Tarmoq konvergensiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent
xizmatlarni taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qo‗llashni taqazo
etadi; ya‘ni bitta tarmoq, yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd
qilingan trafiklarni uzatishni qo‗llab quvvatlovchi juda ko‗p servislarni
ta‘minlaydi. Bunga, NGN konsepsiyasi asosidagi yagona transport
tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
Yangi
avlod
tarmoqlarining
arxitekturasi,
xizmatlar
konvergensiyasini qo‗llash doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan
ajratilgan bo‗lishini qarab chiqadi. Qayd qilingan va mobil kanallar
bo‗yicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha servislarga
ulanish imkoniga ega bo‗ladi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, aloqa
tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qo‗llaydigan har qanday
terminal (telefon, smartfon, SHK, noutbuk)dan, foydalanuvchining
joyiga bog‗liq bo‗lmagan holda ulanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |