2. KEYINGI AVLODNING KONVERGENT
TARMOQLARINI QURILISH TAMOYILLARI
2.1.Keyingi avlod konvergent tarmoqlar xaqida tushuncha
Umumiy holatda konvergensiya, o‗xshash sharoitda ishlash
natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha bo‗lgan ob‘ektlarning
belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyusion tushuncha kabi
aniqlanadi. Ya‘ni konvergensiya, texnologiyalarning o‗zaro kirib borish
natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu ma‘noda
konvergensiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.
Aloqa tarmoqlarining konvergensiyasi uchta aspektda qarab
chiqiladi:
tarmoq konvergensiyasi;
xizmatlar konvergensiyasi;
qurilmalar konvergensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |