Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


Maxsus ta’lim jarayonida  pedagogik texnologiyalar  samarasi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

6.3.Maxsus ta’lim jarayonida  pedagogik texnologiyalar  samarasi 
Pedagogik texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuv 
(innovatsiya)dan  iborat  bo‘lib,  o‘yin  usullarini  ta’lim  tizimi,  dars  jarayonida 
tatbiq  etilishi  muhim  va  samarali    natija    beradi.      Yangi    pedagogik  
texnologiyalarni   maxsus  maktab ta’lim  tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli 
usullardan  foydalanish,  o‘zining  samarasini  bermokda.  Zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalar hozirgi kunda maxsus maktab uchun o‘quv jarayonining   zaruriy   
va      asosiy      komponentiga      aylanib      bormoqda.      Chunki      pedagogik    
texnologiya  o‘qitishga  o‘ziga  xos  yangicha  yondashuvdan  iborat  bo‘lib,  o‘yin 
yangicha,  ilg‘or,  shu  bilan  birga  samarador  usullarini  ta’lim  tizimiga  dars 
jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  og‘zaki  nutg‘ini  muloqat  quroli 
sifatida  shakllantirishdan  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalaridan  foydalanish 
zarurati  interaktiv  usullarning  samaradorligini,  kerakli  bilim  va  ko‘nikmalar 
egallashda ahamiyatli ekanini dalillamokda
63
.                               
Ta’limni  motivlash  o‘quv  faoliyatini  tashkil  qilishda  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  U  tafakkur  faollashishiga,  tanqidiy  mushoxada  qilishga,  nutqning 
rivojlanishiga, u  yoki  bu  vazifani  bajarishga  qiziqish  uyg‘otadi.  Rivojlanishida 
nuqsoni  bo‘lgan    bolalarning  qiziqish  va  qobiliyatlarini  faollashtirish,  ularning 
yangi  materialni  o‘rganishga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondirishda  maqsadga 
erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir. 
Hozirgi vaqtda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan  bolalarning nutqini o‘zaro 
muloqotlar  orqali  rivojlantirishda  shaxsiy  munosabatlarni  hisobga  olgan  holda 
o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  guruhi  (o‘qituvchi-o‘quvchi,  o‘quvchi-o‘quvchi) 
faoliyat  ko‘rsatishlari  zarurligi  ma’lum.  Chunki  guruhdagi  faoliyatlar  o‘quvchi 
shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan  
bolalarda  fikr  almashish  va  so‘zlashuv  malakasini  shakllantirishga  imkon 
                                                           
63
 
M. Marschark,  Harry G.Lang, John Albertini - Educating deaf students - Oxford University  
Press, 2006, 83p
 


123 
 
yaratadi. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan    bolalar  shaxsiy  sifatlari  shakllanishida, 
nutqiy  rivojlanishni  va  nutqiy  muloqotni  amalga  oshirishda  interfaol 
o‘yinlarning  ahamiyati  katta.  Ma’lumki,  rolli  o‘yinlar  ob’ektiv  olamdagi  inson 
amaliy  faoliyatini  shartli  ravishda  aks  ettirishda,  ta’lim  samaradorligini 
oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Rollarga  asoslangan  o‘yinlar 
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan  bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. 
O‘yin  o‘quvchilarning  tabiiy  va  sevimli  faoliyatidir.  Shuning  uchun  ta’lim-
tarbiya  berish,  ularni      amaliyotda  qo‘llash  ko‘nikmalarini  hosil  qilishda 
mashg‘ulotlarni  yosh    hususiyatlariga      muvofiq    o‘yin      tariqasida   
uyushtirishga      e’tibor    berilmokda.  Haqiqatan  ham,  bola  har  kanday 
mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi. 
Rollarga  asoslangan  o‘yin  ta’lim  usuli  sifatida  o‘quvchilarni  uyushtiradi 
va bilim imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli  o‘yinlar    
bolaning    erkin    fikrlashi, suhbatdoshiga     nimanidir     aytishi,     so‘rashi,     
isbot          qilishi,  tushuntirishiga  imkoniyat  yaratadi.  Dialogdan  farkli  ravishda, 
rolli  o‘yinlar  nimaga  (motiv)  va  nima  uchun  (maqsad,  sabab)  kabi  savollarga 
javob  beradi.  Shunday  qilib,  o‘yinda  qatnashayotgan  o‘quvchilarning  asosiy   
diqqatini      suhbat      mazmuniga      qaratadi.      O‘quvchilar      o‘yin  jarayonida 
suhbatni  boshlash,  suhbatdoshi  nutqini  labidan,  imo-ishoralaridan  o‘qish, 
savollar berish, savollarga javob berish kabi malakalarni egallaydilar. 
O‘quvchilar      o‘yinni      aniq    maqsadga    yo‘naltirgan    holda      amalga 
oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin. 
Rolli  o‘yin  o‘quvchilar  guruhi  tomonidan  qiziqib  qabul  qilingan,  ularga 
tanish bo‘lishi  kerak.  Oldindan  har  bir obrazni  izohlab berish lozim.  O‘quvchi 
o‘yin jarayonida ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh 
rolda emas. Chunki bu holda rolli -o‘yin ta’limning an’anaviy usullaridan biriga 
aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘yin jarayonida emas, 
balki  undan  keyin  muhokama  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Bolalar  nutqini 
rivojlantirish 
davomida 
mustaqil 
fikrlashga, 
izlanuvchanlikka 
va  


124 
 
umumlashtirishga  undovchi  usullarni  qo‘llash  muhim  ahamiyatga  ega. 
O‘quvchilarni          yangi          material          bilan          tanishtirishda,          oldin 
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z boyligini  oshirish  va 
tafakkurini  rivojlantirishda  didaktik    o‘yinlardan  foydalanish        mumkin.    
O‘quvchilarga        individual        yondoshib,        mos  topshiriq  berish  ularning 
qobiliyatini o‘stirishni ta’minlaydi. O‘quvchilar   diqqatini   topshiriqning   eng   
muhim      va      murakkabroq  jihatlariga  qaratish,  ularni  belgilariga  qiziqishlarini 
oshirish  joiz.      Bu    ulardagi    ijodkorlik    hususiyatlarini    rivojlantiradi.  
Ta’kidlash joizki, soddalik, bir xillik, hoxishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, 
befarq  qilib  qo‘yadi.  Uyin  davomida  «Kim  tez    bajaradi?»  -  deb  faolliklarini 
oshirish  ularda  qiziqish  uyg‘otadi.  Shuningdek,      topshiriqlarni      bajarishda   
bolalar   g‘olib   chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir 
ekanini ko‘rsatish hissi   bilan harakat qiladilar. 
         Quyida  shu  maqsadga    yo‘naltirilgan      bir    necha    usullarni    keltirib  
o‘tamiz. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  og‘zaki  nutqini  shakllantirish, 
o‘zaro bog‘lik gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish, 
munosabatini  bemalol  bayon  qilishga  o‘rgatish  uchun  R.Djonson,  D.  Djonson 
usuli  uch-to‘rt  o‘quvchining  bir  vazifani  bajarishga  asoslangan  usul-nihoyatda 
samaralidir. 
Masalan,  sinfdagi  bir  o‘quvchi  qura  tanlash  yo‘li  bilan  tanlanadi.  Sinf 
o‘quvchilari  muayyan  qoidaga  ko‘ra  (soniga  ko‘ra,  ihtiyoriga  ko‘ra)  ikkiga 
bo‘linadi,  har  bir  o‘quvchi  bir  bo‘lak  qog‘ozga  ta’rifga  asoslangan  bir  jumla 
yozadi.  Bir  guruh  o‘quvchilari  ijobiy  baho,  ikkinchi  guruh  o‘quvchilari  salbiy 
baho berishadi. Masalan: Nafisa a’lochi  o‘quvchi. Nodira jaxldor o‘quvchi va 
shu kabi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi oqlovchi, qoralovchi vazifasida chiqadi. 
Har  ikki  guruh  o‘quvchilari  raqib  guruhga  xos  fikrining  aksini  isbotlashga 
urinadilar.                                                                
O‘qituvchi  o‘quvchilarga  topshiriq  mohiyatini  tushuntirishda  og‘zaki-
daktil va imo-ishora nutqidan foydalanadi. Agar rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan  


125 
 
o‘quvchi topshiriqni og‘zaki nutq vositasida bayon etishga qiynalsa, imo-ishora 
yoki  daktil  nutqi  vositasida  bayon  etadi,  so‘ng  o‘qituvchi  o‘quvchini  vazifani 
og‘zaki nutq vositasida bajarishga undaydi. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  og‘zaki  nutqini  shakllantirishda 
Sinkveyn  metodini  qo‘llash  samarali  natija  beradi.  Buning  uchun  quyidagi 
sxema beriladi va uni to‘ldirish so‘raladi: 
 
____________________________Mavzu (ot) 
 
____________________________Belgi(sifat)   
                                                   
____________________________Harakat(fe’l)   
 
____________________________ Mavzuga oid jumla 
    
Sxema quyidagi tartibda to‘ldirilishi shart: 
-  muayyan  mavzu  o‘qituvchi  tomonidan  beriladi  yoki  o‘quvchilar  tomonidan 
tanlanadi; 
-    mazkur  mavzuni  xarakterlovchi  ikki  sifat  so‘z  turkumiga  oid  so‘z  tanlash 
taklif etiladi; 
-    mavzu mohiyatini ifodalovchi uchta fe’l topiladi; 
-    mavzuga ta’luqli gap tuziladi; 
 Namuna:                                           
O‘qituvchi 
 
aqilli, mehribon, 
 
o‘qitmoq, o‘rgatmok, tarbiyalamoq 
 
O‘qituvchilaringizni xurmat qiling. 


126 
 
 
Ushbu usul  maxsus maktab  o‘quvchilarini  mustaqil ijodiy  ishlashga, o‘z 
fikrlarini  erkin  bayon  qilishga  undaydi  hamda  og‘zaki,  yozma  nutqini 
rivojlantiradi. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  so‘zlashuv  nutqini  rivojlantirishi 
jarayonida  quyidagi  usul  ijobiy  natija  beradi:  «1»  dan  «10»  gacha  raqam 
yozilgan  qog‘oz  bo‘laklari  o‘qituvchi  stoliga  qo‘yiladi  yoki  qo‘lida  bo‘ladi. 
O‘qituvchi  o‘quvchilariga  «omadini  sinab  ko‘rishini  taklif  etadi.  Qaysi 
o‘quvchiga necha rakami chiqsa, shunga sodda gap tuzish kerak. Muhimi, ikki 
va  undan  katta  raqam  chiqqan  bo‘lsa,  mazmunan  o‘zaro  bog‘lik  matn  tuzish 
kerak.  Mavzu  erkin.  O‘quvchilar  tomonidan  tuzilgan  gaplar  tashigan  ma’no 
xususiyatlari ham aniqlanishi zarur. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  yozma  bog‘langan  nutqini 
rivojlantirish, o‘quvchilarni qiziqtirish va e’tiborini bir nuqtaga jalb etish uchun 
kuyidagi  topshirik  beriladi.  O‘quvchi  yonida  o‘tirgan  sherigiga  o‘z  tilaklarini 
bildirishi  kerak.  Bu  topshiriq  shaklini  biroz  o‘zgartirish  mumkin.  Ota-onasiga, 
boshka  mamlakatda  yashovchi  do‘stiga  maktub  yozish  topshiriladi.  Bunda, 
albatta  xat  matnida  ko‘llangan  gaplarning  mazmuniy  xususiyatlari  aniqlanishi 
lozim bo‘ladi. 
Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  og‘zaki  nutqini  muloqat  quroli 
sifatida shakllantirishda klaster metodi unumli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish 
zarur.  Klaster  metodi  umuman  bir  tushunchaga  oid  turli  tushunchalarni 
birlashtirib  tasavvur  hosil  qilish  imkonini  beradi.  Masalan,  o‘kuvchilarga 
muayyan  tushunchani  berib,  uning  sifatlovchilarini  aniqlash  topshirilishi 
mumkin. «O‘zbekiston qanday davlat?» so‘rog‘i «mustaqil», «boy», «xuquqiy», 
«buyuk», «ilg‘or», «etakchi», «demokratik), «obod» kabi sifatlarni birlashtiradi. 
Bu  so‘zlar,  shuningdek,  tuzilishiga  ko‘ra  ham  guruxlashtirilishi  mumkin.  Yoki 
o‘kuvchilarga tanish bo‘lgan asar, teatr, kino, multfilm qahramonlarini sifatlash 
topshiriladi.  Masalan:  «Zumrad  va  Qimmat»  ertagi  kahramoni  Zumradga 
shunday  ta’riflar  berish  mumkin;  «jabridiyda»,  «bardoshli»,  «chidamli», 


127 
 
«kuchli»,  «ishonuvchan»,  «mehribon»,  «go‘zal»,  «g‘amxo‘r».  Bu  ta’riflarning 
nechog‘li asosli yoki asossiz ekanligi dars jarayonida baxs munozara vositasida 
aniqlanadi. 
Biror  so‘zning  har  bir  tovushi  uchun  alohida  so‘z  topish  taklif  qilinadi. 
Masalan, «odob», «oy», «do‘st», «oyna», «bosh» kabi. 
O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha bir o‘quvchi yig‘ma polotnoga boshqa  
bolalar  esa   stolning  chap  tomoniga   olma  rasmini, o‘ng tomoniga pomidor  
yoki  meva-sabzavotlarining  rasmini  qo‘yadidar.  Ular  shu  narsalarga  daxldor 
sifatlarni daktil harflar yordamida og‘zaki talaffuz qiladilar. Masalan, «olma»  - 
«shirin», «nordon», «cho‘zinchoq»,   «qizil»,   «sariq»,   «dumaloq».   Pomidor  
-  «nordon», «qizil», «dumaloq», «cho‘zinchoq». 
       So‘ngra  meva-sabzavotlarning  belgi-xususiyatlarini  solishtirib  o‘xshash  va 
farqli jihatlarini topadilar. 
O‘qituvchi: «Tun» - deganda, o‘kuvchilar ko‘zlarini yumadilar. 
«Kun»  -  deganda,    ko‘zlarni  ochib,  javob    beradilar.    Ma’lum  bir  narsaning    
belgisini,    xossasini    aniqlash    vazifasini   beradi. Masalan, «Xushbo‘y gul», 
«ok gul», «chiroyli gul», «qizil gul», «sun’iy gul» va hokazo. 
 O‘qituvchi  polotno  yoniga  uchta  hayvon  tasviri  tushirilgan  rasmlarni 
(masalan,  quyon,  tulki,  bo‘ri)  qo‘yadi.  Rasmlar  yoniga  ma’lum  raqamlarni 
joylashtiradi (quyonning yoniga «4» tulkining yoniga «5» bo‘rining yoniga «6» 
raqami)  qo‘yiladi.  Shu  raqamlarda  ko‘rsatilgan  songa  muvofiq  hayvonning 
hususiyatini  sanab  berish  kerak.  Masalan,  quyon  -  oppoq,  epchil,  chaqqon, 
qo‘rqoq. 
O‘qituvchi  ikkita-uchta    rasmlarni    (olma,  daraxt,    qiz)  tomondan   
ko‘rsatib,   shulardan   birini   tanlashni   tavsiya etadi. O‘quvchilar rasmlardan  
birini  tanlashgach,    o‘qituvchi  ular  haqida  qisqacha  ma’lumot  beradi.  Bolalar 
narsaning  belgisiga  ko‘ra  savol  berishadi  va  uning  nima  ekanligini  topadilar. 
Masalan, «Kattmi», «Shirinmi?», «Dumaloqmi?»,   «Qizilmi?»,    «Eyiladimi?”  
«Kiyiladimi?» va hokazo. O‘quvchi bu savollarga faqat «Ha»  yoki «Yo‘q» deb 
javob beradi. 


128 
 
O‘qituvchi bu ko‘rinishdagi o‘yin jarayonini tashkil etishda o‘z faoliyatini 
rejaga    va    qo‘yilgan  maqsadga    muvofiq  olib    borishi kerak.  U  mashg‘ulotga 
tayyorlanishi,  jarayonida  oldindan  zarur  didaktik  materiallarni  tayyorlashi, 
o‘yinni uyushtirishni nazorat qilishi, yakunlash,   baholash   va   rag‘batlantirish   
kabi    barcha    tadbirlarni  belgilab  olishi  lozim.  Shuningdek,  bolalar  shaxsiy 
sifatlari  shakllanishida  nutqiy  rivojlanishni  va  nutqiy  muloqatni  amalga 
oshirishda  perdmet  –  amaliy  ta’lim  darslarida  interfaol  o‘yinlarning  ahamiyati 
katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar ob’ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli 
ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Rollarga  asoslangan  o‘yinlar  bolalar  nutqini  faollashtiradi  va 
mivlashtiradi.  O‘yin  o‘quvchilarning  tabiiy  va  sevimli  faoliyatidir.  Shuning 
uchun  ta’lim  –  tarbiya  berish,  ularni  amaliyotda  qo‘llash  ko‘nikmalarini  hosil 
qilishda  mashg‘ulotlarni  yosh  xususiyatlariga  muvofiq  o‘yin  tariqasida 
uyushtirishga e’tibor berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mashg‘ulotga 
qaraganda  o‘yinga  tez  intiladi  va  qiziqadi.    Rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan 
bolalarning  nutqi  va tafakkurini  rivojlantirishnnig  yangi  usullaridan  amaliyotda 
unumli foydalanilsa, so‘zlashuv malakasi va madaniyatini shakllantirishda aniq 
maqsadga  erishish  mumkin.  Rolliy  o‘yinlar  bolaning  erkin  fikrlashi, 
suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi, tushuntrishga imkoniyat 
yaratadi. Dialogdan farqli ravishda, rllli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun 
(maqsad,  sabab)  kabi  savollarga  javob  beradi.  Shunday  qilib,  o‘yinda 
qatnashayotgan  o‘quvchilarning  asosiy  diqqatini  suhbat  mazmuniga  qaradi. 
Masalan:  o‘qituvchi  polotno  yoniga  uchta  hayvon  tasviri  tushirilgan  rasmlarni 
(quyon,  tulki,  bo‘ri)  qo‘yadi.  Rasmlar  yoniga  esa  ma’lum  raqamlarni 
joylashtiradi (quyonning yoniga “4”, tulkining yoniga “5”, bo‘rining yoniga “6” 
raqami)  qo‘yiladi.  Shu  raqamlarda  ko‘rsatilgan  songa  muvofiq  hayvonning 
xususiyatini  sanab  berish  kerak.  Masalan:  quyon  –  oppoq,  epchil,  chaqqon, 
qo‘rqoq. 
Masalan:  o‘qituvchi  ikkita  –  uchta  rasmlarni  (olma  ,  daraxt,  qiz)  orqa 
tomondan  ko‘rsatib,  shulardan  birini  tanlashni  tavsiya  etadi.  O‘quvchilar 


129 
 
rasmlardan  birini  tanlashgach,  o‘qituvchi  ular  haqida  qisqa  ma’lumot  beradi. 
Bolalar  narsaning  belgisiga  ko‘ra  savollar  berishadi  va  uning  nima  ekanligini 
topadilar.  Masalan,  “Katami?”,  “Shirinmi?”,  “Dumaloqmi?”,  “Qizilmi?”, 
“Eyiladimi?”  “Kiyiladimi?”  va  hakozo.  O‘quvchilar  bu  savollarga  faqat  “Ha” 
yoki “Yo‘q” deb javob beradi.O‘qituvchi bu ko‘rinishdagi o‘yin jarayoni tashkil 
etishda o‘z faoliyatini rejaga va qo‘yilgan maqadga muvofiq olib borishi kerak. 
U  mashg‘ulotga  tayyorlanish  jarayonida  oldindan  zarur  didaktik  materiallarni 
tayyorlashi,  o‘yinni  uyushitirishni  nazorat  qiilish,  yakunlash,  baholash  va 
rag‘batlantirish kabi barcha tadbirlarni belgilab olishi lozim.   
Taklif    etilayotgan    interfaol    dars  ishlanmalari    aynan    mana    shu  
maqsadlarga    yo‘naltirilgan,  ya’ni  har    bir    yo‘nalishdagi    maxsus    maktab, 
maktab-internatlar    o‘quvchilarining    imkoniyatiga    moslashtirilgan  bo‘lib, 
ularning    faolligini    oshirish,  ijodiy    fikrlashini    rivojlantirish,  hamkorlikda  
ishlash  va  ijod  qilishga  o‘rgatish, yetakchilik qilish, mustaqil  fikr  bildirish, 
muloqot  o‘rnata  olish,  hamkorlikda  ishlash  hamda  qator  hayotiy 
ko‘nikmalarning  shakllanishiga qaratilgan.  
Ta’lim  amaliyotida  foydalanilayotgan  har  bir    interfaol  metodni  sinchiklab 
o‘rganish  o‘quvchilarning  fikrlashini  kengaytiradi  hamda  muammoning  to‘g‘ri 
yechimini  topishiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi,  ularning  ijodkorligini  va  faolligini 
oshiradi.  Demak,  ta’lim  metodlarini  to‘g‘ri  tanlash  va  ularni  amalga  oshirilishi 
har  bir  o‘tkazilgan  o‘quv  mashg‘ulotlarining  sifati  bilan  bir  qatorda  tahsil 
oluvchilarning  ilmiy  –  intellektual  salohiyatini  oshirishga,  erkin  fikrlash 
qobiliyatlarini  rivojlantirishga  olib  keladi.Ta’lim  tizimidagi  keng  qamrovli 
tarkibiy  islohatlarni  amalga  oshirish  ta’lim  jarayonida  ilg‘or  pedagogik 
texnologiyalarni  qo‘llash  bilan  belgilanadi.  Zero,  hozirgi  kunda  pedagogik 
texnologiyalar  o‘quv  jarayonining  asosiy  komponentiga  aylanib  bormoqda. 
Ta’lim  jarayonida  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  mashg‘ulotlarni 
rag‘batlantirish,  qiziqarli  tashkil  etish  bilan  birga  o‘quvchilarni  fikrlashi 
doirasini,  tafakkurini  kengaytiradi,  o‘quv  materialini  chuqur  o‘zlashtirish 
imkonini yaratadi.  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish