Umurtqalilar zoologiyasi


-rasm.  Ichi  yorilgan  akula  (erkagi)



Download 9,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/296
Sana13.09.2021
Hajmi9,82 Mb.
#172920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296
Bog'liq
Umurtqalilar zoologiyasi S Dadayev [uzsmart.uz]

15-rasm.  Ichi  yorilgan  akula  (erkagi):
1-bunm  teshigi,  2-og‘iz  teshigi,  3-jabralari,  4-tashqi jabra  teshiklari,  5-venoz 
qo‘ltig‘i,  6-yurak oldi bo‘lmasi,  7-yurak qorinchasi,  8-arterial konusi,  9-qorin aor­
tasi,  10-olib  keluvchi jabra  arteriyasi,  11-oshqozonning  kardial  qismi,  12 oshqo 
zonning pilorik  qismi,  13-ingichka  ichak,  14-ichi  yorilgan  spiral klapanli yo‘g‘on 
ichagi,  15-to‘g‘ri ichak,  16-rektal bezi,  17-kloakasi,  18-jigari,  19-o4 pufagi,  20-o‘t 
yo‘li,  21-oshqozon  osti  bezi,  22-talog‘i,  23-buyragi,  24-urug4  yo‘li,  25-qorin juft 
suzgich  qanotining  kopulyativ o‘simtasi,  26-qalqonsimon bez,  27-urug‘don.
Ovqat  hazm  qilish  organi.  Akulaning  og‘zida  harakat­
chan tog‘aydan iborat jagiari bor. Uning hazm sistemasi og‘iz 
bo‘shlig‘iga  oUb  kiradigan  og'iz  teshigidan  boshlanadi.  Og'iz 
bo'shlig'ining  chetlarida  teri  plakoid  tangachalarining 
o'zgarishidan paydo bo'lgan konussimon o'tkir tishlar bir necha 
qator bo'lib joylashgan. Og'iz bo'shlig'i sekin-asta jabra teshik­
lari ochiladigan keng va katta halqumga tutashadi. Halqumdan
www.ziyouz.com kutubxonasi


keyin  qizilo'ngach  (preparatda  u  jigar  ostida  joylashgan), 
qizilo‘ngachdan  keyin  V  harfiga  o'xshab  bukilgan  oshqozon 
keladi.  Oshqozonning oldingi qismi 
kardial, 
keyingi qismi esa
-   pilorik 
deb  ataladi.  Oshqozonning  pilorik  qismidan juda 
kalta  ingichka  ichak  boshlanadi.  Ingichka  ichak bilan oshqo­
zonning orasida  oshqozon osti bezi yotadi. Uch palladan ibo­
rat boigan katta jigarda o‘t pufagi bor, unga jigarda ishlangan 
o't suyuqligi yig'ilib, o't yo'li orqali ingichka ichakka quyiladi. 
Ingichka  ichakdan  keyin yo'g'on  ichak va  kloakaga  ochiladi­
gan to'g'ri ichak keladi. Yo'g'on ichak juda keng bo'lib, ichida 
burmalar - spiral klapanlar bor,  bu klapanlar ovqat hazm qil­
ish yuzasini kengaytiradi. Uni ko'rish uchun yo'g'on ichakning 
bo'ylama kesimidan tayyorlangan preparatdan foydalanish lo­
zim. To'g'ri ichakning o'rta qismidan barmoqsimon, ichi bo'sh 
o'simta  - 
rektal 
bezi  chiqadi.  Oshqozonning  keyingi  bukil­
gan,  ya’ni  pilorik  qismida  konussimon 
taloq  —  qora  jigar 
joylashgan.
Qon  aylanish  sistemasi. 
Akulaning  yuragi  ikki  kamerali: 
yurak boimasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak bo'lmasiga 
venoz  (sinusi)  qoitig'i,  yurak qorinchasining  oxirgi  qismiga 
arterial konus tutashadi (16-rasm).
16-rasm.  Akulaning  qon  aylanish  sistemasi  sxemasi:
1-yuragi,  2-qorin aortasi,  3-olib keluvchi jabra  arteriyash  4-olib ketuvchi jabra 
arteriyasi,  5-aorta  ildizi,  6-uyqu  aortasi,  7-orqa  aortasi,  8-dum  venasi,  9-keyingi 
kardinal vena.  10-oldingi kardinal vena,  11-kyuverov kanali (oqimi),  12-jigar qopqa 
venasi,  13-jigar venasi,  14-yonbosh venasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qon  venalardan  venoz  qo‘ltig‘iga  yig'iladi.  Yurak  qorin- 
chasini  pinset  bilan  oldinga  tortilsa,  yupqa  devorli  uchbur­
chak  shakldagi  venoz  qoitig‘ini  aniq  ko'rish  mumkin.  Qon 
venoz  qo'ltig'idan  yupqa  devorli 
yurak  bo'lmasiga, 
so'ngra 
qalin  devorli  muskulli 
yurak  qorinchasiga 
quyiladi.  Yurak 
qorinchasi  muskulli  devorining  qisqarishi  tufayli  qon  yurak­
ning  eng  oxirgi  boiimi 
arterial  konusga 
o‘tadi.  Arterial 
konusdan qorin aortasi boshlanadi. Arterial konus hamda yurak 
qorinchasining devorlari ko'ndalang targ'il muskuldan, qorin 
aortasi  va  boshqa  tomirlarining  devori  esa  silliq  muskuldan 
tashkil  topgan.
Qorin aortasi chap va oiig tomonga tarmoqlanadi.  Bu tar­
moqlar tananing har tomonidan besh juft jabralarga qon 
olib 
keluvchi  jabra  arteriyalariga 
bo‘linadi.  Qon  olib  keluvchi 
arteriyalarning bir qismi til osti yoyiga borib, jabraning yarim 
bo'lagini, qolganlari esa haqiqiy jabra yoylariga borib, barcha 
jabralarni qon bilan  ta’minlaydi.
Qon  aylanish  sistemasining  bundan  keyingi  tarmoqlarini 
preparatlarda  kuzatib  boimaydi.  Olib  keluvchi jabra  arteri­
yalari jabra yaproqlarida mayda kapillyarlarga boiinib ketadi 
va  ularning yupqa devori orqali gaz almashinadi.  Kislorodga 
boy toza arterial qon olib ketuvchi arteriyalarga yig‘ilib, umurtqa 
pog'onasi  tagidagi 
orqa  aortaga 
qo‘shiladi.  Orqa  aortadan 
chiqqan qon tomirlari esa toza qonni butun tanaga tarqatadi. 
Venoz qon dastlab akulaning boshidan bir juft 
oldingi  kardi­
nal  venaga, 
dum  va  tanadan  esa 
keyingi  kardinal  venalar- 
ga 
yig'iladi.  Keyingi kardinal venalar buyrakdan o'tib,  uning 
ichida  bir  qancha  kapillyarlarga  bo'linadi  va 
buyrak  qopqa 
(darvoza)  sistemasini  hosil  qiladi.  Yurakning yuqorisida  har 
qaysi  (o'ng  va  chap)  keyingi kardinal vena  o‘z tarafidagi ol­
dingi  kardinal  vena  bilan  qo'shilib,  juft  kyuverov  kanalini 
hosil  qiladi.  Bu kanal qonni venoz qo'ltig'iga o'tkazadi.  Juft 
suzgich qanotlardan 
yon venalar 
chiqadi,  bularning har qay-
www.ziyouz.com kutubxonasi


sisi o'z tomonidagi kyuverov kanaliga qo'shiladi. Jigar qopqa 
venasi  mustaqil  ravishda  ichakdan  boshlanadi.  Bu  vena ji­
garda oldin kapillyarlarga bo'linadi, keyin uiar yana birlashib, 
venoz sinusiga (qo'ltiqqa) quyiladigan jigar venasira aylanadi.’ 
Markaziy  nerv  slstemaiii
Bosh  miya.  Tog'ayli  baliqlarning 
bosh 
miynsi  to'garak 
og'izlilar va suyakJi baliqlar bosh miyasiga nbbatan mcha yax­
shi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog'ayli baliqlarda oldingi 
miya yarim sharlari va miyachasining yirikhgidan dalolat bera­
di.
Akulaning bosh miyasi besh boiimdan iborat (17-rasm).
Oldingi miya  yarim sharlari birmuncha  katta bo'lib,  o'ng 
va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida 
joylashgan hidlov bo'laklari esa juda yaxshi  rivojlangan.  Old­
ingi  miya keyingi  uchi bilan  oraliq  miyaga,  oraliq miyaning 
qopqog'iga esa  uzun dastali  miya usti bezi  — epifiz birikadi.
17-rasm.  Akula  bosh  miyasining  yuqoridan  ko'rinishi:
1-oldingi  miya,  2-hidlov  bollaklari,  3-oraliq  miya,  4-epifiz,  5-o‘rta  miya,  6- 
miyacha,  7-uzunchoq  miya,  8-rombsimon  chuqurcha.  Rim  raqamlari bilan bosh 
miyadan  chiqadigan  nervlar ko‘rsatilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O'rta  miya  ko'ruv  bo'laklari  deb  ataladigan  bir  juft 
bo‘rtma bilan qoplangan. 0 ‘rta miya yaxshi rivojlangan, lekin 
oldingi miya yarim shariariga  nisbatan ancha  kichik.
Bosh  miyaning  to'rtinchi  boiimi  —  miyacha juda  yaxshi 
taraqqiy etgan  boiib,  oldingi  tomondan  o‘rta  miya,  keyingi 
qismi  bilan  uzunchoq  miyaning  ustiga joylashgan  boiadi.
Uzunchoq miya bosh  miyaning oxirgi bo‘limidir.  Bosh  mi­
yaning  boiimi  ustki  tomonidagi  rombsimon  chuqurcha  deb 
ataluvchi  to'rtinchi  miya  qorinchasi  aniq  ko'rinib  turadi.  Bu 
chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzun­
choq miya to‘g‘ridan-to‘g‘ri orqa miya bilan qo'shilib ketadi.
Bosh  miya  nervlari.  Akulasimon  baliqlar  bosh  miya 
boiimlaridan  bir-biriga  simmetrik joylashgan  o‘n juft  bosh 
miya nervlari chiqadi.  Bosh miya nervlari odatda ikki nom — 
tartib  raqamlari  va  o‘z  nomlari bilan belgilanadi.
Hidlov  nervi  (birinchi juft)  hidlov  boiaklaridan  chiqadi. 
Nerv tolalari hidlov xaltasining shilimshiq pardasida joylash­
gan sezuvchi hujayralaming o'simtalaridan iborat boiib, faqat 
sezish xususiyatiga  ega.
Ko'ruv  nervi  (ikkinchi juft)  oraliq  miyaning  tagidan  chi­
qib, ko'z kosasidagi ko'z soqqasining to'r pardasida tarmoqla- 
nadi.  Bu  n- rv ham  faqat sezuvchi nervdir.
Ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv  (uchinchi  juft)  o'rta 
miya-ning  pastki yuzasidan chiqadi  (uni ko'rish uchun o'rta 
miyani bir oz yon tomonga surish lozim). Bu nerv bosh skelet 
devorini teshib o'tib, to'g'ri ko'z muskullariga kirib shoxlana- 
di va pastki qiya, pastki va ichki hamda ustki to'g'ri ko'z mus­
kullarini  innervatsiyalaydi.
G'altak  nerv  (to'rtinchi juft)  o'rta  miya  bilan  uzunchoq 
miya  oralig'idan  chiqadi  (preparatda  u  miyacha  ostidan 
chiqqandek  ko'rinadi).  Bu  nerv  o'rta  miya  qopqog'i  orqali 
o'tib,  ko'z  kosasi  devorining  oldingi qismida  ko'zning  ustki 
qiya muskulida tarmoqlanadi.  Bosh miyaning boshqa qolgan 
nervlarining hammasi uzunchoq miyadan chiqadi.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish