Bolalar ishini o‘rganish. Bolalar ishini o‘rganish metodi bolalarning
bilimlari va qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi.Bunda har xil rasmlar, har xil
kog‘ozlar, plastilinlardan foydalaniladi. Ularning ishi tahlil qilinganda, uning
bajarish tezligi , bosqichma-bosqich bajarilishi, xatolari va hisobga olinadi. Ularning
bilimlarini aniqlashda o‘qituvchi yoki kuzatuvchi insho, bayon kabi yozma ishlar,
utkazishi mumkin.
Maktab hujjatlarini o‘rganish. Pedagogik hujjatlarni o‘rganish (dars
konspekti, darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv -tarbiyaviy reja,
bayonnoma, pedagoglar yig‘ilishining hisoboti, o‘qituvchilarning metodik
yig‘ilishlari) o‘quv-tarbiyaviy jarayoni, maktabdagi pedagoglarning erishgan
yutuqlarini, tajribalarini o‘rganish mumkin..O‘quvchilarning shaxsiy hujjatlarini
o‘rganish, har bir o‘quvchi ruhiyatini, qobiliyatini aniqlashda yordam beradi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |