Reklama siyosatini boshqarish.
REJА:
1. Marketingda reklama tushunchasi va uni boshqarishning ahamiyati.
2. Reklama dasturini ishlab chiqish.Sotishni ragʼbatlantirish soxasidagi asosiy qarorlar.
3.Jamoatchilik bilan tijorat aloqalari sohasidagi asosiy qarorlar.
1. Marketingda reklama tushunchasi va uni boshqarishning ahamiyati.
Marketing nafaqat faol boʼlmagan masalalar, yaʼni asosiy isteʼmolchilar talablarini batafsil va toʼla oʼrganishni emas, balki faol masalalar - sotishning oʼsishni, ularning samaradorligi va tadbirkorlik faoliyatida umumiy foydaliligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va ragʼbatlantirishni hal qilishni koʼzda tutadi.
Xuddi shu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga taʼsir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. Xorijiy marketologlarning firkricha, bozorda talabni shakllantiruvchi va ragʼbatlantiruvchi tadbirlar tizimining asosiy elementlari qoʼyidagilardir:
1.Reklama.
2.Ragʼbatlantirish vositalari.
3.Pablisiti (targʼibot).
Ushbu tadbirlar ichida reklama muhim elemntlaridan biri boʼladi. Reklama sotishni ragʼbatlantirish vositalari, servis siyosati, toʼgʼridan toʼgʼri va shaxsiy sotishlar, koʼgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, oʼrash-joylash, ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʼrtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni oʼz ichiga oladi.
Masalan, F.Kotlerning fikricha, «reklama mablagʼ bilan taʼminlash manbasi aniq koʼrsatish bilan pullik axborot tarqatish vositalari vositachiligi orqali amalga oshiriladigan kommunikatsiyaning shaxsiy boʼlmagan shakllarini namoyon qiladi».
Boshqa koʼpgina taʼriflar xam mavjud. Ularning barchasi boʼlajak xaridorning shakllanishini taʼminlovchi, firma va tovar xaqidagi axborotlar kabi elementlar bilan birlashtirilgan.
Reklama kompaniyasida rejalashtirish va ularni amalga oshirish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda reklama iqtisodning ixtisoslashgan sohasiga aylangan va unga xar yili katta mablagʼlar sarflanadi. Masalan, АQShda - 75-78 mlrd. doll., Yaponiyada - 28,0-28,5 mlrd. doll., Gʼarbiy Yevropada oʼrtacha 10 mlrd. doll. - xar yili reklama faoliyatiga sarflanadi.
Umuman reklama tadbirlari rejalashtirish va amalga oshirishga xar yili АQShda yalpi milliy mahsulotning 2-2,25%, Frantsiyada - 1%i sarflanadi, bu tovar tannarxining 10% ini tashkil qiladi. Tovarlar va xizmatlarning alohida turlari uchun reklamaga xarajatlar 40%gacha boʼlishi mumkin.
Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani qoʼyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |