni 
hoxlaydi. Buning uchun operatorda turli tarmoqlarga tegishli bo‗lgan bir 
nechta  turdagi  qurilmalar  etishmaydi.  Fan  va  texnikaning  yutuqlaridan 
qat‘iy nazar birorta aloqa operatori agar iqtisodiy nuqtai nazardan foyda 
keltirmasa    yangi  qurilma  o‗rnatmaydi  yoki  yangi  xizmatlarni 
kiritmaydi. Shuning uchun aloqa tarmoqlari operatorlarini,  yangi foyda 
olish  ehtiyoji,  ularni  qanday  qilib  tez  va  arzon  yangi  xizmat  turlarini 
yaratish  mumkinligi,  qanday  qilib  yangi  abonentlarni  jalb  qilishi 
mumkinligi,  qurilmalarni  ishlab  chiqaruvchilarga  bog‗liq  bo‗lmasligi, 
raqobatbardosh  bo‗lishi  yangi  tarmoqni  yaratishda    bosh  qotirishga 
majbur qiladi. 
Yangi  avlod  tarmoqlari  (NGN),  asta-sekinlik  bilan  aloqa 
tarmoqlarining 
bazaviy 
texnologiyalariga 
aylangan 
holda 
telekommunikatsiya 
infrastrukturasiga 
yo‗l 
ochadi. 
Paktli 
kommutatsiyaga  ega  bo‗lgan  tarmoqlar  mos  keluvchi  apparatlarni 
qo‗llab  quvvatlasa,  yagona  konsepsiyani,  konvergent  muhitni  qo‗llab 
raqamli ma‘lumotlardan tortib ovozli telefoniya, televideniya va shunga 
o‗xshagan multimediali trafiklarni uzatish qobiliyatiga ega. 
Kanallar  kommutatsiyasiga  asoslangan,  vaqtli  multipleksorlash 
(TDM)ga ega bo‗lgan odatdagi tarmoqlardan NGN tarmoqlarining farqi, 
multimediali trafiklarni (ovoz, ma‘lumot, video va shunga o‗xshaganlar) 
uzatish imkonini beruvchi paketli kommutatsiyaga ega.  
Paketli kommutatsiyaga ega bo‗lgan tarmoqlarga o‗tishning birinchi 
harakati,  2001  yilning  oxirlari  21  asrning  boshlarida  GFP  (Generic 
Framing 
Procedure, 
ITU-T 
G.7041/Y.1303 
tavsiyasi 
asosida) 
texnologiyasi yaratilgandan keyin boshlangan.  
Mazkur  texnologiya,  PDHning  E1  (2048  Mbit/s)  oqimlari  uchun 
mo‗ljallangan  va  sinxron  raqamli  ierarxiya    (SDH)ga  ega  bo‗lgan 
transport  tarmoqlari  orqali  uzatishga  mo‗ljallangan  paketli  trafiklarni 
VC-12 virtual konteynerlariga samarali joylashtirish imkonini beradi.  
GFP  protokoli,  2  Mbit/s  dan  100  Mbit/s  gacha  o‗tkazuvchanlik 
polasasini  moslashgan  holda  sozlash  imkoni  bilan  farqlanadi.  SHundan 
ozgina  keyin,  GFP  va  LCAS  protokollari  bazasi  asosida,  SDH 


 
 
 
 
tarmoqlari  orqali    Gigabit  Ethernet  trafiklarini  uzatishdan  foydalanila 
boshlandi. 
Gigobit  oqimlar,  sinxron  raqamli  ierarxiyaga  ega  bo‗lgan 
tarmoqlarning 
asosiy 
modul 
yuklamasi 
hisoblangan 
VC-4 
konteynerlariga qobiqlandi.  
GFP, LCAS va (VCAT) virtual konteynerlarning ulanishini amalga 
oshiradigan 
protokollarni 
qo‗llab-quvvatlovchi 
SDH 
tizimlari 
multiservisli  transport  platformasi  (Multy  Service  Transport  Platform) 
yoki  keyingi  avlod  SDH  (Next  Generation  SDH  –  NG  SDH)  nomini 
oldi.  
Metro  Ethernet  texnologiyasining  faol  rivojlanishi,  Ethernet  
paketlarini  optik  tolali  aloqa  liniyalari  orqali  bevosita  uzatgan  holda 
paketli  trafiklarni  SDH  konteynerlariga  o‗zgartirishdan  xalos  bo‗lish 
imkonini berdi.  
Yangi avlodning aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida, har 
qanday  turdagi  ma‘lumotlarni:    nutq,  video,  audio,  grafika  va  shunga 
o‗xshaganlarni tashish imkonini beruvchi universal tarmoqlarni yaratish, 
shuningdek 
chegaralanmagan 
spektrdagi 
infokommunikatsiya 
xizmatlarini taqdim etish imkonini ta‘minlash haqidagi g‗oya yotadi. 
NGN 
konsepsiyasining 
bazaviy 
tamoyili, 
ko‗chirish  va 
kommutatsiyalash,  chaqiriqlarni  boshqarish  va  xizmatlarni  boshqarish 
funksiyalarini  bir-biridan ajratish hisoblanadi.  
Keyingi  avlod  tarmoqlari  mavjud  aloqa  tarmoqlari  (TfUF, 
ma‘lumotlarni uzatish tarmog‗i, harakatdagi aloqa tarmog‗i)ni potensial 
birlashtirishi    va  quyidagi  tavsiflarga:  ajratilgan  boshqarish  va 
ma‘lumotlarni  ko‗chirish  funksiyali,  paketlarni  kommutatsiyalash 
bazasiga  ega  bo‗lgan  tarmoqlarga  (bunday  tarmoqlarda  xizmat 
funksiyasi  va  ilovalar  tarmoq  funksiyasidan  ajratilgan),  ochiq 
interfeyslarga ega bo‗lgan komponent tuzilishli tarmoqqa, real vaqtdagi 
xizmatlar  va  ma‘lumotlarni  etkazish  xizmatlari  (elektron  pochta)  bilan 
birgalikda  keng  spektrdagi  xizmatlarni  qo‗llab-quvvatlovchi  tarmoqga  
(shu jumladan multimediali xizmatlarni ham), elektr aloqaning odatdagi 
tarmoqlari  bilan  o‗zaro  bog‗lanishni  ta‘minlovchi  tarmoqqa,  umumiy 
mobillikga  ega  bo‗lgan  tarmoqqa  ya‘ni  bitta  alohida  abonent 
foydalanishi,  kirish  texnologiyalariga  va  qo‗llaniladigan  terminalga 
bog‗liq  bo‗lmagan  holda  xizmatlarni  boshqarishi  va    abonentga  erkin 
tanlangan  xizmatlarni  taqdim  etish  imkonini  beruvchi    tarmoqga  ega 
bo‗lishi lozim.  


 
 
 
 
 
Keyingi avlod konsepsiyasi asosida qurilgan elektr aloqa tarmog‗i, 
odatdagi  elektr  aloqa  tarmoqlariga  nisbatan  quyidagicha  afzalliklarga 
ega: 
 
operator  uchun:  turli  xizmatlarni  etkazish  uchun  bitta  universal 
tarmoqni  qurish;  abonentga  taqdim  etilgan  qo‗shimcha  multimediali 
xizmatlar hisobiga o‗rtacha daromadni oshirish; operator, har xil turdagi 
trafiklar  integratsiyasi  uchun  va  turli  xizmatlarni  etkazishi  uchun 
o‗tkazuvchanlik  polasasidan  optimal  foydalanishi  mumkin;  keyingi 
avlod 
tarmoqlari 
takomillashtirish 
va 
kengaytirishga 
juda 
muvofiqlashgan;  keyingi  avlod  tarmoqlari  oson  boshqarish  va 
ekspluatatsiya  qilish  xususiyatiga  ega;  keyingi  avlod  tarmoqlari 
operatorlari, uzatiladigan ma‘lumot hajmi va uni uzatish sifatiga bo‗lgan 
turli  talabli  yangi  xizmatlarni  va  ilovalarni  takomillashtirish  imkoniga 
ega;  
 
foydalanuvchi  uchun:  elektr  aloqa  xizmatlarini  qo‗llashni 
texnologiyalardan  mavxumlashtirish  (qora  quti  tamoili);  zarur  bo‗lgan 
to‗plam,  xajm  va  xizmat  sifatini  moslashgan  holda  olish;  olinadigan 
xizmatlarning mobilligi. 
 
Keyingi avlod tarmoqlari qurishdan yana bir asosiy maqsad, oldin 
aytib o‗tganimizdek taqdim etiladigan xizmatlar spektrining kengligidir.  

 
telefon  aloqasiga  xizmat  ko‗rsatish  (mahalliy  telefon  ulanishini, 
shaharlararo telefon ulanishini, xalqaro telefon ulanishlarini taqdim 
etish); 

 
ma‘lumotlarni  uzatishga  xizmat  ko‗rsatish  (ma‘lumotlarni 
uzatishning  ajratilgan  kanallarini,  Internet  tarmog‗iga  doimiy  va 
ulanishli 
kirish, 
ma‘lumotlarni  uzatishda  virtual  xususiy 
tarmoqlarni taqdim etish); 

 
telematik  xizmatlar  (elektron  pochta,  ovozli  pochta,  axborot 
resurslariga 
kirish, 
IP-protokoli 
bo‗yicha 
telefoniya, 
audiokonferensiya va videokonferensiya); 

 
harakatdagi elektr aloqa xizmati; 

 
ma‘lumotlarni ta‘minlovchi xizmat: talab bo‗yicha video va audio, 
interaktiv yangiliklar, elektron supermarket, masofadan ta‘lim. 
Shunday  qilib,  keyingi  avlod  tarmoqlari  mavjud  tarmoqlar  kabi 
yangi  yakunlovchi  (oxirgi)  qurilmalarni  ham,  analog  telefon 
apparatlari, faksimil apparatlar, SSIS (integratsiyalangan xizmatlarga 
ega  bo‗lgan  raqamli  tarmoq)  qurilmalari,  turli  standartdagi  qo‗l 
telefonlari, IP-protokol bo‗yicha (SIP i H.323) telefoniya terminallari, 
kabelli modemlarni va boshqalarni ham qo‗llab quvvatlaydi. 


 
 
 
 
 
Keyingi  avlod  tarmoqlarining  xizmatlari,  turli  kodlash  va  uzatish 
usullarini qo‗llaydi va o‗ziga: ko‗p manzilli va keng polasali xabarlarni 
uzatish,  kechikishga  sezuvchan  va  sezuvchan  bo‗lmagan  trafiklarni 
uzatish,  odatdagi  ma‘lumotlarni  uzatish  xizmatlari,  real  vaqt 
masshtabidagi xizmatlar, dialog xizmatlarni birlashtiradi. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish