TAYANCh IBORALAR
1. Bog’in-fonema.
2. Somiy tillar.
3. Somiyshunoslik.
4. Interdentallik.
24
5. Tovushlar oppozitsiyasi.
6. Emfatiklik oppozitsiyasi.
7. Eksplozivlik oppozitsiyasi.
8. Tarqalish doirasi.
9. Jarangli-jarangsizlik oppozitsiyasi.
ADABIYOTLAR
1. Grande B.M. Slogofonema v semitskih yaz’kah. Semitskie yaz’ki, V’p.2,
Moskva, 1965,
2. Vilenchik YA.S., Arabskie gortann’e, ZIV, T.5, 1930, str.35-40.
25
TOVUShLARNING O’ZARO TA’SIRI. TO’LIQ VA JUZ’IY
ASSIMILYASIYA
REJA
1.
Tovush o’zgarishi haqida.
2.
To’liq assimilyatsiya.
3.
Juz’iy assimilyatsiya.
4.
Regressiv assimilyatsiya.
5.
Kontakt va distakt assismilyatsiya.
Tildagi tovushlar, jumladan, undosh tovushlar turli o’zgarishlarga uchrashi
mumkin. Eng ko’p uchraydigan tovush o’zgarishi assimilyatsiyadir. Assimilyatsiya
to’liq va to’liqsiz bo’lishi mumkin.
To’liq assimilyatsiya bir tovush ikkinchi tovushga ta’sir qilib uni aynan o’ziga
o’hshatib qo’yishidir. Masalan, arab tilida l tovushi n ning ta’sirida n ga, s ning
ta’sirida s ga aylanadi.
To’liqsiz assisilyatsiyada esa bir tovush ikkinchi tovushga ta’sir qilib, uni biror
jihatdangina o’ziga o’hshatadi. Masalan, arab tilida itboq s itboq bo’lmagan t ga ta’sir
qilib, uni itboq t ga aylantirishi mumkin. Bunda assimilyatsiya faqat itboqlik jihatdan
bo’ladi.
YAna assimilyatsiya progressiv va regressiv bo’lishi mumkin. Agar oldindagi
tovush keyingi tovushga ta’sir qilsa, uni progressiv assimilyatsiya deb ataydilar. Agar
keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilsa, u regressiv assimilyatsiya deyiladi.
Assimilyatsiya kontakt va distakt bo’lishi mumkin. Agar bir-biriga ta’sir
qiluvchi tovushlar yonma-yon bo’lsa, uni kontakt assimilyatsiya, agar ularning
orasida boshqa tovush bo’lsa, distakt assimilyatsiya deb ataladi.
Arab tilida asosan kontakt regressiv assimilyatsiyaning to’liq va to’liqsiz turlari
uchraydi. Aniqlik artikli al ning l si (
ةيرسمشلا فوررلخا) deb atalgan tiloldi undoshlari oldida
kelganda to’liq regressiv assimilyatsiyaga uchraydi:
26
بعتلا
بلعثلا
لوخدلا
بهذلا
سأرلا
تيزلا
ءامسلا
فرشلا
برصلا
برضلا
بلاطلا
لماظلا
دقنلا
at-ta’abu (charchash
at-ta’labu (tulki)
ad-duhu:lu (kirish)
at-tahabu (oltin)
ar-ra’su (bosh)
az-zaitu (moy, yoq)
as-sama:’u (osmon)
as-sarafu (sharaf)
as-sabru (chidam)
ad-darbu (urish)
at-ta:libu (tolib)
az-za:limu (zolim)
an-naqdu (pul)
Yana ko’makchilardan n tovushi ham to’liq regressiv assimilyatsiyaga uchraydi:
لاإ=لا+نإ
امم=ام+نم
لاأ=لا+نأ
illa (yog’sa)
mimma (nimadandir)
alla (-ki, yog’)
To’liqsiz progressiv assimilyatsiya arab tilida itboqlik jihatdan bo’lishi
mumkin, sakkizinchi bobning infeksi t ga aylanadi. Masalan,
لرص o’zagidan حلاترصا
emas,
حلاطصلا bo’ladi; ررض o’zagidan راترضا emas, رارطضا bo’ladi va hokazo.
Fonetik hodisalardan yana biri o’tish hodisasi bo’lib, bu bir tovushning ikkinchi
tovushga aylanishidir. Boshqa tillardagi kabi arab tilida ham o’zlashma so’zlar bor.
Ma’lumki bir tilning o’ziga hos fonemalari boshqa tilga o’zlashma so’zlar tarkibida
o’tganda ular o’zlashtiruvchi tilning fonetik qonunlariga bo’ysunadi. Arab tiliga hos
bo’lmagan fonemalar quyidagi o’zgarishlarga uchraydi:
p fonemasi arab tilida
ب yoki ف ga o’tadi:
Papa (diniy unvon) -
اباب Po’lat - ذلاوف
Panama -
اماناب
v fonemasi arab tilida
ف ga o’tadi:
viza -
ازيف Vatikan - ناكيتاف vazelin - ينلزاف
27
g fonemasi
ج yoki غ ga o’tadi:
gavhar -
رهوج Go’rgon - ناجرج gaz - زاج زاغ
Demak, arab tilining tovush o’zgarishi doirasida o’ziga hos xususiyatlari,
birinchidan, ba’zi hususitlarning arab tilida borligi va ikkinchidan, ba’zi
xususiyatlarning unda yog’ligi bilan belgilanadi.
SAVOLLAR
1. Assimilyatsiya nima?
2. To’liq assimilyatsiya nima?
3. Assimilyatsiyaning yana qanday turlarini bilasiz?
4. Arab tilida asosan qanday assimilyatsiya uchraydi?
5. Aniqlik artikli qo’shilgan so’zlarda qanday assimilyatsiya sodir bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |