Multiekranlilik - bir kishi bir vaqtning
o'zida ma'lumot olish uchun bir nechta
turdagi moslamalarni, bir nechta ekranlarni
ishlatganda kuzatiladigan zamonaviy
hodisa. Masalan, televizorni tomosha
qilgandan so'ng, kompyuter orqali Google
qidiruv tizimidan foydalanadi, planshetdagi
ma'lumotlarni ko'radi, smartfon orqali
ijtimoiy tarmoqlarda sharhlarni o'qiydi
yoki aqlli soatlar ekranidagi video-xizmatlar
orqali videolarni tomosha qiladi.
78
Noto'g'ri ma'lumot tarqatish – bu zarar
yetkazishni maqsad qilmagan holda
yolg’on hamda xato ma'lumotlar tarqatish.
Yetarli darajada tekshirilmagan faktlar yoki
ma'lumotlar nashrlari, noto'g'ri tarjimalar
yoki noto'liq ma'lumotlar bunga misol bo’la
oladi.
Yangi ommaviy axborot vositalari
quyidagi xususiyatlarga ega aloqa
vositasidir: raqamli, interfaol, gipermatnli,
virtual, tarmoqli, modellashtiruvchi.
Yangi ommaviy axborot vositalari o'ziga
xos raqamli tabiati, ishlab chiqarish va
tarqatishdagi jismoniy harajatlarning
kamligi bilan ajralib turadi. Yangi media
formatlariga mobil ilovalar, ijtimoiy
tarmoqlar, videolar, bloglar, elektron
kitoblar, elektron pochta, podkastlar kiradi.
E'tirozlar ustida ishlash (e'tirozlar bilan
ishlash) - bu salbiy sharhlarga javoblar va
rasmiy munosabat. Biroq, shuni unutmaslik
kerakki, bu himoyalanishusuli emas, balki
muloqot o'rnatish uchun imkoniyatdir. Bu
sizning so'zlaringiz, materiallaringizga
foydalanuvchilarning munosabatini
aniqlashga va kelishmovchiliklar tug'ilgan
taqdirda, ularni bartaraf etishga imkon
beradi.
Opinion-maker - jamoatchilik fikrini
shakllantiruvchi yetakchi shaxs. O'z
o'quvchilari ko'z oldida yuqori ijtimoiy
maqomi va kuchli xabardorlik darajasi bilan
ajralib turuvchi kishi. "Nufuzli odamlar"
fikri - bu ko'pchilik aytadigan gaplarning
ishonchli ko'rsatkichi dir.
Pabliklar - ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar.
Yangiliklarni iste'mol qilish Internet,
televizor yoki bosma nashrlardagi yangi-
liklarni faol izlashdan iborat faoliyatdir.
Ulashish (Repost) - bu ijtimoiy tarmoqdagi
maqola yoki boshqa yozuvlarni tezkor
ulashish usulisir. Ushbu funksiya ma'lumot-
ni darhol nusxalash va sahifangizda nashr
etish yoki do'stlarga yuborish imkoniyatini
beradi. Repost qilishda siz ma'lumotni asl
shaklida ulashasiz va manbaga havolani
qoldirasiz.
Maqsadli reklama (targeting) onlayn
reklama shakli bo'lib, o'z xizmatlaringizni
ilgari surish uchun qiziqarli va istiqbolli
kanal hisoblanadi. Uni Facebook reklama
bo'limi orqali sozlash mumkin.
Feyk (soxta) ma'lumotlar – boshqalarni
yolg'on xabarlarga ishontirish yoki
tekshirilayotgan dalillarga nisbatan shubha
tug’dirish orqali ularni aldash va yo'ldan
adashtirish maqsadida atayin to'qilgan va
nashr etilgan ma’lumotlar.
79